Kumush (P)-oksid, AgO — metallsimon yaltiroq, qoramtir kulrang kristall modda. Zichligi 7,44 g/sm³. 100° temperaturagacha qizdirilganda elementlarga ajraladi, 110° da portlaydi. Kumushga yoki Ag2O ga ozon taʼsir ettirib, Kumushni sulfat kislotada anodli oksidlantirib olinadi. Galvanik elementlarda qoʻllanadi. - Kumush (P)-oksid, AgO — metallsimon yaltiroq, qoramtir kulrang kristall modda. Zichligi 7,44 g/sm³. 100° temperaturagacha qizdirilganda elementlarga ajraladi, 110° da portlaydi. Kumushga yoki Ag2O ga ozon taʼsir ettirib, Kumushni sulfat kislotada anodli oksidlantirib olinadi. Galvanik elementlarda qoʻllanadi.
- Kumush, asosan, tarkibida kumush va qoʻrgʻoshin bor rudalardan ajratib olinadi. Kumush qotishmalari tanga pul, zargarlik va uy-roʻzgʻor buyumlari, lab. idishlari ishlab chiqarishda, elektrotexnikada, tuzlari fotografiyada ishlatiladi. Kumush buyumlar tayyorlash uchun 875 probali kumush, yaʼni tarkibida 87,5% Kumush va 12,5% mis boʻlgan qotishma ishlatiladi. Kimyoda Kumush kattalizator sifatida qoʻllanadi. Tibbiyotda Kumushning argirol, protargol, kollargol, lyapis kabi preparatlardan foydalaniladi.
- Komil Tojiyev.[1]
- Kumush - unsurlar davriy jadvalining 47 unsuri, metall
Do'stlaringiz bilan baham: |