Ombor zararkunandalari va ularga qarshi kurash


Download 20.4 Kb.
bet1/4
Sana14.10.2023
Hajmi20.4 Kb.
#1703109
  1   2   3   4
Bog'liq
OMBOR ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH


OMBOR ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH

Reja:

Asosiy qism
1. Kanalar haqida umimiy tavsif
2. Qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar etkazuvhci kanalar.
3.Omborxona zararkunandalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kanalar (Acarina) — o’rgimchaksimonlar sinfiga mansub mayda bo’g’imoyoqlilar. 3 turkumga bo’linadi: akariformli kanalar (Acariformes), parazitformli kanalar (Parasitiformes) va pichano’rar K. (Opiliocarina). Tanasi tuxumsimon yoki cho’ziq (uz. 0,1—0,30 mm), aksariyati bo’g’imlarga bo’linmagan. Tanasi, odatda,2 qism: og’iz apparati joylashgan oldingi — giatosoma va oyoqlari joylashgan orqa qism — idiosomadan iborat. kanalar hasharotlardan 4, ba’zilari esa 2 juft oyoqlari bo’lishi, tanasining bosh, ko’krak va qorin qismga bo’linmasligi, mo’ylovlari bo’lmasligi bilan farqlanadi. Tanasi yashash sharoitiga ko’ra, tiniq yoki juda zichlashgan muskulli qoplamga ega. Barcha kanalar ayrim jinsli bo’lib, ko’pchiligi tuxum qo’yib ko’payadi. Oziqlanish tipiga qarab 3 guruhga bo’linadi: o’simlikxo’rlar, yirtqich kanalar va parazit kanalar Ba’zi kanalar o’simlik qoldiqlari bilan (saprofaglar) oziqlanib, tuproq hosil bo’lish jarayonida muhim rol o’ynaydi (mas., Oribalidae oilasiga mansub qalqonli kanalar va Acaroidea vakillari); boshqalari o’simlik shirasi bilan (fitofaglar) oziqlanib, qishloq xo’jaligi ekinlariga katta zarar keltiradi (maye., Tetranychidae oilasining turlari); ayrimlari sodda zamburug’lar bilan oziqlanadi (mikofaglar) hamda parazit kanalar qishloq xo’jaligi hayvonlari va odamga zarar yetkazadi (Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae va b. oiladagi K.). Tabiatda zararli kanalar bilan bir qatorda foydalilari ham (entomofag kanalar.) bo’lib, qishloq xo’jaligi zararkunandalarining ko’payishiga to’sqinlik qiladi.
O’simlikxo’r kanalar ikki: sarkoptiformli kanalar (Sarcoptifomes) hamda trombidiformli kanalar (Trombidiformes) kenja turkumga bo’linadi. Sarkoptiformli kanalar dan ombor kanalarning 2 oilasi: un kanalar va tukli kanalarning vakillari katta zarar keltiradi. Trombidiformli kanalar kenja turkumiga o’simlikning o’sish va rivojlanish davrida shirasini so’rib zarar keltiradigan kanalar kiradi. Qishloq xo’jaligi ekinlariga, ayniqsa, o’rgimchakkanalar oilasining turlari, jumladan, o’rgimchakkana juda ko’p zarar yetkazadi. Briobindlar oilasiga mansub eng yirik (2 mm gacha) va serharakat kanalar faqatgina o’simliklarga zarar keltirib qolmay, balki odamlar yashaydigan joylarga kirib, zahira oziq-ovqatlarni ham ifloslantiradi. Qo’ng’ir meva kanasi — ashaddiy zararkunandadir. O’rta Osiyo janibida yassi tanali kanalar (Tenuipalpidae) oilasining vakillaridan meva yassi tanali kanasi zararlidir. Har xil tirnoqli kanalar oilasi (Tarsonemidae)ning ko’pgina turlari o’simliklar bilan oziqlanadi, ammo yirtqich hamda saprofaglari ham mavjud. Eng zararkunandasi — yertut kanasidir. Qorindor kanalar oilasiga (Pycmotidae) tirik tug’ish harakterli. Ularning barcha rivojlanish fazalari ona qornida o’tadi; qorni sharsimon shishib, 100—500 martagacha kattalashish xususiyatiga ega. Bu oilaga mansub don kanalar bug’doy, suli, javdar, arpa va boshoqli o’tlarga vegetatsiya davrida zarar yetkazadi. Qorindor kanalar zahiralarga zarar keltiruvchi hasharotlar qurtida parazitlik qiladi; ular odam tanasiga tushsa, teri kasalligi — pichan qichimasini vujudga keltiradi. To’rt oyoqli kanalar yoki shish paydo qiluvchi kanalar (Eriophyidae) oilasining vakillari o’simlik bilan oziqlanib, uning shakli, barg hamda mevalari rangini o’zgartiradi, kurtaklarni nobud qiladi. Ba’zi turlari o’simliklar ustida erkin yashaydi, boshqalari esa shish paydo qiladi.
Yirtqich kanalar — parazitformli va akariformli kanalar turkumlarining vakillaridir. Mevali daraxtlar bargida, tut, tok, g’o’za, beda va sabzavot ekinlarida, begona o’tlar hamda o’simlik qoldiqlarida yashaydi. Serharakat. O’rgimchakkana tuxumi, lichinkalari, nimfasi va voyaga yetgan individlari, yassi tanali kanalar va boshqa mayda bo’g’imoyoqlilar bilan oziqlanadi. O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, 11 oilaga mansub 50 ga yaqin turi ma’lum. Ko’pincha, ekinzor dalalarida va unga yondosh yerlardagi begona o’tlarda uchraydi. O’simlikxo’r kanalar kabi ular ham to’kilgan barglarda, daraxt po’stloqlari yoriqlarida, to’shamalarda va boshqa o’simlik qoldiqlarida qishlaydi. Sutkalik o’rtacha harorat 10° dan yuqori bo’lganda qishlov joylaridan chiqadi. Sug’orma dehqonchilik agrobiotsenozida, asosan, begona o’tlar hamda tut daraxtlarida to’planadi. G’o’zaga may oxiri — iyun boshlarida o’rgimchakkanadan so’ng o’tadi. Ularning mavsumiy rivojlanish davri bir xilda bo’lib, bu yirtqich kanalarning oziqlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi. O’simlikxo’r zararkunanda kanalarga qarshi biologik himoya usulida yirtqich kanalardan foydalanish mumkin. Eng faol yirtqich kanalar fitoseid va boshqa oilaga mansub turlardir. Ular issiqxonalarda yetishtiriladigan bodringlardagi hamda bog’ va tokzorlardagi o’rgimchakkanalarga qarshi qo’llaniladi.
Parazit kanalar ikki kenja turkum — Mesostigmata va Ixodides o’z ichiga olgan parazitformli kanalar turkumining vakillaridir. Bular q/x hayvonlari (qoramol, cho’chqa, parrandalar) hamda odamdagi yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbai va tarqatuvchilari. Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae oilalarining vakillari eng zararli kanalardir. Ko’p turlari nobud bo’lgan o’simlik qoldiklaridan iborat to’shamalarda yoki yaylovlardagi o’tlarning ildiz-bo’g’zi qismida yashirin hayot kechiradi. Kamharakat bo’lib, katta maydonlarga faol tarqala olmaydi. Kanalarga qarshi akaritsidlar va biologik himoya usulidan foydalaniladi.

Download 20.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling