Olmoshlar tarkibida sof turkiy so’zlar shoiraxon Turg’unboyeva Namangan viloyati Mingbuloq tumani xtb uslubchisi Tel:+998999716481 Ilmiy rahbar


Download 22.47 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi22.47 Kb.
#1107758
  1   2
Bog'liq
OLMOSHLAR TARKIBIDA SOF TURKIY SO


OLMOSHLAR TARKIBIDA SOF TURKIY SO’ZLAR
Shoiraxon Turg’unboyeva Namangan viloyati
Mingbuloq tumani XTB uslubchisi
Tel:+998999716481
Ilmiy rahbar: Gulsara Madg’oziyeva
Namangan viloyati Mingbuloq tumani 15-DIUM ona tili va
adabiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada qadimgi va eski turkiy tilda qanday olmoshlar qo’llanilganligi keltirilgan. Alohida ta’kidlash zarurki, mazkur maqolada faqat sof turkey olmoshlar qo’llangan. Olmosh so’z turkumining har bir ma’no turi bo’yicha badiiy asarlardannamunalar keltirilgan. Badiiy parcha mualliflarining turli ekanliklari maqola rang-barangligiga xizmat qilgan.
Kalit so’z: Olmosh, sof turkiy so’z, kishilik olmoshi, ko’rsatish olmoshi, so’roq olmoshi o’zlik olmoshi, belgilash olmoshi, bo’lishsizlik olmoshi, gumon olmoshi.
Tilning boyligi nafaqat so’zlar miqdori, balki undagi semantik va uslubiy imkoniyatlari bilan ham o’lchanadi. Shunday imkoniyatni yuzaga keltiruvchi me’zon sifatida tildagi ma’nodosh, talaffuzdosh va qarama-qarshi ma’noli so’zlar qatorida olmoshlar ham turadi. Boisi olmoshlar xuddi sinonimlar kabi nutqdagi o’rinsiz takror, g’alizliklardan holi bo’lish, ya’ni muqobiliga almashtirish imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, o’zbek tili lug’at tarkibida sof turkiy so’zlar safida chetdan o’zlashgan so’zlar ham talaygina . Tilimizdagi o’z qatlamga mansub bo’lgan so’zlarning aksariyat qismi esa olmosh so’z turkumiga mansub.
O’zbek tili taraqqiyotining barcha bosqichlarida olmosh ma’no turlari deyarli to’liq uchrasa-da, ta’kidlash zarurki, har bir davr til grammatikasida ma’lum farqlar mavjud. Kishilik olmoshlari so’zlovchi, tinglovchi va nutqdan tashqari shaxslarga ishora qiladi. I shaxs birlik olmoshi o’rnida ban/man/men shakllari qo’llanilgan. “Ban” shakli VIII asrda qo’llanilgan bo’lib, O’rxun-Enasoy tosh bitiklarida uchraydi:
Bani o’g’o’zug’ o’lurtachi-o’k terman(Meni o’g’uzni u ham o’ldirajak deyman).
(To’nyuquq bitiktoshi)
Keyinchalik b tovushi m tovushi bilan almashgach, man/men shaklini olgan:
To’ng’a sig’masman farahdin gul kabi
Kelsa ul sarvi ravon bir-bir mang’a
(Lutfiy)
II shaxs birlik olmoshi sen bo’lib, manbalarda san shakli ham uchraydi:
Sendek jahonda ko’zlari ayni balo qani?
Mentek aning balosi bila mubtalo qani?
(Sakkokiy)
Nasimi jonfizo bemor tanga , ey sabo, yetkur,
Xazon pajmurda bo’lganlarga san ob-u havo yetkur.
(Zavqiy)
III shaxs birlik olmoshi u bo’lib, manbaalarda al, ol, ul tarzida qo’llangan:
Yo’qturur yolg’iz bu Lutfiy joniga javri raqib,
Qayda bir dono durur ul javri nodon tortadur.
(Lutfiy)
Biz, bizlar olmoshi I shaxs ko’plikni ifodalagan:
Bizki bukun jahon aro kishvari farq shohimiz,
Boshimiz uzra ohimiz shu’lasidir kulohimiz.
(Ogahiy)
III shaxs ko’plik ma’nosini siz, sizlar olmoshi ifodalagan. II shaxs ko’plik ma’nosini sen birlik olmoshiga –lar ko’plik affiksini qo’shish orqali ham hosil qilish mumkin. Ammo ma’naviyati yuksak xalqimiz uchun bu shaklni qo’llash to’g’ri kelmagan. Ayniqsa, qalam ahli ziyrak bo’lganlar. Boisi o’quvchining zabonini tarbiyalash, dilini poklash‒ijod ahlining tom ma’nodagi vazifasi. Biroq ayrim manbalarda senlar shakli ham uchraydi. Bu muallifning saviyasizligidan emas , balki so’zlovchining tinglovchilarga bo’lgan nafratini kitobxonga to’liq tetkazish yo’lidir:
Senlarni boqaman, deb bechora tinim bilmaydi.
(Cho’lpon)
III shaxs ko’plik olmoshi ular bo’lib, anlar, onlar, alar kabi tarixiy shakllari ham mavjud. Xojaning “Miftoh ul-adl” asaridan o’rin olgan hikoyatlardan biriga nazar solaylik:
Olar aytdilar: ore… chiqarib ko’rguztirdi, ersa alar aytdilar, shulturur.
(Xoja)
Yuqoridagi olar va alar shakllari aynan bir hikoyatda keltirilgan. Demak, XV-XVI asrlarda bu ikki shakl teng qo’llanilgan. XVIII asrda esa alar va ular shakllari yonma-yon iste’molda bo’lganligidan Xuvaydoning “Rohati dil” asari guvohlik beradi:
Og’alari bu ganj oldida qoldi

Download 22.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling