Ommaviy oferta
OPERATORNING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI
Download 166.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Operator quyidagi huquqlarga ega
- 4. ABONENTNING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI 4.1. Abonent quyidagilarga majbur
- 4.2. Abonent quyidagi huquqlarga ega
- 5. OPERATOR TOMONIDAN KO’RSATILADIGAN ALOQA XIZMATLARI UCHUN NARXLAR (TARIF REJALARI)
- 6. KO’RSATILGAN ALOQA XIZMATLARI UCHUN ABONENT BILAN HISOB-KITOBLAR
3. OPERATORNING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI. 3.1. Operator:
1)
Abonentga ushbu Shartnoma amal qilishi davriga foydalanish uchun Abonent nomerini berishi va SIM- kartani aktivlashtirishi; 2)
3)
Xizmat ko‗rsatish zonasi doirasida Abonent tomonidan sutka davomida shoshilinch tezkor xizmatlar (101- yong‗indan saqlash, 102-militsiya, 103-«tez tibbiy yordam», 104-avariya gaz xizmati, 1050-FVV xizmati)ni pulsiz chaqirish imkoniyatini ta‘minlashi; 4)
etishi; 5)
Abonentlarga aloqa xizmatlarini ko‗rsatish chog‗ida aniqlangan, ko‗rsatiladigan aloqa xizmatlari kamchiliklarini bartaraf qilish choralarini ko‗rishi; 6)
yuzasidan maslahat berilishini uyushtirishi; 7)
Abonentga Operatorning bunday tarmoqlarning Operatorlari bilan tegishli shartnomalari bo‗lganda va bunday xizmat Abonent tomonidan belgilangan yoki Abonent tanlagan tarif rejasida ko‗zda tutilgan holda, Abonentga chet eldagi sotali mobil radiotelefon aloqaning boshqa tarmoqlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etishi (rouming); 8)
Abonent tanlagan tarif rejasiga ko‗ra miqdorda oldindan pul to‗langandan keyin, aloqa xizmatlari uchun haq to‗lanmaganligi va/yoki abonent to‗lovi to‗lanmaganligi uchun uzib qo‗yilgan Abonentning tarmoqqa ulanishini amalga oshirishi;
6 9) Abonentning shaxsiy ma‘lumotlarini muhofaza qilish uchun zarur tashkiliy choralar ko‗rishi va Abonent to‗g‗risidagi ma‘lumotlarning konfidentsialligini ta‘minlashga qaratilgan, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya qilishi shart. 3.2. Operator quyidagi huquqlarga ega: 1)
Abonentga tegishli bildirishnomalarni yuborish bilan (shu jumladan, SMS-xabarlar yoki Operatorning rasmiy WEB-saytida tegishli axborotni joylashtirish yoki ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilish yo‗li bilan yoki boshqa usullar bilan), Shartnoma shartlariga o‗zgartirish kiritishga, O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ommaviy ofertani chaqirib olishga, agar Abonentga ko‗rsatilgan bildirishnoma yuborilgan yoki tegishli axborot joylashtirilgan/e‘lon qilingan sanadan boshlab 15 kun mobaynida Operator Abonentdan bunday o‗zgartirishlar qabul qilinishi yozma ravishda to‗liq yoki qisman rad etilganligi javobini olmasa, shartnomaga o‗zgartirishlar qabul qilingan deb hisoblanadi; 2)
Abonent tomonidan ushbu Shartnoma shartlari, shu jumladan, xizmatlar haqini to‗lash muddatlari buzilgan holda, Abonent uskunasining Tarmoqdan foydalana olish huquqini to‗xtatib qo‗yish. Abonent uskunasining Tarmoqdan qayta foydalana olishi buzilishlar to‗liq bartaraf qilingandan keyin Operator tariflari bo‗yicha bajariladi, bunda Abonent avvalgi nomerining, Abonent tomonidan belgilangan Tarif rejasining saqlanib qolishi Abonentga kafolatlanmaydi; 3)
yangi Tarif rejalari/xizmatlarni joriy qilish va/yoki xizmatlar ko‗rsatishning amaldagi shartlariga/tariflarga o‗zgartirishlar kiritish orqali, Abonentlarni ko‗rsatilgan o‗zgartirishlar amalga joriy qilinishidan kamida 10 (o‗n) kun oldin xabardor qilib, Tarif rejalarini, aloqa xizmatlari tizimini, shartlarini, shakllari va muddatlarini o‗zgartirish. Abonentlarni xabardor qilish shu muddatlarda ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilish orqali yoki Operatorning axborot-ma‘lumot xizmat ko‗rsatish tizimi orqali, yoki Operatorning rasmiy WEB-saytida tegishli axborotni joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda xizmatlarga bo‗lgan tariflarning o‗zgarishi to‗g‗risidagi axborot, bu o‗zgarishlar Abonentning ahvolini yomonlashtiradigan bo‗lsa, yangi tariflar o‗rnatilishidan kamida 10 (o‗n) kun oldin Abonentga etkaziladi; 4)
Abonent nomerini bir tomonlama tartibda o‗zgartirishga; 5)
aloqa xizmatlari uzluksiz bog‗lanishining maksimal davomiyligini (cheklanishini) belgilashga; 6)
Abonentda Operator bilan tuzilgan bir nechta shartnoma mavjud bo‗lganda, Abonentning shaxsiy (elektron) hisob raqamidan, shartnomalarning biri bo‗yicha avval ko‗rsatilgan aloqa xizmatlarining haqini to‗lash hisobiga boshqa shartnomalar bo‗yicha Operator aloqa tarmog‗i xizmatlarini kelajakda iste‘mol qilinishi uchun oldindan to‗langan pul hisobiga olingan pul mablag‗larini yozib qo‗yish; 7)
boshqa huquqlarga ham ega bo‗lishi mumkin.
4.1. Abonent quyidagilarga majbur: 1)
Ushbu Shartnoma shartlari bilan tanishish va ularga rioya qilish; 2)
Xizmatlardan foydalanish boshlangunga qadar, mumkin bo‗lgan Xizmatlar ro‗yxati bilan, Tarif planlari, Xizmatlar uchun tariflar (shu jumladan, Roumingdan foydalanishda Xizmatlar uchun tariflar) bilan va boshqa ilova tarzidagi ma‘lumotlar bilan tanishishi; 3)
Faqat O‗zbekiston Respublikasida belgilangan standartlarga muvofiqlik sertifikati bo‗lgan Abonent uskunasidan foydalanishi; 4)
muvofiq va muayyan hududda (aeroport, samolyot va boshq.) amal qiladigan alohida farmoyishlar, qoidalar, halaqitlar yoki xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin bo‗ladigan holatlarda (tibbiyot muassasasi, texnik xizmat ko‗rsatish stantsiyalari, yonilg‗i saqlash va qayta yuklash hududlari, portlash ishlari olib boriladigan joy) cheklashlar hisobga olingan holda foydalanishi. Operator Abonentni ko‗rsatilgan cheklashlar va talablar to‗g‗risida xabardor qilishga majbur emas; 5)
Xizmatni qonunga qarshi maqsadlarda ishlatmaslik, Operator va/yoki Operator bilan o‘zaro bog‘liq uchinchi shaxslarga zarar yetkazadigan harakatlarni bajarmaslik, shuningdek o‘zining Abonent qurilmasidagi dasturiy ta‘minotni tarqatmaslik va tarqatishga imkon yaratmaslik, IP-adres va Abonent nomerlarini soxtalashtirmaslik, Operator va/yoki Operator bilan o‘zaro bog‘liq uchinchi shaxslarning aloqa tarmog‘i, uskunalari, dasturiy ta‘minotlarining normal ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik. 6)
Abonent ma‘lumotlari (familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy va/yoki vaqtincha yashash manzili, passport (yoki pasport o‘rniga berilgan hujjat) raqami va seriyasi)ni identifikatsiyalash maqsadida Abonent Operator xodimiga o‘zining haqiqiy pasportini (yoki qonun hujjatlariga asosan pasport o‘rniga berilgan hujjat) yoxud harbiy xizmatchining pasport ma‘lumotlari va uning ro‘yxatdan o‘tgan joyini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi ma‘lumotlar ilova qilingan harbiy guvohnoma taqdim etishga majbur;
7 7) Shartnoma shartlariga ko‘ra hisob-kitoblarning amaldagi tartibi, Tarif rejasi va taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq aloqa xizmatlari uchun o‘z vaqtida va to‘liq haq to‘lash; 8)
Operatorga xat-xabarlarni yetkazib berish manzili, bank rekvizitlari, haqiqiy joylashgan joyi, pochta manzili va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzili to‘g‘risidagi hujjat asosida tasdiqlangan kerakli va ishonchli shaxsiy aniq ma‘lumotlarni taqdim qilish, shuningdek Shartnoma maqsadlarida foydalaniladigan boshqa ma‘lumotlarni Shartnoma tuzayotganda Operator bunday ma‘lumotlarni talab qiladigan hajmda ko‘rsatish. Keltirilgan ma‘lumotlar o‘zgargan holda bunday o‘zgarishlar kuchga kirgan sanadan keyin 30 (o‘ttiz) kun ichida aniqlashtirilgan ma‘lumotlarni yozma ko‘rinishda Operatorga shaxsan taqdim etish (Abonentda o‘rnatilgan «Hisobni kuryer bilan yetkazish» Xizmati mavjudligida o‘zgartirilgan manzil bo‘yicha haqiqiy hisobni yetkazish Operatorning yangi manzil haqidagi axborotni qabul qilgandan so‘ng keyingi oydan amalga oshiriladi); 9)
Operator bilan oldindan yozma kelishuvsiz Abonent nomeridan lotereyalar o‘tkazish, ovoz berishlar, konkurslar, viktorinalar, reklamalar, so‘rovlar, ommaviy yuborishlar, qayd qilingan aloqa tarmog‘i, Internet telefoniyadan foydalana olish uchun shlyuzlarni o‘rnatish va Abonent uskunasi va/yoki aloqa qurilmalari ishlash qobiliyatining buzilishiga olib keladigan boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun foydalanmaslik; 10)
huquqini bermaslik. Uchinchi shaxslarning SIM-kartadan foydalanishi Abonentni Abonent Shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini bajarish javobgarligidan ozod etmaydi; 11)
yurituvchi vakil orqali amalga oshirish. Abonent SIM-kartasi ulangan Abonent uskunasi bilan bajarilgan Aloqa xizmatlarini olishga qaratilgan harakatlar Abonent nomidan va uning manfaatida bajarilgan deb hisoblanadi; 12)
to‘xtatishga olib keluvchi SIM-kartaning yo‘qolishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi va b., Abonent Operatorning tijorat siri bo‘lgan SIM-kartada joylashgan shifrlangan axborotdan uchinchi shaxslar foydalanishiga imkon yaratmaslikni ta‘minlash majburiyatini oladi, SIM-kartada joylashgan shifrlangan axborot bilan mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslar tomonidan quyidagi amallarni bajarishga yo‘l qo‘ymaslik: o‘zgartirish, chiqarib olish, nusxa olish, ko‘paytirish, tarqatish, boshqa axborot tashuvchilarga ko‘chirish va boshqa g‘ayri qonuniy harakatlar. Abonent olingan SIM-kartaning yoki sotib olingan to‘lash Kartasining dublikatlarini yasamaslikka, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan shunday harakatlar bajarilmasligini ta‘minlash majburiyatini oladi. Abonent tomonidan ushbu majburiyat bajarilmagan holatda u Operatorga uning aybi bilan yetkazilgan barcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita zararni to‘lash majburiyatini oladi. 13)
Abonent O‘zR qonun hujjatlari va ushbu Shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
1)
foydalanish; 2)
O‘zR standartlari va texnik normativlariga hamda ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq Tarmoqda Operator tomonidan ruxsat etilgan texnik usullar bilan telefon so‘zlashuvlarini olib borish, axborotlarni uzatish uchun Tarmoqdan foydalanish; 3)
Operator va uning Vakolatlangan ofislari, ularning ish rejimlari va Operator tomonidan ko‘rsatiladigan aloqa xizmatlari to‘plami to‘g‘risida kerakli va ishonchli ma‘lumotni talab qilish; 4)
5)
O‘zR standartlari va texnik normativlariga hamda ushbu Shartnoma qoidalariga muvofiq Operator tomonidan o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishi; 6)
Operator tomonidan qabul qilingan protseduralarga muvofiq hisob-kitoblar tartibi, tarif rejasi, taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamini bu haqida Operatorni ogohlantirgan holda Operator tomonidan o‘rnatilgan tartibda Operatorning roziligi bilan o‘zgartirish; 7)
O‘zR qonun hujjatlari va ushbu Shartnomada belgilangan tartib va shartlarda o‘z Abonent uskunasini Tarmoqqa ulash;
8)
Mo‘ljallangan bekor qilish sanasidan kamida 5 (besh) ish kun oldin Operatorni yozma ravishda ogohlantirgan holda ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish. Bunda Abonent Operatorga aloqa xizmatlarining to‘lovi bo‘yicha qarzlarini to‘laydi; 9)
etish va Mo‘ljallangan bekor qilish sanasidan kamida 5 (besh) ish kun oldin Operatorni yozma ravishda ogohlantirgan holda ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish. Bunda Abonent Operatorga aloqa xizmatlarining to‘lovi bo‘yicha qarzlarini to‘laydi; 10)
Huquqlari buzilgan holatda sud yoki vakolatli davlat organlariga murojaat qilish; 11)
8
5. OPERATOR TOMONIDAN KO’RSATILADIGAN ALOQA XIZMATLARI UCHUN NARXLAR (TARIF REJALARI) 5.1.Barcha turdagi xizmatlar uchun tariflar Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va tarif rejalarida aks ettiriladi; 5.2.Xizmatlarga Tariflar, Ulanish bo‘sag‘asi, Xizmatlar tarifikatsiyalash birligi va to‘liq bo‘lmagan Tarifikatsiya birligini to‘lash tartibi Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi; 5.3.Chaqirilayotgan shaxs yoki Abonent uskunasi javobining 1-sekundidan boshlab chaqirayotgan yoki chaqirilayotgan shaxs yoki Abonent uskunasining otboy vaqtigacha ovozli bog‘lanish davomiyligi AHTda hisoblanadi, ovozli bo‘lmagan axborotlarni uzatishda esa – 1-uzatilgan baytdan boshlab hisoblanadi. Javob signali chaqirilayotgan shaxs javobiga tenglashtiriladigan va ulanish davomiyligini hisoblash nuqtasi bo‘lib xizmat qiladigan Abonent uskunasiga quyidagilar kiradi: 1) ma‘lumotlar uzatish apparaturasi: axborotlarni avtomatik qabul qilish rejimida ishlaydigan modem yoki faksimil apparat va b.; 2) har qanday abonent uskunasi yoki avtojavobbergich bilan jihozlangan abonent uskunasi; 3) nomerni avtomatik aniqlaydigan abonent uskunasi; 4) muassasaviy avtomatik telefon stansiya; 5) ovozli pochta qurilmasi; 6) chaqirilayotgan tomon bo‘lmaganda axborot almashinuv imkoniyatini ta‘minlovchi (yoki imitatsiya qiluvchi) boshqa qurilma; 5.4. Radiotelefon bog‘lanish xizmatlari uchun haq to‘lash aloqa xizmatlari ko‘rsatilayotgan vaqtda amal qiladigan tarif bo‘yicha hisoblanadi.
6.1. Aloqa xizmatlari Abonent tomonidan operatsiyalar amalga oshirilgan sanada amal qiladigan Prays-varaqda belgilangan (Avans hisob-kitoblar usuli) miqdordagi oldindan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng ko‘rsatiladi. 6.2. Boshlang‘ich Xizmatlar ko‘rsatish boshlanishidan oldin Abonent shaxsiy (elektron) hisob raqamiga Operator tomonidan belgilanadigan shaxsiy (elektron) hisob raqamda ijobiy qoldiq yuzaga keladigan avans (to‘lov)ni kiritadi. Abonentning shaxsiy (elektron) hisob raqamiga kiritilgan avans to‘lovlar Abonent tomonidan foydalanilgan xizmatlarga qarab to‘lash uchun sarflanadi. Avans to‘lovlari so‘mmalarii buyurtma qilinayotgan Xizmatlardan foydalanish uchun mo‘ljallangan hajm va tanlangan Tarif rejasidan kelib chiqqan holda Abonentning o‘zi tomonidan belgilanadi. 6.3. Aloqa xizmatlari uchun Tariflar AQSh dollarida (O‘zR Fuqarolik kodeksining 245-m.ga asosan) yoki O‘zR milliy valyutasida belgilanadi. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun AQSh dollarida hisoblanadigan barcha to‘lovlar O‘zR valyutasida amalga oshiriladi va to‘lov kiritilgan sanadagi O‘zR MB kursi bo‘yicha AQSh dollarida Abonentning shaxsiy (elektron) hisob raqamida mos ravishda ifodalanadi. 6.4. Ba‘zi qo‘shimcha xizmatlar, shuningdek pulli toifadagi abonent nomerlaridan tanlangan abonent nomerlari uchun alohida tariflar bevosita AQSh dollarida to‘lash uchun Operator tomonidan belgilanishi mumkin. Ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar uchun barcha to‘lovlar va hisoblar AQSh dollarida xalqaro bank to‘lov va kredit plastik kartochkalari bo‘yicha (O‘zR ning 1993 yil 7 maydagi «Valyutani tartibga solish to'g'risida»gi 841-XII - son qonunining 18-m. 2-q.ga muvofiq) resident va norezidentlardan qabul qilingan to‘lovlar vositasida amalga oshiriladi. 6.5. To‘lash belgilangan nominaldagi To‘lov kartasini sotib olish va uni unda keltirilgan yo‘riqnomaga muvofiq uni aktivatsiya qilish yo‘li bilan, Operatorning Vakolatli tijorat vakili ofisida bo‘lgan bank kassasi vakili orqali Operator ofisida naqd pul shaklida to‘lov kiritish, aholidan to‘lov qabul qiluvchi vakolatli to‘lov Agenti orqali to‘lash yordamida yoki O‘ziga-o‘zi xizmat qilish terminallari (info-kiosk) orqali amalga oshiriladi yoxud bankdan tashqari bo‘lgan electron (chakana) to‘lovlar tizimi yordamida, shuningdek so‘m plastik kartochkalardan foydalangan holda naqd bo‘lmagan hisoblar yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda Abonentning shaxsiy (elektron) hisob raqamiga To‘lov kartasining nominaliga yoki to‘lovga kelib tushgan mos ravishda so‘m yoki dollar miqdori nominal qiymatiga teng aloqa xizmatlarini qabul qilish huquqining hajmining ekvivalent qiymati o‘tkaziladi. 6.6. To‘lov Abonent tomonidan To‘lov kartasini aktivatsiya qilishning to‘liq ekvivalenti hisoblanadi. Abonent to‘lovni amalga oshirayotganda Operatorga yoki Operatorning vakolatli shaxsiga pul mablag‘ini va Abonentning aloqa xizmatlarini qabul qilish huquqlari hajmining ekvivalenti miqdorida uning shaxsiy (elektron) hisob raqamida ifodalanadigan mos ravishda tushgan so‘m yoki dollar kiritadi, bu haqda Abonentga kassa mashinasining cheki ko‘rinishida hujjatli tasdiqlash berilgan bo‘lishi kerak. Kassa mashinasining cheki nizoli savollar yoki Abonentning ushbu to‘lovga tegishli bo‘lgan da‘volarini hal etish uchun kerakli hujjat hisoblanadi. Bunda bunday to‘lov usuliga ushbu Shartnomaning To‘lov kartasi yordamida hisob raqamini to‘ldirishga
9 tegishli bo‘lgan barcha Qoidalari taalluqlidir. 6.7. Ushbu Ofertaning 6.5-bandiga muvofiq to‘lov amalga oshirilganda to‘lov Abonentning shaxsiy (elektron) hisob raqamiga kiritilgan yoki kelib tushgan pul miqdoridan kelib chiqqan holda u belgilanadigan aloqa xizmatlari hajmi va aloqa xizmatlari tariflarini qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. 6.8. Aloqa xizmatlaridan foydalanish jarayonida Abonentning shaxsiy (elektron) hisob raqamidan avtomatik tarzda Operator tomonidan belgilangan tariflarga asosan AHT kalkulyatsiya qiladigan foydalanilgan xizmatlar hajmiga mos keladigan tegishli mablag‘ yechiladi. 6.9. Hisob raqamidagi mablag‘larning sarflanmagan qoldig‘i to‘g‘risidagi axborot Operator tomonidan belgilagan usulda Abonentga bepul taqdim eiladi. 6.10. Aloqa xizmatlaridan kelgusida foydalanish uchun Abonent tomonidan oldindan to‘lov ko‘rinishida kiritilgan shaxsiy (elektron) hisob raqamidagi to‘lov mablag‘i to‘liq sarf qilinganda, Operator Abonentga aloqa Xizmatlari ko‘rsatishni cheklash, shuningdek tugallanmagan suhbatni uzish va uni «blokirovka qilingan» holatiga o‘tkazish huquqiga ega. 6.11. Operator ma‘lum bir vaqt oralig‘ida aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini berish, hatto shaxsiy (elektron) hisob raqamidagi mablag‘ning noldan kichik qiymatga kamayishida aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatmaslik huquqiga ega. 6.12. To‘lov Kartasi aktivatsiya qilinmagan holda, yoxud Shartnoma tuzilgandan so‘ng yoki aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘xtatilgandan so‘ng to‘lov kiritilmagan holatda, yoxud boshqa holatlarda (shuningdek Abonentning iltimosi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘xtatib turilganda), Abonent uchun xizmat ko‘rsatishni (To‘lov kartasini navbatdagi aktivatsiya qilish yoki to‘lov kiritish sharti bilan) – uzluksiz 90 (to‘qson) kalendar kuni davomida tiklash imkoniyati saqlanadi. Operator davrning o‘zgarishi haqidagi axborotni Abonentga SMS-xabarlar vositasida, yoki Operatorning Internet tarmog‘idagi rasmiy WEB-saytida tegishli axborotni joylashtirish bilan, yoxud ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilish, yoki boshqa usullarda ma‘lum qilib, vaqtincha asosda ushbu oraliqni o‘zgartirish huquqiga ega. Ko‘rsatilgan vaqt oralig‘i tugashi bilan Abonent aloqa Xizmatlari ko‘rsatishni faqat abonent xizmatiga murojaat qilish yo‘li bilan va Tarmoqdan foydalanishga ruxsat va u bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar uchun to‘lashni amalga oshirgandan so‘ng tiklashi mumkin. Bunda Abonentga, unga biriktirilgan abonent nomerining saqlanishiga kafolat berilmaydi. 6.13. Bir qator holatlarda, Abonentning shaxsiy hisob raqamidan aloqa xizmatlaridan foydalanish miqdorida bir lahzada hisobdan chiqarish imkoni yo‘q bo‘lganda, masalan: Abonent rouming holatida bo‘lganda, ma‘lumotlarni uzatish (Internet va b.) xizmatidan foydalanganda, kontent-provayderlar raqamlariga so‘rov (komandalar) yuborish yo‘li bilan axborot kontentiga buyurtma berish va boshqa holatlarda; shuningdek foydalanilgan xizmatlar uchun to‘lovlar kechiktirilgan tartibda jamlanganda, hamda xizmat ko‘rsatish shartlari va tarif rejalarida ko‘rib chiqilgan holatlarda, Abonent shaxsiy hisob raqamining balansi manfiy bo‘lishi mumkin, bu esa Abonentning Operator oldida shubhasiz qarzdorligini bildiradi. Bu holatda aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘xtatilishi mumkin. 6.14. Balansning salbiy qiymati (qarz) yuzaga kelgan holda, Operator o‗n kun muddat ichida mavjud qarz to‗g‗risida uni uzishni talab qilgan holda Abonentga yozma ravishda xabar qiladi. Abonent ko‗rsatilgan xabarni olgan vaqtidan 10 kundan kechiktirilmagan muddat ichida mavjud qarzini uzishga majbur. 6.15. Abonentning ma‘lum manzili bo‗yicha Operator tomonidan jo‗natilgan barcha hisoblar va bildirishlar lozim darajada jo‗natilgan deb hisoblanadi, ular olinmagan holda hech qanday da‘volar Operator tomonidan qabul qilinmaydi. 6.16. Operator tomonidan Abonentga bir shaxsiy (elektron) hisob raqamga yoki alohida shaxsiy (elektron) hisob raqamlarga biriktirilgan qo‗shimcha Abonent nomerlari taqdim etilganda, Abonentga SIM-kartalarni Operatorning aloqa tarmog‗iga ulanish to‗lovini, avans va Abonent tomonidan tanlangan xizmatlar ro‗yxatiga, hajmiga va Tarif rejasiga muvofiq boshqa to‗lovlarni o‗z ichiga olgan hisob taqdim etiladi. Operator tegishli summalar tushgunga qadar Abonentga Xizmatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega. Abonentdan tegishli miqdorda mablag‗ (so‗m) kelib tushmaguncha Operator xizmatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega. 6.17. Majburiyatlarning Abonent tomonidan bajarilishini ta‘minlash maqsadida va Abonent tomonidan unga Operator tomonidan ko‗rsatiladigan sotali aloqa xizmatlari uchun haq to‗lanmagan holda hisoblar to‗lovi bo‗yicha Abonent majburiyatlari bo‗yicha Operator oldida javob berish majburiyatiga ega uchinchi shaxs bilan tuzilgan kafillik shartnomasi tuzilishi mumkin. Tuzilgan kafillik shartnomasi ushbu Oferta bilan yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Operator, Abonent va Kafil o‗rtasidagi barcha munosabatlar ushbu Oferta, kafillik shartnomasi va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlari normalari asosida tartibga solinadi.
Download 166.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling