Olmos nur javohir


Download 150.1 Kb.
bet4/14
Sana25.08.2023
Hajmi150.1 Kb.
#1670323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
asliyev

Buxgalteriya balansi.
Buxgalteriya hisobining muhim vazifalaridan biri bo‘lib mulkga egalik qilish huquqini ifodalovchi:

Aktiv = Xususiykapital+ Majburiyatlar

Matematik tenglikni hamma vaqt ta’minlab berish va saqlash hisoblanadi.


Ushbu tenglikni ta’minlash uchun buxgalteriya hisobi odatda, ma’lum bir davrning boshida aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarning boshlang‘ich holatini bilishdan boshlanib, shu davrning oxirida ularning oxirgi holatini bilish bilan yakunlanadi. Bunday axborotlarni olish usuli bo‘lib buxgalteriya balansi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansining «Aktiv» tomoni xo‘jalik aktivlarin xizmat muddatiga ko‘ra quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:
I-bo‘limUzoq muddatli aktivlar». Ushbu bo‘limda 1 yildan ko‘p muddatda oborotda bo‘ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital investitsiyalar, shuningdek uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati uzaytirilgan xarajatlarning qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim_.«Joriy_aktivlar».'>II-bo‘lim.«Joriy aktivlar».Ushbu bo‘limda 1 yildan kam muddatd oborotda bo‘ladigan ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari, tayyor mahsulotlar va tovarlar, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlar va boshqa joriy aktivlarning qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
Balansning«Passiv» tomoni xo‘jalik aktivlarini tashkil topish manbalarini turiga qarab quyidagi ikkita bo‘lim bo‘yicha tizimlashga asoslangan:
I-bo‘lim.«O‘z mablag‘larining manbai». Ushbu bo‘limda ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va xususiy kapitalning boshqa elementlarining qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim. «Majburiyatlar». Ushbu bo‘limda korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar oldidag qarzlarining qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansida bo‘limlar bo‘yicha ma’lumotlar alohida qatorda, ikkala bo‘lim summalarining yig‘indisi alohida qatorda aks ettiriladi.

OLMOS NUR JAVOHIR” MCHJ ning 2020-yil yil oxiri va 2021-yil oxiridagi buxgalteriya balansi.



Aktiv

Xo’jalik mablag’lari

2019-yil oxiri
(ming.so’m)

2020-yil oxiri
(ming,so’m)

1.Jami uzoq muddatli aktivlar

4 279 961

5201070,843

2.Jami joriy aktivlar

9 393 750

12196771,273

Balans

13 673 711

17397842,116

Passiv

1.Jami o’z mablag’lari

6 521 407

12844470,557

2.Jami majburiyatlar

7 152 304

4553371,561

Balans

13 673 711

17397842,118

OLMOS NUR JAVOHIR” MCHJ ning buxgalteriya balansi.
Ushbu balansda berilgan ma’lumotlar asosida korxonaning faoliyatiga baho beramiz.
2018- yil davomida korxonaning aktivlari 127% ga oshgan

Uzoqmuddatliaktivlaryildavomida 1.21%gahamdajoriyaktivlar1.30%gaoshgan.
O'z mablag'lari qariyib 197% gaoshgan.

Majburiyatlar yil boshidagi majburiyatning 0.63% ini tashkil etgan. Bu, albatta, ijobiy holat.



Qolgan ko’rsatkichlarni 2018-yil yil oxiridagi ma’lumotlar asosida hisoblaymiz.

  • Korxona o`z mablag`larining jami korxona aktivlaridagi hissasi 0,73. Ushbu ko`rsagichni topish uchun xususiy kapital summasini jami aktiv summasiga bo`lamiz.



  • Korxona aktivlarida majburiyatlarning hissasi 0,27. Ushbu ko`rsatgichni topish uchun majburiyatlar summasini jami aktivlar summasiga bo`lamiz.



  • Korxonaning to`lov qobiliyati . Ushbu ko`rsatgichni topish uchun joriy aktivlar summsini majburiyatlar summasiga bo`lamiz



  • Korxonaning mustaqillik koeffisenti . Ushbu ko`rsatgichni topish uchun xususiy kapital summasini majburiyatlar summasiga bo`lamiz.



Download 150.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling