Ommafiy oferta
Download 60.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Maxfiylik siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Tashkilotchining majburiyatlari. 2.2.1.
- 3. MAXFIYLIK SIYOSATI 3.1.
- 4. QUYIDAGI HOLLARDA SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN ISHTIROKCHILAR OLIMPIADANING ASOSIY BOSQICHIDAN CHETLATILADI 4.1.
- O‘tkazilish tartibi bilan tanishdim, qatnashish shartlariga roziman.
PDP University tomonidan o‘tkazilayotgan “Matematika fanidan Respublika fan olimpiadasi”ning o‘tkazilish tartibi, qatnashish shartlari hamda ommaviy oferta 1. O‘TKAZILISH TARTIBI VA SHARTLARI 1.1. Olimpiada 2 (ikki) bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqich: saralash. 2-bosqich: asosiy. 1.2. Olimpiadaning birinchi, ya’ni saralash bosqichi online tarzda PDP olimpiadasi saytda bo‘lib o‘tadi. Saralash bosqichida ishtirok etish uchun nomzodlar shu yilning (2023) 12-yanvaridan 1-fevraliga qadar ushbu saytdan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. 1-fevral kuni saralash bosqichiga start beriladi va 5-fevralga qadar davom etadi. Ishtirokchilar mana shu 5 kun ichida saralash bosqichida qatnashishga ulgurishlari kerak. 1.3. Olimpiadaning ikkinchi, ya’ni asosiy bosqichi offline tarzda PDP University binosida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda yuqori ball to‘plagan qatnashchilar 3 ta liga: Silver, Gold, Platinum ligalariga taqsimlangan holda olimpiadada ishtirok etishadi. 1.4. Ligalar kesimida olimpiadaning o‘tkazilishi. Silver ligasi: 12-fevralda, Gold ligasi: 19-fevralda va Platinum ligasi: 26-fevralda bo‘lib o‘tadi. 1.5. Taqdirlash marosimi: 28-fevralda PDP University binosida bo‘lib o‘tadi. 2. TOMONLARNING MAJBURIYATI VA JAVOBGARLIGI 2.1. Ishtirokchining majburiyatlari. 2.1.1. Ishtirokchi olimpiada saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlarini (FIO, tug‘ilgan sana, yashash hududi, maktab yoki litsey, sinf yoki kursni) to‘g‘ri kiritishi kerak va bunga o‘zi javobgardir. 2.1.2. Olimpiadaning saralash bosqichi boshlangach, ishtirokchi belgilangan muddat ichida (1-fevraldan 5-fevralga qadar) o‘z shaxsiy kabinetiga kirib, unda online ishtirok etishi kerak. 2.1.3. Yuqori ball to‘plab, asosiy bosqichga o‘tgan ishtirokchi qaysi liga tarkibida ekanliklariga qarab belgilangan kun va vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan PDP University binosiga yetib kelishi kerak. 2.1.4. Asosiy bosqichda ishtirokchining yonida shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan boshqa hech qanday buyumlar bo‘lmasligi kerak: telefon va turli gadjetlar, kalkulyator, shpargalka, kitob va hokazo narsalar. 2.1.5. Asosiy bosqichda ishtirokchi belgilan vaqt ichida topshiriqlarni bajarib, uni nazorat xodimlariga taqdim etishi kerak. 2.1.6. Asosiy bosqichda g‘olib deb topilganlar va sovrinli o‘rin ishtirokchilari belgilangan sana hamda soatda “Taqdirlash marosimi”da qatnashish uchun PDP University binosiga yetib kelishlari kerak. 2.2. Tashkilotchining majburiyatlari. 2.2.1. Olimpiadaning har ikkala bosqichini respublika miqyosida to‘g‘ri tashkil etish: Saralash bosqichi uchun ko‘p foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan maxsus olimpiada saytini yaratish, ushbu saytga olimpiada topshiriqlarini joylashtirish; Asosiy bosqich offline tarzda o‘tkazilishi sabab, olimpiada o‘tkaziladigan binoni barcha sharoitlar bilan ta’minlash. 2.2.2. Olimpiada topshiriqlarini matematikidan kuchli bilim va tajribaga ega professional mutaxassislar tomonidan to‘g‘ri, aniq va bexato tuzlishini hamda maxfiyligini ta’minlash. 3. MAXFIYLIK SIYOSATI 3.1. Tashkilotchi ishtirokchining shaxsga doir ma’lumotlaridan ishtirokchining o‘zi uchun foydalanish huquqiga ega. 3.2. Tashkilotchi ishtirokchining shaxsga doir ma’lumotlarini 3-shaxsga taqdim etilmasligini kafolatlaydi. 3.3. Ushbu olimpiadada maktab va litseyni bitirganlar, talabalar, o‘qituvchilar shuningdek, matematikidan xalqaro va mahalliy olimpiada g‘oliblari hamda sovrindorlari ishtirok eta olmaydi. 3.4. Agar yuqoridagi bandda (3.3.) sanab o‘tilgan toifaga kiruvchilar bunga amal qilmay, olimpiadada ishtirok etib g‘olib bo‘lishsa ham, ularga olimpiada g‘oliblari uchun ajratilgan mukofot va grantlar berilmaydi! 4. QUYIDAGI HOLLARDA SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN ISHTIROKCHILAR OLIMPIADANING ASOSIY BOSQICHIDAN CHETLATILADI 4.1. Ishtirokchi olimpiada o‘tkaziladigan binoga kirishda mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan topshiriqlarni bajarish davomida foydalansa. 4.2. Bir shaxs boshqa shaxs o‘rniga kirishga urinsa. 4.2. Olimpiada materiallarini boshqa ishtirokchilarga uzatsa yoki ularga yordam bersa. 4.3. Olimpiada jarayonida ishtirokchilar bilan muloqotga kirishsa. 4.4. Olimpiada materiallarini binodan tashqariga olib chiqishga urinsa. 4.5. Olimpiada uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng olimpiada materiallarini topshirishdan bosh tortsa. 4.6. Olimpiada jarayonida videokuzatuvlar orqali ishtirokchining tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa. O‘tkazilish tartibi bilan tanishdim, qatnashish shartlariga roziman. Download 60.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling