Oltin o‘rdadagi madaniy va adabiy hayot. Reja: Oltin o‘rdadagi madaniy hayot
Download 209.55 Kb.
|
1-25
O‘zbek adabiyotida noma janri
Reja: Noma haqida tushuncha O‘zbek adabiyotida noma janri Noma (fors. — xat, maktub) — 1) xat, maktub, farmon, yozilgan narsa; 2) ada-biy janr; oʻzbek va fors mumtoz adabi-yotlarida yaratilgan, real yoki xayoliytoʻqima shaxsga asosan sheʼriy maktub tarzida yozilgan badiiy asar turi. Faxriddin Gurgoniy (11-asr), Avhadiy (1274—1338), Xoja Imod Kirmoniy (14-asr)lar fors adabiyotida N. janriga asos solib, uni rivojlantirganlar. Oʻzbek mumtoz adabiyotida N. janrining paydo boʻlishi Xorazmiy nomi bilan bogʻliq. Uning "Muhabbatnoma" asari (1353—54) oshiqning maʼshuqaga yoʻllagan gʻazal shaklidagi 10 ta ishqiy maktubidan iborat. Keyinchalik Xorazmiyning "Muhabbatnoma"si taʼsirida yaratilgan Xoʻjandiyning "Latofatnoma", Sayid Ahmadning"Taashshuqnoma", Yusuf Ami-riynnig "Dahnoma" asarlarida ham N. janri anʼanalariga rioya qilingan: ularning barchasi bir xil vaznda, masnaviy shaklida yozilgan; barchasi ham 10 nomadan iborat. "Muhabbatnoma", "Latofatnoma", "Taashshuqnoma" asarlarida N.lar oshiq tilidan yozilgan bo‘lsa, "Dahnoma"dagi N.lar ham oshiq, ham maʼshuqa nomidan yoʻllangan. Alisher Navoiy va Zokirjon Furqatning oʻz doʻstlari va ustozlariga yozgan sheʼriy maktublarini ham keng maʼnoda N. janriga kiritish mumkin; 3) biror tarixiy shaxs yoki asar qaxramonining sarguzashtlari, safar taassurotlari, ichki kechinmalari nazm yoki nasrda bayon etilgan har qanday (badiiy, ilmiy, memuar va boshqalar) asar turi. Mas, Boburning "Boburnoma", Muqimiyning "Sayohatnoma", Shayxzodaning "Toshkentnoma" asarlari; 4) mazmunan murakkab, yirik epik asar; doston. Masalan, Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiyning "Iskandarnoma", Muhammad Solihning "Shayboniynoma" asarlari. Noma janri haqida ma’lumot Noma janri uzor tarixga ega. Noma so‘zi xat, mak tub ma’nolarini bildiradi. Nomaning ilk ko‘rinishlari O‘rta Osiyo tarixida yozuv paydo bo‘lmasdan ilgari buyumlar vositasida ham ifodalangan. Bunga misol sifatida skiflar shohi Idanfrisning Eron shohi Doroga yuborgan buyumlar — kamon o‘qi, baqa, sichqon va qushdan iborat o‘ziga xos «maktub»ini eslash kifoya. Bu singari maktublarning tarixi juda qadimiydir. Nomaning ildizlarini yana xalq og‘zaki ijodida ko‘ramiz . «Alpomish» dostonida nomaning ilk namunasi bor. Qalmoqlar yurtida qolgan Barchin o‘zining nochor ahvolini bayon etib, Hakimbekdan yordam so‘rab, unga noma yozadi va bu nomasini o‘nta navar orqali yuboradi (nimaga o‘nta? Dah nomami?) Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘atit-turk» asarida irqish so‘zini izohlar ekan, «maktub, noma ma’nosida ham qo‘llanadi» (1 jild, 17-bet) deb izoh beradi. SHuningdek, Mahmud Koshg‘ariy qo‘shug‘ so‘ziga izoh berganda ham, lirik qahramon Turkxon xotunga noma yo‘llab, «xodimi xizmatga tayyor» ekanini bildiradi (1 jild, 357-bet). «Qutadg‘u bilig»da Kuntug‘di elig tog‘dagi g‘orda zohidona hayot kechirayotgan O‘zg‘urmishga maktub yuborib, u bilan uchrashib, suhbatlashishni ixtiyor qilganini yozadi. Kuntug‘dining bu xati ham noma janrining bir ko‘rinishidir. Umuman, noma janri Markaziy Osiyo xalqlarining maishiy, ma’naviy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan. Noma janridan ma’lum tarixiy va ijtimoiy-siyosiy voqealar jarayonida ham istifoda etilgan. Miloddan oldingi III asrda Markaziy Osiyoda hukmdorlik qilgan Boting tangriqutning Xitoy malikasiga yozgan maktublari va malikaning Botir tangriqutga yozga javoblari ma’lum. Noma eski o‘zbek tilida bildirguluk so‘zi bilan ham ifodalangan. “O‘g‘uznoma” dostonida O‘g‘uz xoqon barcha ellarning hukmdorlariga bildirguluk, ya’ni noma yuborib, bo‘ysunishni va o‘lpon to‘lashni talab etadi. SHu tariqa ma’lum ehtiyojlar tufayli paydo bo‘lgan xabarni ifodalash shakllari ham nomaning shakllanishiga asos bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Download 209.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling