Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot. Reja: Oltin o‘rdadagi madaniy hayot
Download 209.55 Kb.
|
1-25
Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi.Reja:Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi.Haydar Xorazmiy (xiv – xv asrlar)Haydar Xorazmiy (14-asrning oxiri — Xorazm — 15-asrning 1-yarmi) — shoir. O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida ma’lumot Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois», «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarlari hamda o‘zining «Mahzan ul-asror» dostonida berilgan. Haydar Xorazmiy asosan Xorazmda yashagan va og‘ir hayot kechirgan. Birmuncha vaqt Hirotda temuriylardan Umar-shayxning o‘g‘li Sulton Iskandar (15-asr) saroyida yashagan. Turkiy va forsiyda she’rlar yozgan, devon tuzgan. Nizomiy Ganjaviyning «Mahzan ul-asror» asariga «Gulshan ul-asror» nomi bilan turkiy tilda javob yozib (1409—14), Sulton Iskandarga bag‘ishlagan. Asar syujeti va g‘oyaviy yo‘nalishi jihatidan ham Nizomiy dostoniga yaqin, vazni ham bir xil — aruzning sare’ bahrida yozilgan. Hajmi 639 bayt. Asar Nizomiynikidan farq qilib, avval hikoya, so‘ng shu hikoyadan kelib chiqadigan xulosa va fikrlarni umumlashtiruvchi bob bilan ta’minlangan. Haydar Xorazmiy bu asari bilan o‘zbek adabiyotida she’riy hikoyani rivojlantirgan. Ko‘pchilik hikoyalarida olijanob insoniy fazilatlar targ‘ib qilingan, mehnat va mehnat ahli ulug‘langan. Dostonda markazlashgan davlat va odil hukmdor g‘oyasi ilgari surilgan; axloq-odob, mehnatsevarlik, saxiylik, rostgo‘ylik targ‘ib etilgan. «Gulshan ul-asror» o‘zbek epik she’riyati tarixida muhim hodisa va turkiy tildagi axloqiy-falsafiy dostonchilikning yirik namunasi bo‘lib, turkiy tilning boyligi, qudrati va ko‘rkini namoyish qildi hamda o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Asarning qo‘lyozma nusxalari London, Parij, Vena, Qozon kutubxonalarida, fotonusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. «GULSHAN UL-ASROR»DAN Umr chu qat’ etti adam manzili, So‘zga raqam urdi qalamning tili. So‘z guhari bilguchi sarrofi roz, Bo‘ldi bilig nat’ida mansubi boz. Jilva qilib so‘z nasaqi ichra zavq, Shavqu talab bo‘yni uza soldi tavq. Ishq bu hangomada urdi nido, G‘aybu shahodatqa yoyildi sado. Ilmu mahal tobtiyu, qildi zuhur, Shu’la urib partavidin soldi nur. Qut ichida nekim erdi nihon, Barcha bu qudrat bila bo‘ldi ayon. Soldi adad soyai taxrorini, Sifrg‘a topshurdi o‘z izhorini. Bo‘ldi adad snfr o‘ti lomii, Sifr bo‘lib jifr evining jomii. Nuqta bilan nuqta topib imtizoj, Qo‘ydi alif farqina shohona toj. Tushgach alif qomatining soyasi, Topti ham-ul soyani hamsoyasi. Toj alif, nuqta alif zillini, Ismi alif lom alif ma’nini. Bo‘ldi bu bir nuqta muammoyi g‘ayb, Nuqta nekim nuqtai tug‘royi g‘ayb. Nuqta bo‘lib harfqa sifrul xitob, Harf bo‘lib nuqtag‘a ummul-kitob. Abjadi ta’rif qilib izdivoj, Ma’rifat arqomina berdi rivoj. Download 209.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling