Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan.
(15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
(Arxiv tarif rejalar)
1
«ZO‘R 5» tarif rejasida aksiya mavjud: Zoodmall platformasi orqali smartfon xarid qilinganda, abonent to‘loviga 40% chegirma taqdim etiladi, shunda abonent to‘lovi 19 200 so‘mni tashkil qiladi. Chegirmali tarif rejasi
faqat Kompaniyaning rasmiy savdo va xizmat ko‘rsatish
ofislarida,
faqat
yangi ulanish uchun mavjud. 19 200 so‘m bo‘lgan chegirmali oylik abonent
to‘lovi faqat yangi ulanishda, ilk 6 martalik abonent to‘lovi uchun amal qi-
ladi, shu jumladan «Perezagruzka» xizmatiga ulanganda, raqam ma’muriy
blok holatidan chiqarilganda ham. Chegirma muddati tugagach yoki 6 marta
abonent to‘lovi hisobdan yechilib bo‘lgach, tarif bo‘yicha abonent to‘lovi
summasi 32 000 so‘mga teng bo‘ladi. Smartfon uchun maxsus bo‘lgan tarif rejaga ega SIM-karta/eSIM qurilmadan alohida sotilmaydi. Chegirmali «ZO‘R 5» tarifiga o‘tishlar yopilgan. Boshqa har qanday tarifga o‘tishda
tarif uchun oylik abonent to‘loviga chegirma qayta taqdim etilmaydi.
2
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
* Agar abonent hisobida oylik abonent to'lovini yechish uchun yetarli mablag' bo'lmagan taqdirda, abonent hisobidan bir kunlik abonent to'lovining narxi yechilib, bir kunlik trafikka ega bo'lgan paket taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: