Oltingugrtning kislorodli birikmalari
Download 40.12 Kb.
|
muratov m oltingugurtning kislorodli birikmalri 8-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- OLTINGUGRTNING KISLORODLI BIRIKMALARI
- II.Dars turi: ________________________________________ III.Dars usuli: ____________
- Oltingugurt
To‘shkent viloyati Qibray tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Kimyo fani o‘qituvchisi Muratov Mirtohirning 8-sinf uchun Kimyo fanidan “Oltingugurtning kislorodli birikmalari” Mavzusi bo‘yicha tayyorlangan Namunaviy bir soatlik Dars ishlanmasi OLTINGUGRTNING KISLORODLI BIRIKMALARI I. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: mavzu doirasidagi BKM lar a)Rivojlantiruvchi maqsad; Mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakillantirish. b)Tarbiyaviy maqsad;o’quvchilarga mavzu bo’yicha ma’lumot berish bilan birga tabiatga mehr tuyg’usini uyg’otish va ekologik tarbiyani shakillantirish. II.Dars turi: ________________________________________ III.Dars usuli: ____________ “______________________________”. IV.Dars jihozi: a)Darslik b)Tarqatmalar. V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. VII.Darsning bayoni. Kislorodli birikmalarda oltingugurt musbat oksidlanish darajasi namoyon qilishi qanday izohlanadi? Oltingugurt oksidlari. Oltingugurtning amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki xil oksidi bor. Oltingugurt (IV)-oksid SO„ va oltingugurt (VI)-oksid S03. Oltingugurt (IV)-oksid S02. Tabiatda vulqon gazlarida va tabiiy ko‘mirning yonishidan hosil bo‘lgan gazlar tarkibida uchraydi. SO„ qutbli kovalent bog‘li gaz bo‘lib, laboratoriyada sulfit kislota tuzlariga xlorid yoki sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi: Na2S03 + H2S04 = Na2S04 + H20 + S02t Mis qirindilariga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilganda ham oltingugurt (IV)-oksid hosil bo‘ladi: 2H„SO,,, , + Cu = CuSO, + SO,t + 2H„0 Sanoatda oltingugurt (IV)-oksid metall sulfidlarini havoda kuydirib olinadi: 4FeS2 + 1102 2Fe203 + 8S02|; 2ZnS + 302 2ZnO + 2S02|. Oltingugurt (IY)-oksid rangsiz, o‘tkir hidli gaz bo‘lib, — 10°C da suyuq, —73°C da qattiq holga o‘tadi, u kislotali oksid, suvda erib sulfit kislota hosil qiladi: so2 + H20 = H2S03. Asosli oksid va ishqorlar bilan ta’sirlashib, sulfitlar hosil qiladi: CaO + S02 = CaS03; 2NaOH + S02 -» H20 + Na2S03. Oltingugurt (IV)-oksid katalizator ishtirokida oksidlanib oltingugurt (Vl)-oksi- dini hosil qiladi: 2S02+ 02 ^ 2S03 + Q. Vodorod sulfidni oksidlaydi. Natijada o‘zi qaytariladi va oltingugurtni hosil qiladi: 2H2S + S02 -» 2H20 + 3S| Oltingugurt (IV)-oksid organik bo‘yoqlarni rangsizlantiradi, mikroorganizmlarni o‘ldiradi, quruq turshak tayyorlashda, ba’zi rezavor mevalarni yetiltirishda qo‘llanadi. Suyuq SO„ neftni tozalashda ishlatiladi. Oltingugurt (Vl)-oksid S03. S03— oltingugurtning yuqori oksidi bo‘lib, 45°C da qaynaydigan, 17°C da oq kristall massaga aylanadigan rangsiz suyuqlik. Kislotali oksidlarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Suv bilan oson reaksiyaga kirishib, sulfat kislota hosil qiladi: S03 + 11,0 = H„S04 + Q. S03 ning o‘zi ham konsentrlangan sulfat kislotada yaxshi eriydi. Bunda oleum hosil bo‘ladi: H„S04 • nS03—> oleum. H2S04 + nS03 -» H2S04 • nSOr Sanoatda S0„ ni katalizator ishtirokida oksidlab S03 olinadi. Oltingugurt (VI)- oksid asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. VIII.Uyga vazifa: Mavzuga doir topshiriqlarga javob toppish. 1. Tarkibida 50% oltingugurt va 50% kislorod bo‘lgan birikmani vodorodga nisbatan zichligi 32 ga teng. Bu moddani havoga nisbatan zichligini aniqlang. Download 40.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling