Olmosh so’z turkumi #3


Download 43 Kb.
Sana31.12.2022
Hajmi43 Kb.
#1073784
Bog'liq
olmosh 3



Olmosh so’z turkumi #3
1. Qaysi olmoshlar matndagi biror so’z , so’z birikmasi yoki fikrni almashtiradi , ularga ishora qiladi ?
A) kishilik B) o’zlik C) so’roq D) ko’rsatish
2. Qaysi gapda olmosh qo’llanmagan ?
A) Bunda bor harorat , muhabbat , shafqat
B) Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar.
C) “Undoq qiling , bundoq qiling , deguncha qilib ko’rsating”,—dedi onasi
D) Unga bergan va’damning ustidan chiqdim
3. Qiziq voqea ekan . Shunaqa voqeani oldin ham bir marta eshitganman .
Mazkur gapda olmosh nimaga ishora qilgan ?
A) sifatga B) fe’lga C) otga D) ravishga
4. Shaxs(kishilik) olmoshlari kelishik bilan turlansa , qanday fonetik hodisalar yuz beradi ?
1) tovush tushishi
2) tovush almashishi
3) tovush ortishi
A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,3
5. Ukam , yovuzlarning topganlari shu ,
O’z o’g’lin it bo’lib qopganlari shu .
O’z qalbin nafratlab yopganlari shu ,
Mo’min Mirzo , ukam , seni o’ldirdilar . (A.Oripov) Yuqoridagi she’riy parchada nechta olmosh qo’llangan ? A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D)3 ta
6. Olmoshlarning qaysi turi shaxs ma’nosini ta’kidlashga xizmat qiladi?
A) kishilik B) o’zlik C) so’roq D) barchasi
7. O’zlik olmoshi tarkibida jo’nalish kelishigi yaxlitlanib , qaysi turkumga ko’chgan ?
A) ravish B) sifat C) ot D) fe’l
8. Qaysi gapda o’zlik olmoshi hurmat ma’nosini ifodalamagan ?
A) Rais amakim o’zlari kelib ketdilar
B) Qani , o’zlari boshlab bersinlar , yoshlari ulug’.
C) O’zlari bu yolg’on xabarni tarqatganlar . Endi musichayi begunohdek o’tiribdilar
D) Qo’shinni podshohning o’zlari boshlab bordilar
9. Olmoshlarning qaysi turi gap tarkibida boshqa so’zlarga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytiladi ?
A)kishilik B)bo’lishsizlik C)so’roq D)ko’rsatish
10. Qaysi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan ?
A)Har tuning qadr o’libon, har kuning o’lsin Navro’z
B) Har bahorda shu bo’lar takror
C) Har ikki o’quvchiga bittadan topshiriq berildi
D) Avaz har gal tog’dan mamnun qaytardi
11. Qaysi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan ?
A) Hech kima ma’lum emas ohi afg’onim mening…
B) Bolalarning hammasi band : biri kitob o’qiyapti, biri rasm chizyapti, yana kimdir xayolga berilib ijod qilyapti
C) Qishloqdan bir kishi kelib , bir narsalar debdi
D) Bir vaqtlar odamlar uchishni faqat orzu qilishgan
12. Qaysi gapda shaxs oti II shaxs birlikdagi kishilik olmoshi vazifasida qo’llangan?
A) Odam o’g’li bu dunyoda mehmondur…
B) Yod etmas emish kishini mehnatda kishi.
C) Koinot sahrosida inson o’zing , inson o’zing.
D) Odam ham shunaqa befarosat bo’ladimi, Komil aka?!
13. Qaysi gap tarkibida olmosh qo’llangan ?
A) O’zboshimcha unmas , o’zbilarmon yolchimas
B) Ko’p manmanlik qilma . Bu yomon odat
C) O’zbek xalqida yoshi kattani sizlash odati bor
D) barcha gaplarda olmosh qo’llangan
14. Olmoshning qaysi turlari so’roq olmoshlari oldidan ma’lum bir vositani qo’llash orqali hosil qilinishi mumkin ?
1)gumon 2)belgilash 3)bo’lishsizlik 4)ko’rsatish
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3 D) 2,3,4
15. Qaysi javobda belgilash olmoshi berilmagan?
A) hamma B) barcha C) yalpi D) olomon
16. Qanday olmoshlar ishtirok etgan gapning kesimi tasdiq shaklida bo’lmaydi ?
A)belgilash B)ko’rsatish C)bo’lishsizlik D)gumon
17. Qaysi gapda olmosh harakat-holatni aniqlash uchun qo’llangan ?
A) Nedur ahvoling , ey zor-u garibim…
B) Sizga ne bo’ldi ? Ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo’ydingiz
C) Qay yurtlarda bo’ldingiz , Ne hodisa ko’rdingiz ?..
D) Bu na ahvol , bu na qabohat ?!
Bu na odat , bu na razolat?!
18. Olmoshlarning qaysi turi qo’shma olmosh shaklida uchramaydi ?
A) ko’rsatish B) belgilash C) kishilik D) so’roq
19. Qaysi ibora tarkibida olmosh mavjud emas ?
A) o’zidan ketmoq B) o’ziga kelmoq
C) o’zim bo’laman D) noni butun
20. So’zlovchi , tinglovchi va nutqdan tashqaridagi shaxsga ishora qiluvchi olmosh turini toping
A) gumon B) ko’rsatish C) kishilik D) belgilash
21. Qaysi gapda belgilash olmoshi qo’llanmagan ?
A) Bugun Tashqi ishlar vazirligida yalpi iqtisodiy inqiroz masalasiga oid yig’ilish bo’lib o’tdi
B) Barcha shodlik senga bo’lsin
C) Kimdir qarshi gap aytgan edi, muallim jerkib berdi.
D) Dildorning bari gaplari haqiqat edi
22. Qaysi olmoshlar yakka shaxsga ishora qila oladi ?
A) siz B) siz , ular C) biz , siz , ular D) biz , siz
23. Qaysi javobda ko’rsatilgan olmoshlar egalik qo’shimchalari bilan qo’llana olmaydi ?
A) allakim , allanima B) hech qayer , hech kimsa
C) biz , men D) hamma , barcha
24. Olmoshlarning qaysi turi so’z tuzilishining to’rtala ko’rinishida ham uchraydi ?
A) gumon B) so’roq C) ko’rsatish D) belgilash
25. Olmoshlarning qaysi turi ma’lum bir turlovchi qo’shimchalarni olib , boshqa olmosh o’rnida almashib qo’llanishi mumkin ?
A) kishilik B) o’zlik C) so’roq D) belgilash
26. Olmoshlar nega “ichi bo’sh so’zlar” deyiladi ?
A) atash ma’nosiga ega emasligi uchun
B) o’z sintaktik vazifasiga ega emasligi uchun
C) o’z so’roqlariga ega emasligi uchun
D) o’z kategoriyasiga ega emasligi uchun
27. Qaysi gapda o’rinning gumonli ekanligi ifodalangan ?
A) Eshik orqasidan kimningdir xirgoyisi eshitildi
B) Allaqanday mamlakatda bir chol-u kampir yashagan ekan
C) Bir mahal qayerdandir samalyotning vahimali ovozi eshitila boshladi
D) Negadir taftishchining ovozi menga yoqmadi
28. Nechanchi shaxsdagi kishilik olmoshlari nutq ishtirokchilarini ifodalaydi ?
A) I va II shaxs B) faqat I shaxs
C) faqat II shaxs D) I , II , III shaxs
29. Shaxs , narsa , belgi-xususiyat va harakat-holat kabilarni to’pdan ajratib yoki jamlab-umumlashtirib ifodalovchi olmosh turi qaysi ?
A) bo’lishsizlik B) belgilash C) gumon D) kishilik
30. Qaysi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan ?
A) Aniq yili esimda yo’q , Allaqaysi zamonda
Bir qishloqda ota-o’g’il Yashar ekan omonda .
B) Kimdir ot yetaklab o’tar azonda ,
Uzilar ko’chaning sahargi tushi
C) Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorlarga joyladik
D) Moziylar sasiga quloq tutgum jim,
Ustun bo’lgan emas dunyoda hech kim.
31. Olmoshlarning qaysi turi turlovchi qo’shimchalarning faqat bir turi bilan qo’llanadi?
A) kishilik B) bo’lishsizlik C) o’zlik D) ko’rsatish
32. Qaysi hukm noto’g’ri ?
A) Olmoshlar nutqni o’rinsiz takrorlardan tozalaydi
B) Olmoshlar fikrni ixcham bayon qilishning muhim vositasi sanaladi
C) Olmosh boshqa turkumlarning yasalishiga asos bo’lmaydi
D) Olmosh boshqa so’z turkumlaridan morfologik usul bilan yasalmaydi
33. Olmoshlarning qaysi turi nutqimizda boshqalardan ma’lum bir axborotni olish uchun qo’llanadi ?
A) gumon B) belgilash C) so’roq D) kishilik
34. Olmoshlarning qaysi turi shaxs va sonni ma’nosini ifodalay oladi ?
A) o’zlik B) so’roq C) ko’rsatish D) kishilik
35. Ko’plik qo’shimchasi bilan qo’llana olmaydigan olmoshni toping.
A) biz B) hech kim C) ana bu D) kim
36. Qaysi gaplarda bo’lishsizlik olmoshi qo’llangan ?
1) Birov undoq deydi , birov bundoq deydi
2) Bu gapni birovga ayta ko’rma , bola !
3) Kechasi ariqqa bir kimsa tushib ketibdi
4) Kasalxonaga uning holidan xabar olgani bir kimsa ham kelmadi
5) Ikki soat tergov qildim—bir narsani aniqlay olmadim
A) 1,2,3,4,5 B) 2,4 C) 2,3,4,5 D) 2,4,5



Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling