Ommaviy madaniyat tushunchasi mazmun – mohiyati, uning salbiy oqibatlari


Download 45.5 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1606229
1   2   3   4
Bog'liq
OMMAVIY MADANIYAT TUSHUNCHASI MAZMUN

Olovli suv”ning ishlari.1492 yili Kolumb va sheriklarining etigi serhosil, jannatmonand Amerika yerini bosdi. Bu yurt egalari sodda, mehmondo’st, mard qizil tanlilar edi. Shunda g’oliblar “madaniyat” olib keldilar. Yerli aholiga shisha munchoqlarni berib, ularni oltin yombilariga ayriboshlab ola boshladilar.
Kichik‑kichik aroq zavodlarini qurib, hindularni “olovli suv”(aroq) ichishga o’rgatdilar. Aroq va porox yordamida dastlab hindularning Nshyuport viloyatidagi 100 km radiusdagi yer maydonini egallab olishdi. Bu “madaniy” vosita juda kamchiqim, serdaromad edi. Shuning uchun bu vosita keyinchalik boshqa davr va joylarda ham keng qo’llandi.
Shunday qilib, “madaniy” bosqinlar tarixining boshlanishini sal oldinroqqa – XVII asrga ko’chirishga to’g’ri keladi. Odamlarni yoppasiga mast, behush qilib, ularning ixtiyoru ehtiyojini egallab, bog’lab, qul qilish. Bir qo’lda arog’u, birida revolg’ver. Biri – ongga, biri ‑ jonga o’qtalgan qurollar. Shu tariqa bug’doyrang, sodda, samimiy, mehmondo’st, mard hindular o’z vatanida tezda begonalarga aylanib bo’lishdi. Bu – ommaviy madaniyatning birinchi quroli – aroqning g’alabasi edi.
Hozirgi mazmundagi ommaviy madaniyat XIX asr oxiri – XX asr boshida shakllandi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televidenie, ko’p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, keyinchalik Internet)ning keskin rivoji bunga sabab bo’ldi. Ma’naviy, madaniy mollarni ishlab chiqarish sanoati paydo bo’ldi. Shunday qilib, aholining funktsional bilimlarida – ko’tarilish, madaniyatida, ma’naviyatida esa ‑ pasayish kuzatila boshladi.
Ko’pdan ko’p fikr chiqadi. Keling, birga javob qidiramiz. Jorj Fridman(Toronto): “Ommaviy madaniyat deganda biz texnik sivilizatsiya sharoitida ommaviy axborot vositalari tomonidan keng ommaga havola etiladigan madaniy istehmol qadriyatlari yig’indisini tushunamiz”(1962y.), desa, Bernard Rozenberg(AQSH): “Ommaviy madaniyat”ning asosiy sababi – zamonaviy texnika. Na milliy xarakter, na iqtisodiy, na siyosiy tizim bu masalada hal qiluvchi ahamiyatga ega”(1965y.), deydi


Xulosa
“Ommaviy madaniyat” va uning qadriyatlari keng ommaga qaratilgan. Ular ommaviy texnik targ’ibot vositalari orqali tez, birdaniga tarqatiladi. Ommalashtiriladi. “Ommaviy madaniyat” shunday globallashadi, qabul qilinadi. Bu o’z‑o’zidan bo’lmaydi. Muayyan siyosiy, moliyaviy guruhlar tomonidan tashkil qilinadi. Biroq, bizni bu guruhlar oladigan foyda emas, balki madaniy mahsulotlarning g’oyaviy‑estetik xususiyati qiziqtiradi. Chunki bu mahsulotlar hayotiy voqelik emas, uning yasamasi, san’at asari emas, balki surrogatdir. Olma emas, uning tulupi, rasmi, maketi.
“Ommaviy madaniyat”ning onasi ‑ Amerika. Zbignev Bjezinskiy bu haqda bunday degan edi: “Agar dunyoga huquqni ‑ Rim, parlamentni ‑ Angliya, madaniyatni ‑ Frantsiya bergan bo’lsa, AQSH ‑ fan va texnologik revolyutsiyasi bilan “ommaviy madaniyat”ni berdi, ‑ degan(Tanets v sisteme massovoy kulg’turq. L.P. Morina. Rossiyskaya massovaya kultura kontsa XX veka. Material kruglogo stola. 4 dekabrya 2001 g. Sankt-Peterburg. SPb.: Sankt-Peterburgskoe filosofskoe oboshestvo. 2001. S.43.) edi.
Shundan so’ng odamning fe’li, xulqi ham o’zgardi. Ilgari uning vaqti ko’p edi. Kun tartibini o’zi taqsimlar edi. Ishlab chiqarish, turmush avtomatlashib, odam “mashinalashib” yashay boshladi. “Mashinalar orasida yashayotgan odam” chuqur o’yga tola olmas, orzular og’ushida yashay olmas ekan. Uning ma’naviyati, sevgisi, kayfiyati, ishqibozligi, muhabbat yoki nafratining mashinalar uchun ahamiyati yo’q ekan.
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling