"Oltin halqa" turizm konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq


Download 0.52 Mb.
bet1/11
Sana13.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1092156
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1053 31.12.2019




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2019 — 2021-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida
Toshkent viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turizm salohiyati yuqori hududlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash orqali turistlar sayyohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyatning o‘ziga xos tabiiy hududlarida yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada ko‘paytirish, zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, turizm yo‘nalishlaridagi tadbirkorlik sohasiga ushbu hududlar aholisini keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligining:
viloyatning Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida zarur infratuzilmani shakllantirish orqali ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash asosida turistlarning uzluksiz sayohatlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu hududlarni “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi asosida rivojlantirish;
Parkent tumanining “Kumushkon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zarur infratuzilmani barpo etish, oilaviy mehmon uylari faoliyatini va qo‘shimcha turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda mahalliy aholini turizm sohasidagi tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida “Kumushkon turizm qishlog‘i”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
“Oltin halqa” turizm konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
2020-2021-yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish va “Oltin halqa” turizm konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq;
Parkent tumanining “Kumushkon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Kumushkon turizm qishlog‘i”ni tashkil etish chora-tadbirlari rejasi (keyingi o‘rinlarda Reja deb ataladi) 3-ilovaga muvofiq;
Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Dasturda va Rejada belgilangan tadbirlar va loyihalarni o‘z vaqtida, to‘liq hajmda sifatli bajarilishining tizimli monitoringini olib borsin va uning natijalarini har oyda muhokama qilsin;
muammoli masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rsin.
Dasturda va Rejada belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi holati yuzasidan har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 10-kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qaroriga asosan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga ma’lumot kiritib borsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga ilovalarga muvofiq markazlashtiriladigan mablag‘lar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni 2020-2021-yillar davomida Dasturga kiritilgan loyihalar ko‘rsatkichlarini aniqlashtirgan holda kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari parametrlari shakllantirilishi jarayonida inobatga olinishini ta’minlasin
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.U. Akkulov va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-dekabr,
1053-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1053-son qaroriga
1-ILOVA

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling