Om va Joul – Lens qonunlarining integral va differensial ko’rinishi


Download 1.11 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi1.11 Mb.
#1026936
Bog'liq
Madina 2

Om va Joul – Lens qonunlarining integral va differensial ko’rinishi


Om qonunining integral va differensial ko’rinishi.
Elektrga yot kuchlar ta’sir etmaydigan zanjirning qismi bir jinsli o’tkazgich deb ataladi. Zanjirning bir qismi uchun Om qonunining  ifodasi kesim yuzasi o’zgarmas bo’lgan o’tkazgichlar, ya’ni bir jinsli o’tkazgichlar uchun tok kuchini aniqlashga imkon beradi.
Ammo, ko’pincha, amalda tok o’tkazuvchi similar to’g’ri geometrik shaklga ega bo’lmagan hollarda tok kuchini hisoblashga to’g’ri keladi. Masalan, sferik yoki silindrik kondensatorlar elektr zanjiriga ulangan hollarda Om qonunining shakldagi ifodani qo’llab bo’lmaydi, chunki kondensator qoplamalari sirtining har xil nuqtalarida maydon kuchlanganligi turlicha va har bir qoplamaning sirti ham bir xil qiymatga ega.
Endi Om qonuning differensial ko’rinishini yozaylik. Tok zichligi va uzunligi ga teng bo’lgan silindrik o’tkazgichni olaylik (1 - rasm). Silindrik o’tkazgichdagi (J) - tok zichligi yo’nalishi maydon kuchlanganligi yo’nalishiga mos keladi. Silindrik o’tkazgichning ko’ndalang kesimi yuzasidan oqib o’tuvchi tok kuchi. I=jdS ga teng
Zaryad tashuvchilar har bir nuqtada E vektor yo’nalishi bo’ylab harakatlanadi. Shuninh uchun J va E ning yo’nalishi mos tushadi. Anizatrop jismlarda J va E vektorlarining yo’nalishi mos tushmasligi mumkin.
Elektr tokning ishi va quvvati. Tokning ishi. Elektr toki o’zi bilan energiya uzatishi tufayli juda keng qo’llaniladi. Bu energiyani istalgan boshqa turdagi energiyaga aylantirish mumkin. O’tkazgichda zaryadli zarralar tartibli harakat qilganda elektr maydon ish bajaradi, bu ishga tokning ishi deyiladi.
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling