Reja: Vodorod sulfidning: molekular formulasi: H2S; tuzilish formulasi: H-S-H;
Vodorod sulfid
Sulfid kislotaning tuzlariga ya’ni, sulfidlarga xlorid kislota ta’sir ettirib, vodorod sulfid olinadi: FeS + 2HCl = FeCl2 + H2S↑
Olinishi.
Suyuqlantirilgan (200—350°C da) oltingugurtga vodorod ta’sir ettirib ham vodorod sulfid olish mumkin: H2 + S = H2S. Fizik xossalari
Vodorod sulfid rangsiz, o‘tkir (palag‘da bo‘lgan tuxumni
eslatuvchi) hidli, zaharli gaz. –85,6°C da suyuqlanadi, –60,35°C da qaynaydi.
Vodorod sulfidning suvdagi eritmasi sulfid kislota deyiladi. Kimyoviy xossalari
Vodorod sulfid yonuvchi gazdir. U kislorodda yonadi.
- agar kislorod yetarli bo‘lsa:
2H2S + 3O2 = 2SO2 + 2H2O
B) agar kislorod yetarli bo‘lmasa:
2H2S + O2 = ↓2S + 2H2O
Sulfid kislota boshqa kislotalar singari kislotalar uchun umumiy kimyoviy reaksiyalarni ham beradi: 2KOH + H2S = K2S + 2H2O CaO + H2S = CaS + H2O CuCl2 + H2S = CuS + 2HCl Sulfid ioni tutgan eritmaga qo‘rg‘oshinning suvda eruvchi tuzi qo‘shilsa, qora rangli cho‘kma PbS hosil qiladi. Bu tajriba asosida sulfid ioni aniqlanadi. Oltingugurtning amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki xil oksidi bor. Oltingugurt (IV )-oksid SO2 va oltingugurt (VI )-oksid SO3.
Oltingugurt oksidlari.
Tabiatda vulqon gazlarida va tabiiy ko‘mirning yonishidan hosil bo‘lgan gazlar tarkibida uchraydi.
Oltingugurt (IV )-oksid SO2.
SO3 — oltingugurtning yuqori oksidi bo‘lib, 45°C da qaynaydigan, 17°C da oq kristall massaga aylanadigan rangsiz suyuqlik.
Oltingugurt (VI )-oksid SO3.
Oltingugurt (VI )-oksid asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |