Ommaviy kommunikatsiyalar universiteti


Download 332.06 Kb.
bet2/6
Sana20.11.2023
Hajmi332.06 Kb.
#1790339
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aliyeva Azizaxon

Bosh va ko’chma ma’no
1.Bosh ma’no (o’z ma’no) deganda so’zning asl ma’nosi tushuniladi so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi tushuniladi. 2.Ana shu lug’aviy ma’no asosida boshqa ma’nolar ham ifodalansa,u yasama (ko’chma) hisoblanadi 3 Ko’chma ma’no deganda bosh ma’no zaminida hosil qilingan yangi ma’no,so’zning nutqqa boshqa so’zlarga bog’lanib hosil qiladigan yondash ma’nosi tushuniladi. M: tulki so’zi aslida yovvoyi hayvonning bir turi ma’nosini anglatadi. Mirzakarimboy—tulki odam gapida tulki so’zi ayyor quv kabi ko’chma ma’noda qo’llanilgan. Yoki kumush-nutq tarkibidan tashqarida oq rangdagi qimmatbaho metal ma’nosini ifoda etadi bu uning bosh ma’nosi .Kumush so’zi qish va qor kabi so’zlar bilan bog’langanda ko’chma ma’no kasb etadi. 4.Odatda so’zning o’z va ko’chma ma’nolari bir so’z turkumi doirasida bo’ladi. M:ko’z: odamning ko’zi (o’z ma’no) Ignaning ko’zi, uzukning ko’zi ,buloqning ko’zi, yog’ochning ko’zi, tizzaning ko’zi, xurjunning ko’zi (ko’chma ma’nolari) Ba’zan so’z o’zining ko’chma ma’nolari bilan boshqa so’z turkumlariga teng kelishi mumkin. M:oltin;kumush;temir—bular asli ot oltin yaproq, kumush qish,temir intizom kabi misollarda ko’chma ma’nosi bilan sifatga ko’chgan 5.Polisemantik so’zlargda so’z ma’nolari orasida ma’no zanjiri bog’liqlik bo’ladi Agar bunday ma’no zanjiri uzilsa,ko’p ma’noli so’z omonim so’zga aylanadi. M: ko’k (rang)—ko’k (osmon) Yoki: 1)dam 2)gap 3)salla 4)tepki 5)chechak 6)qavs 7)changal 8)nozik 9)tutash 10)to’y 11)ko’ch 12)atala kabi omonim so’zlar ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi ma’no zanjiri uzilishidan hosil bo’lgan. Ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi ma’no zanjiri uzilib omonim so’zlar yuzaga kelar ekan bu so’z yasalishning leksik-semantik usuli sanaladi. 6. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi,uslubiy mazmun olishi ko’proq badiiy uslub; ba’zan ommaviy uslub va o’rni bilan og’zaki so’zlashuv tilida uchraydi. 


Ma’no ko’chishi usullari

Download 332.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling