Oltin baliqcha
Quyidagi gaplar yuqoridagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin
Download 0.52 Mb.
|
Bolalarga mehribon bo`ling
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola baxtli va o’ziga ishongan bo’lib voyaga yetishini istasangiz quyidagi so’zlarni ayamang
Quyidagi gaplar yuqoridagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin:
Kuchli odamlar yig’lamaydi. Faqat o’zing haqingda o’yla, hech kimni ayama. Sening bu qilig’ing seni dadang (oying)ga o’xshatadi. Jinni. Bo’lmaganing yaxshi edi. Dadang (oying)ga o’xshagan omadsiz bo’lib o’sasan. Quloq solmasang, kasal bo’lib qolasan. Senga shuncha kuchimizni ayamadik, sen esa… Sening ishing bo’lmasin. Seni Xudo jazolasin. Ko’p yema, semiz bo’lsang seni hech kim sevmaydi. Hech kimga ishonma, hamma aldoqchi. Bunday qilsang, hech kim sen bilan do’st bo’lmaydi. Doim shuni hammadan yomonroq bajarasan. Ayollar erkaklarga qaraganda aqlsizroq bo’ladi. Sen yomonsan. Yaxshilikka ishonma, dunyo u qadar go’zal emas aslida. Yuqoridagi nasihatlarni asosan bo’sh, kuchsiz va hayotda o’z o’rnini topa olmagan ota-ona bolasiga singdiradi. Bola baxtli va o’ziga ishongan bo’lib voyaga yetishini istasangiz quyidagi so’zlarni ayamang: Senda yaxshi fazilatlar juda ko’p. Yig’layver, yengil tortasan. Qancha bersang, shuncha olasan. Dadang (Oying) qanday ajoyib inson. Sen bizning baxtimizsan. Har bir inson o’z yo’lini o’zi tanlaydi. Sen sog’lomsan. Biz seni yaxshi ko’ramiz, tushunamiz. Sening fikring biz uchun qiziq. Xudoyim seni yaxshi ko’radi. Sen odamlarga qanday munosabatda bo’lsang, ular ham senga shunday munosabatda bo’ladilar. Hamma xato qiladi, yana bir urinib ko’r. Tozalikka rioya qilsang, sog’lom bo’lasan. Hammasi o’z qo’limizda. O’zingni sevishni bil, shunda boshqalar ham seni seva olishadi. Sen ko’p narsaga qodirsan. Rahmat. Sensiz nima qilar edik. Sen uchun xursandmiz. Hayot go’zal. Ayb, uyat va qo’rquv hislari hech qachon insonni baxtli qila olmaydi. Bolani yerga urib, uning ishi tanqid qilinaversa, bola ulg’ayib o’ziga ishonmaydigan va mas’uliyatsiz bo’lib yetishadi. Bolaga qo’l ko’tarish, kamsitish uni kuchsiz inson qilib o’stiradi. Ayrim vaziyatlarda bolani tanqid qilish yoki koyish o’rniga oddiygina mehr bersangiz, yaxshiroq natijaga ega boʻlasiz. Mehringizni ayamang, u hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Har bir ota-ona farzandi baxtli bo’lishini istaydi. Lekin «baxtli bo’l» degani bilan hamma ham baxtli bo’lib qolmaydi. Bolaning tabiiy ravishda baxtli bo’la olishiga nima yordam beradi? Yangi tug’ilgan chaqaloq bu dunyoni onaning ko’zi bilan ko’radi. Dunyo yaxshiliklari-yu yomonliklari unga ota-ona uchun yaxshi va yomon bo’lgan narsalarda ko’rinadi. Bolaga ota-ona «Sening ko’zing chiroyli», deb aytsa, «Mening ko’zim chiroyli ekan,» degan fikr bilan katta bo’ladi. Xuddi shunday boshqa narsalarga ham bolaning munosabati – bu ota-onaning munosabatidir. Shunday ekan, bolaga baxt so’zini qanday anglatish mumkin? Bola baxtli bo’lishni qayerdan o’rgansin? Baxt bola uchun ota-onasining shodligidir. Bola yoshligidan boshlab qancha ko’p ota-onasining kulishi, bir-biriga mehrga to’la munosabati va xursandchiligini ko’rsa, shu baxt ekan, shunday yashash kerak, degan fikr bilan ulg’ayadi. Ota-onaning baxtli ko’rinishi, tabassumi bola uchun baxt ma’nosini anglatadi. «Hayotda baxt bor va unga erishish uchun ota-onamdek munosabat qurishim kerak», degan psixologik qarash bilan katta bo’ladi. Lekin tez-tez janjallashib turadigan, ko’zlari ma’yus va xafa, ishi va hayotidan noliydigan ota-onani ko’rib o’sgan bola, katta bo’lganida xuddi shunday yashash tarzini o’z oilasiga va hayotiga olib kiradi. Bolaning o’z oilasiga ota-ona munosabatlarini olib kirishi psixologik holat sanaladi. Shunday ekan, ota-onalar hech qachon farzandining oldida janjallashmaslikka, bir-birini haqorat qilmaslikka, behurmatlik ko’rsatmaslikka harakat qilishi kerak. Hatto orqadan turib bolaga eshittirib turmush o’rtog’i haqida noma’qul gaplarni gapirish ham mumkin emas. Bola uchun ota ham, ona ham birdek aziz, bir-birini yomonlaganini yoki ranjitganini ko’rgan bola bunda, birinchi navbatda, o’zini ayblaydi. Natijada, o’ziga bo’lgan hurmati va ishonchi sina boshlaydi. Ota-ona farzandiga yaxshi bilim olish uchun imkoniyat, sharoit va qimmatbaho o’yinchoqlarni sotib olishi mumkin, lekin baxt va xotirjamlik unda tabiiy ravishda bo’lishi kerak. Buning uchun esa bola yoshligidan ota-onasining «baxt»ini ko’rib yashashi lozim. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling