Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Qo‟lyozma huquqida UDK: 373.3:8
O‟QUVCHILARNI MA‟NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH 5A 110901 – Pedagogika nazariyasi va tarixi Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYA
Ish ko„rib chiqildi va himoyaga ruxsat berildi. Maktabgacha ta‟lim metodikasi va pedagogikakafedrasi mudiri v.b. Katta.o‟qit.Sh.Usanov ____________ «_____»_____________2016 y Ilmiy rahbar:
_________
2
KIRISH……………………..…………………………………………………............. 3
1.1. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish davr talabi…………………………………………………. 10
1.2. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning holati............................................................................... 25 1.3. O„quvchi-yoshlarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalarining tarbiyaviy imkoniyatlari………………………………………………... 32
Birinchi bob bo„yicha xulosa........................................................................................ 45
II.BOB. O„QUVCHI-YOSHLARNI MA‟NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING MAZMUNI, SHAKL, METOD VA VOSITALARI
2.1. O„quvchilarni ma‟naviy shakllantirishda ommaviy axborot vositalardan foydalanish…………………………………………………………………………….. 47
2.2. Tarbiyaviy tadbirlar orqali o„quvchi-yoshlarni ommaviy axborot vositalaridan foydalanib ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash…………………………………………….. 56 2.3. Oilada bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalardan foydalanish ……………………………………………………………………………. 64
Ikkinchi bob bo„yicha xulosa......................................................................................... 72
III.BOB. O„QUVCHI-YOSHLARNI MA‟NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHGA YO„NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI NATIJALARI
3.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarini metodikasi…………………………………….. 75 3.2. Tajriba-sinov ishlarining natijalari va ularning tahlili……………………………. 78 Uchinchi bob bo„yicha xulosa......................................................................................... 83
3
Kirish 4
dolzarbligi: O„zbekiston mustaqillikka erishgach, Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va har tomonlama asoslab berilgan o„ziga xos taraqqiyot yo„lini tanladi. Bu yo„lni ishlab chiqishda jahondagi ko„plab xalqlarning taraqqiyot tajribalari bilan bir qatorda, o„zbek xalqining buyuk merosi, an‟analari, urf-odatlari, turmush tarzi, uning yaratuvchilik, bunyodkorlik qobiliyatlari, mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlar va boshqa ko„plab omillar hisobga olindi. Ular asosida “o„zbek modeli”ning besh asosiy tamoyili belgilab berildi. Biz tanlagan islohotlar modelining to„g„ri ekani va xalqimizning manfaatlariga to„liq javob berayotganini keyingi yillarda iqtisodiyotimizning barqaror sur‟atlar bilan o„sib, yangi marralarga ko„tarilib borayotgani misolida ko„rish mumkin. Jahon miqyosida haligacha davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning jiddiy ta‟siriga qaramasdan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining yillik o„sishi 2008-2013 yillarda 8 foizdan oshdi. 2014 yilda esa bu ko„rsatkich 8,1 foizni tashkil etdi. Agar mamlakatimiz aholisi ayni shu davrda qariyib 9,7 milliongacha ko„plab, bugungi kunda 31 million 500 mingtani tashkil etayotganini hisobga oladigan bo„lsak, aholi jon boshiga nisbatan o„sish 3 barobardan ziyodni tashkil etishi, bizning naqadar ulkan taraqqiyot yo„lini bosib o„tganimizdan dalolat beradi. O„zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi to„g„risida so„z yuritar ekanmiz, shu o„rinda BMBning jahon mamlakatlarida ro„y berayotgan holatlar to„g„risidagi ma‟lumotlari mazkur natijalarga yanada realroq qarash imkoniyatini beradi: BMT ma‟lumotlariga ko„ra bugun jahonning 54 mamlakatida aholi 1990 yilga nisbatan kambag„allashgan, 21 mamlakat aholisining ko„pchiligi ochlikdan aziyat chekmoqda. 34 mamlakatda aholining o„rtacha umr ko„rish darajasi pasaygan. 12 mamlakatda bolalarning boshlang„ich umumta‟lim maktablariga qatnash ko„rsatkichi kamaygan. Dunyoda 100 million bola maktabga qatnamaydi. Dunyoda qashoqlar shu qadar ko„pki, ular egulik ovqatga ham ega emas, ochlikdan azob chekmoqda. Ko„pincha savodsiz, to„rtdan ortiq farzandi bor oilalar, 5 ishsiz, kam ish haqi oladigan, qisman ish bilan band yoki mehnatga layoqatsiz kishilar qashoq bo„lib qolmoqda. Jahonda har 7 daqiqada bir bola ochlik yoki u bilan bog„liq sabablar tufayli nobud bo„ladi. Har bola 5 yoshgacha bo„lgan bolalarning 6 milliondan ortiq to„yib ovqat emaslik tufayli dunyoda ko„z yumoqda. 1,3 milliard kishi kuniga 1 AQSH dolarida kam mablag„ hisobidan kun ko„radi. Mustaqilik tufayli biz o„zligimizni angladik. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqlarning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g„ayrati azmu shijoat ila Vatanimizning shon-shuhrat olami o„zaro keng yoyilmoqda . Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz- erkin va farovon kelajagimizni o„z qo„limiz bilan bunyod etmoqdamiz. Mustaqilikning dastlabki yillardan boshlab, ertangi kunimiz bo„lgan yoshlar tarbiyasiga ularni hech kimdan kam bo„lmaydigan barkamol shaxslar bo„lib tarbiyalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishiga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Xalqimiz bola tarbiyasida nafaqat mehr ko„rsatib, uning ust-boshini but qiladi, balki bolani yoshligidan milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma‟naviyat asosida tarbiyalashga intiladi. Tarbiya haqida ma‟rifatparvar bobomiz Abdulla Alvoniy bunday degan edi:“Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat, yo saodat, yo halokat masalasidir”. Demak, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Sababi har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatning qudratli bo„lish avlodlar tarbiyasiga ko„p jihatdan bog„liq. Demokratik islohotlarni hayotga tadbiq etishda, o„quvchi-yoshlarimizda yangicha dunyoqarashini shaklllantirishda shubhasiz, ommaviy
axborot vositalarning o„rni va ahamiyati kattadir. Mamlakatimiz mustaqillika erishgandan keyin matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari jamiyatda o„ziga xos ijtimoiy institut sifatida shakllandi. Matbuot chinakam hayot kuzgusi, “To„rtinchi hokimiyat” darajasiga ko„tarilmoqda. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov “Ommaviy axborot vositalari tom
6 ta‟kidlagani yo„q. Chunki, respublikamizning ravnaq toptirishi uchun yurtimiz kundan-kunga qanday yutuq va marralarni qo„lga kiritayogan bo„lsa, ommaviy axborot vositalar sohasida ham g„oyat muhim yangilanish va rivojlanish jarayoni yuz berayotgani, matbuotning hayot bilan hamnafas bo„layotganiga keng jamoatchilik guvoh bo„lmoqda. Matbuotning eng muhim vazifasi bugun mamlakatimizda olib borayotgan tashqi va ichki siyosatni oddiy fuqarolar ko„zi bilan, turli nuqtai nazarlarda baholash, muhimi adolatni qaror toptirish, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat. Dunyoda globallashuv jarayonlari o„z ta‟sirini ko„rsatayotgan bugungi tezkor asrda muhim ijtimoiy qatlam bo„lgan yoshlar masalasi har bir davlat uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. YUrtboshimiz ta‟kidlab o„tganidek: “Hech kimga sir emaski, insoning qalbini va ongini egalash, ayniqsa, yoshlarning ma‟naviy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan turli havf-xatarlar kuchayib borayotgan bugungi o„ta notinch zamonda o„zining kimligining, qanday buyuk zotlarning avlodi, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-etiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta‟sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo„ladi”. Prizedent I.A.Karimov o„zining “Yuksak ma‟naviyat-engilmas kuch” asarida aytib o„tganedek, “Biz bugungi kunda ta‟lim-tarbiyasi sohasidan boshlab matbuot, televideniya, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, musiqa, adabiyot ,rassomlik va haykaltaroshlik sanatiga bevosita ta‟sir ko„rsatadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma‟naviy ehtiyojlari zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz kengaytirishimiz, yangi bosqichga ko„tarishimiz zarur”.
Kadrlar tayyorlash Millliy dasturida “Ta‟lim jarayonida ommaviy axborot vositalari mavqei oshib boradi. Televideniya va radioni ta‟lim dasturida intellektlashuvi ta‟minlanadi ham shaxs kamolotida ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanishni taqozo qilish-ko„rsatib o„tilgan”. 7 Umumiy o„rta ta‟lim-uzluksiz ta‟limning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda mavjud 9779 ta umumiy o„rta ta‟lim maktablarida 4 milllion 682 ming 477 nafar o„quvchi-yoshlar tahsil olmoqda. Xalq ta‟limi tizimida 423 ming 574 nafar o„qituvchi-xodimlar yoshlarga ta‟lim-tarbiya bermoqdalar. Respublikamizda umumiy o„rta ta‟lim maktabi o„quvchilar shaxsini shakllantirish, ularda odob-axloq, madaniyatni tarbiyalash masalalari bilan pedagog olimlar O.Musurmonova, M.Quronov, M.Inomova, S.Nishonova, U.Mahkamov, S.Allamurotova, D.Hasanov, S.Fayzulina, H.Hamroevalar shug„ullangan, ilmiy tadqiqot ishlar olib borilgan. Ommaviy
axborot vositalari asosida ta‟lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, barkamol avlodni tarbiyalash masalalari V.I.Rujnikov, S.I.Bernshteyn, Z.A.Ziyodovalarning o„quv qo„llanmalari, risola va maqolalarida o„z aksini topgan. Pelagog olim SHaxnoza Halimovaning “O„quvchilar axloqiy-estetik tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning pedagogik shart- sharoitlari (O„zbekiston radiosi eshittirishlar misolida). mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi bu borada muhim qadamlar qo„yilganligidan guvohlik beradi. Ammo,
umumta‟lim maktab o„quvchilarida ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shaklantirishda bolalar matbuotining o„rni pedagogik jihatlar entarli darajada o„rganilmagan. SHu bois, biz ta‟qiqot ishimiz mavzusini “O„quvchilarni ma‟naviy- axloqiy tarbiyalashda Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish” tarzida tanladik.
ma‟naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda ommaviy axborot vositalardan foydalanishning tizimi va metodikasini ishlab chiqish:
o„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy-axborot vositalardan foydalanish.
8
o„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalardan foydalanish samarali bo„ladi. Agarda: Barkamol avlodni ma‟naviy axloqi tarbiyalashda ommaviy axborot vositalardan foydalanish ijtimoiy zaruriyat ekanligi o„rganilsa: O„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning o„rganilgan darajasi tahlil etilsa; Matbuot materiallari asosida o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish holati va uni takomillashtirishning imkoniyatlari aniqlansa; Dars jarayonida o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashda ommaviy- axborot vositalaridan foydalanishning yo„llari ishlab chiqilsa; Sinfdan tashqari o„tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning o„rni belgalansa. Tadqiqotning vazifalari: Barkamol avlodni ma‟naviy-axloqi tarbiyalashda ommaviy axborot vositalardan foydalanish ijtimoiy zaruriyat ekanligi o„rganiladi;
O„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning o„rganilgan darajasi tahlil etiladi; Matbuot materiallari asosida
o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish holati va uni takomillashtirishning imkoniyatlari aniqlanadi; Dars jarayonida o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashda ommaviy- axborot vositalaridan foydalanishning yo„llari ishlab chiqiladi; Sinfdan tashqari o„tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning o„rni belgalanadi. Tadqiqotning metodlari: muammoga oid ilmiy-tadqiqot ishlari va pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili; pedagogik kuzatish; suhbat, so„rovnomalar o„tkazish; o„quv materiallarining qiyosiy tahlili; intervyu; pedagogik tajriba-sinov va uni o„tkazish; olingan natijalarni umumlashtirish; matematik-statistik tahlil qilish usullaridan foydalanish. 9
metodologik asosi: O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va undan foydalanishga oid g„olari; “Ommaviy axborot vositalari to„g„risida” (yangi tahrir); “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to„g„risida”; “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to„g„risida”; “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun; “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, mutafakkirlarning komil inson tarbiyalashga oid fikrlari; barkamol inson shaxsini, xislatlarini tarbiyalpsh to„g„risidagi ta‟limotlari; ilg„or pedagogik va didaktik nazariyalar; odob-axloq to„g„risidagi qarashlar; ta‟lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish to„g„risidagi ilg„or pedagogik tajribalar va me‟yoriy hujjatlar tahlil etiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Barkamol avlodni ma‟naviy-axloqi tarbiyalashda ommaviy axborot vositalardan foydalanish ijtimoiy zaruriyat ekanligi o„rganiligi; O„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot
vositalaridan foydalanishning o„rganilgan darajasi tahlil etilganligi; Matbuot materiallari asosida o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish holati a uni takomillashtirishning imkoniyatlari aniqlanganligi; Dars jarayonida o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashda ommaviy-axborot vositalaridan foydalanishning yo„llari ishlab chiqilganligi; Sinfdan tashqari o„tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning o„rni belgalanganligi. Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati: V-IX sinf o„quvchilarida ma‟naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning ilmiy nazariy jihatlari aniqlanadi; Tadqiqotda ilgari surilgan g„oyalar V-IX sinf o„quvchilarida ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid bilim, ko„nikma va malakalarni rivojlantiradi; Ilmiy ishlab chiqarish uslubiy tavsiyalar ta‟lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi; Tadqiqot natijalaridan ilmiy-uslubiy, ommabop maqola va o„quv qo„llanmalar tayyolashda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarining ishlanganligi va asoslanganligi: 10
O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga, pedagogika fanlarining fundamental asoslariga amal qilinganligi, pedagogik tajriba-sinov ishlarining izchilligi bilan olib borilganligi; tadqiqot natijalarining etarli darajada tahlil qilinganligi va ularni amaliyotga joriy etilishi bilan belgilanadi.
ma‟naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari Samarqand va Jizzax viloyati umumiy o„rta ta‟lim maktablarining V-IX sinf o„quvchilarining faoliyatiga tadqiq etiladi. Ishning sinovdan o„tishi: Tadqiqot natijalari SamDU, JDPI, Samarqand va Jizzax viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bo„lib o„tadigan ilmiy-amaliy anjumanlardagi ma‟ruzalar, tezislar, ilmiy to„plamlarda maqolalar chop etish, metodik qo„llanma va uslubiy tavsiyalar orqali amaliyotga tadbiq qilinadi. Dissertatsiya Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasining ilmiy seminrlarida muhokamadan o„tkaziladi.
oshiriladi: Birinchi bosqich (2014 yil dekabr-2015 yil sentyabr)da tadqiqot muammosining dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ob‟ekti va predmeti aniqlanadi, tadqiqot rejasi tuziladi, tajriba maydonlari aniqlanadi, tadqiqot muammosining ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy asoslari o„rganiladi, mavzuga oid adabiyotlar o„rganiladiva tahlil qilinadi.
vazifalariga oid qo„yilgan muammolar bo„yicha Samarqand shahridagi 63,64- umumta‟lim maktablari, Jizzax shahridagi 48,74-umumta‟lim maktablari V-IX sinf o„quvchilari bilan tajriba-sinov ishlari olib boriladi, test, anketa so„rovlari, shbatlar o„tkaziladi, dars jarayonlari kuzatiladi. Tegishli dastur asosida tajriba-sinov ishlari o„tkaziladi. Ilg„or o„qituvchilarning ish tajribalari o„rganiladi. 11
Uchinchi bosqich (2016 yil aprel-iyun)da umumiy o„rta ta‟lim maktablarining V-IX sinf o„quvchilarida ommaviy axborot vositalari asosida ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Olingan natijalar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
Barkamol avlodni ma‟naviy-axloqi tarbiyalashda ommaviy axborot vositalardan foydalanish ijtimoiy zaruriyat ekanligi;
O„quvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda ommaviy axborot
vositalaridan foydalanishning o„rganilgan darajasi;
Matbuot materiallari asosida o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish holati va uni takomillashtirishning imkoniyatlari;
Dars jarayonida o„quvchilarda ma‟naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashda ommaviy-axborot vositalarining o„rni;
Sinfdan tashqari o„tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishning o„ziga xos xususiyatlari. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling