Ommabop (publitsistik) uslub


Download 17.96 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi17.96 Kb.
#119314
Bog'liq
1-topshiriq


1-topshiriq
Topshiriqda berilgan savollarga javob bering.
1.Ommabop nutq uslubining o’ziga xosligi

Ommabop (publitsistik) uslub

Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.


2.Uslubning ommaga mo’ljallanganligi.

Publitsistika (lot. publika — xalq, omma) davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o'quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo’layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.



Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy Majlis yig'inlarida, turli xil anjumanlarda qo'llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi.

Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo'ladi: 1) yozma shakl; 2) og'zaki shakl.

Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og'zaki shaklidir.

Publitsistik uslubning o'ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo'lishlik, hozirjavoblik, ta'sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubi ijtimoiy masalalarga harakatchanliligi tufayli unda ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so'zlar ko'proq qo'llaniladi. Masalan, isyon, irqchilik, qo'poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar.

Publitsistika bir qancha janrlarga ega. Har qaysi janrning o'zi, masalan, gazeta, radio, televideniyeda beriladigan reportajlar uslub va uslubiy vositalari hamda o'zida berilayotgan reportaj, pamflet, felyeton kabi nutqiy vositalari jihatidan farqlanadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan ularning hammasi bir umumiy belgi asosida publitsistik nutqning turli ko'rinishlari sanaladi. U ham bo'lsa, nutqning jamiyatga qaratilganidir.


3. Jurnalistikaning 10 qoidasi.

1.JURNALISTNING KASB MAJBURIYaTI

Haqqoniylik, xolislik, adolat, fikrlar xilma-xilligi va inson huquqlariga hurmat O‘zbekiston jurnalistlari faoliyatining asosiy qoidasi hisoblanadi.

Jurnalist o‘zining so‘z va axborot erkinligini ta’minlash yo‘lidagi faoliyati jamiyat oldidagi burchi ekani va uning materiallari jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi kerakligini to‘liq anglaydi.

Jurnalist O‘zbekistonning amaldagi qonunlari va xalqaro huquq normalariga asoslanib ish olib boradi, media makonda ijtimoiy mas’uliyat muhitini yaratgan holda sohada o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini vujudga keltirish va mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi, jurnalist obro‘-e’tibori va sha’nini himoya qiladi.



  1. JURNALISTNING IJTIMOIY MAS’ULIYaTI

Jurnalist jamiyat uchun axborot to‘plashi, tayyorlashi, tarqatishi, shuningdek fuqarolarning o‘z fikrlarini bildirishlari uchun erkin maydon yaratadi.

  1. BETARAFLIK VA XOLISLIK

Jurnalist betaraf bo‘lishi, voqea-hodisalarni xolisona va haqqoniy yoritishi, muomala madaniyati va ochiqlik tamoyillariga amal qiladi.

Jurnalist o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda axborot olishning qonunga zid usullaridan foydalanmasligi (qo‘rqitish, ta’magirlik, tovlamachilik, ig‘vogarlik, mukofot va’da qilish yoki odob-axloq normalariga zid boshqa usullardan foydalanish), shuningdek o‘z xizmat vakolatlaridan shaxsiy maqsadlari yo‘lida foydalanmaydi.

Jurnalist har qanday sharoitda ham yolg‘on axborot e’lon qilmasligi, dalillarni buzib ko‘rsatmasligi va ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni ataylab yashirmaydi.


  1. AXBOROTNING IShONChLILIGI

O‘zi tarqatayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etish jurnalistning majburiyatidir. Jurnalist haqqoniyligiga ishonch hosil qilgan axborotnigina tarqatadi va sharhlaydi (kamida ikkita mustaqil manba orqali axborotni tekshirib ko‘rishi tavsiya etiladi).

Ishonchsiz va dalillarga asoslanmagan axborot tarqatgan taqdirda jurnalist zudlik bilan o‘z xatosini tan olishi, uzr so‘rab, xatosini tuzatish chorasini ko‘radi.

Jurnalist fikr va nuqtai nazar xilma-xilligini hurmat qiladi.



  1. AXBOROT MANBAI VA UNING MAXFIYLIGI

Jurnalist jismoniy yoki yuridik shaxslarning axborot taqdim etishni rad etish yoki taqdim etishdan tiyilish huquqini tan oladi.

Jurnalist axborot manbaining ruxsatisiz ma’lumotlarni oshkor qilmasligi, axborotdan g‘arazli yoxud uchinchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab foydalanmaydi.

Jurnalist maxfiy yo‘l bilan olingan axborot manbaiga nisbatan kasb sirini saqlaydi. Jurnalistdan axborot manbani oshkor etishga majburlashga hech kimning haqqi yo‘q.


  1. MILLIYLIK VA MA’NAVIYaT

Jurnalist qanday mavzuga qo‘l urmasin milliy o‘ziga xoslik, milliy ma’naviyat va axloqiy qadriyatlarga, shu bilan birga boshqa millat va elatlarning urf-odat va madaniyatiga nisbatan hurmat saqlaydi. Materialni tarqatishda adabiy til qoidalariga amal qiladi.

Jurnalist hech bir xalq va elatning milliy, diniy yoki irqiy kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Jurnalist mamlakatning axborot makonidagi nufuzi va jahon axborot maydonidagi imijiga putur yetkazmaslikka intiladi.



  1. ShAXSIY HAYoTGA HURMAT. ShAXS ShA’NI VA QADR-QIMMATINI HIMOYaLASh

Jurnalist odamlarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini hurmat qiladi. Shaxs sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Jurnalist odamlarning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni faqat ularning roziligi va hujjatlarning sir saqlanishiga rioya qilgan holda e’lon qiladi.

Jurnalist noqonuniy yo‘l va nomaqbul vositalar yordamida odamlarning shaxsiy hayoti haqida axborot to‘plash, ovoz yozib olish va materiallar to‘plashi mumkin emas.

Jurnalist jinoiy ishni yorituvchi materialni tayyorlayotganida aybsizlik prezumpsiyasiga amal qiladi.



  1. PLAGIAT

Jurnalist o‘z faoliyatida plagiatga yo‘l qo‘ymaydi. Plagiat (ko‘chirmakashlik) hech bir havola ko‘rsatmay o‘zga manbaning matni, ovozi, kadri hamda tasvirini o‘zlashtirib olishdir.

Jurnalist boshqa ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar muallifligidagi materiallardan foydalanganida yoki ularga murojaat qilganida aniq manbani ko‘rsatishga burchlidir.



  1. JURNALISTLAR BIRDAMLIGI

Jurnalistlar kasbiy birdamlik talablariga rioya qiladilar. Jurnalist professional obro‘-e’tiboriga putur yetkazadigan va ijtimoiy burchiga zid bo‘lgan ishlarga qo‘l urmaydi, ommaviy axborot vositalaridan g‘arazli maqsadlarda va hamkasblari o‘rtasida kelishmovchiliklar keltirib chiqarish yo‘lida foydalanmaydi.

Professional faoliyati uchun ta’qib ostiga olingan jurnalist jurnalistlar birdamligi tuyg‘usi va prinsiplaridan kelib chiqqan holda hamkasblari himoyasida bo‘ladi.



  1. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI BO‘YIChA JAMOATChILIK KENGAShI

Jurnalist kasb etikasi talablari va me’yorlari buzilish holatlarini kuzatish, tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish maqsadida ommaviy axborot vositalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuziladi.

Jamoatchilik kengashi nizomi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi konferensiyasida tasdiqlanadi.



Jamoatchilik kengashi yetti kishidan iborat tarkibda besh yillik muddatga O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi konferensiyasida saylanadi.
Download 17.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling