1-rasm. Ommaviy ochiq onlayn kurslar tashkil etgan tashkilotlar.
2-rasm. Coursera rasmiy sayting umumiy ko‘rinishi
Faqatgina birinchi yarim yil ichida loyihada ishtirok etish uchun 1 mln.ga yaqin tinglovchilar a’zo bo‘ldilar, 2015-yil mart oyida Coursera da deyarli 12 mln. foydalanuvchilar (2015-yil 15-martda — 11 937 678 kishi) ro‘yxatdan o‘tib, Courseraning 116 hamkori taqdim etgan 984 kursda o‘qidilar, ayniqsa, 2013-yildan boshlab ko‘pgina oliy ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlarda OOOKga bo‘lgan qiziqish butun dunyoda keng tarqalib ketdi. Bu sohada 15 OOOK-maydonchalar (Coursera, EdX, Udacity va bosh.) va millionlab tinglovchilarga ega AQSh yetakchilardan biri bo‘lib sanaladi. O‘zining OOOK maydonchalarini Germaniya (Iversity) va Ispaniya (Crypt 4 you), Buyuk Britaniya 12 oliy ta’lim muassasasidan iborat Futurelearn, Yevropa Ittifoqi Open up Ed (11 universitet) ittifoqlarini yaratdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |