“Oltin” nomli filmga keladigan bo’lsak ,bu film buni har tomonlama tarbiyalaydi. Bu film ,asosan , iqtisodiyot to’g’risida hisoblanadi. Film qahramonlari oltin qidirish uchun astoydil harakat qilishadi.Orada turli xil nizolar vujudga keladi .Qiyinchiliklar kelib chiqadi.Albatta , har bir mehnatning o’z mevasi bo’lgandek,ular ham oltin topishadi.Ularning aksiyalari juda katta narxlarda sotilib ketadi.Ammo bu darajaga kelgunicha ,ularning boshidan juda ko’p narsalar o’tadi. Masalan , og’ir va foydasini mehnatni ko’rgan ishchilar ishni tashlashmoqchi bo’lishadi. Shu kunlar ichida boshqa qahramon og’ir kasallikka duchor bo’ladi. Lekin uning oltin topishga bo’lgan ishtiyoqi unga kuch bo’ladi. Biz shulardan bilib olishimiz mumkinki,har bir tadbirkor va iqtisodchi hamma narsaga tayyor bo’lishi kerak .Omad kelgan paytda uni saqlab qolish uchun harakat qilishi yoki qiyin vaziyatda o’zini qo’lga ola bilishi lozim . Shuningdek iqtisodiyot faqat o’zini o’ylabgina qolmay ,o’z ishchilarini ham qo’llab –quvvatlashi kerak, ularni rag’batlantirib turish kerak . Biz bu fikrni ko’rib ,shunday xulosa chiqardikki oltin bu ba’zi narsalarning oldida shunchaki tosh xolos. Uning ostidagi mehnat, raqobat, intiluvchanlik,mehnatdagi ishonchli yondosh bu eng asosiysidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |