Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi Narxnoma
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan
Download 4.51 Kb. Pdf ko'rish
|
прайс-лист-03.06.2019-узб
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 daqiqa/SMS/MB uchun 100 so‘mdan
Narxnoma 22.05.2023y. kuchga kiritilgan.
(15.05.2023 yil 347/23-sonli buyruqqa asosan) Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008 Izoh: «OSON 1» tarifiga yangi ulanganda yoki o‘tilganda oylik daqiqalar paketining amal qilish muddati va oylik abonent to‘lovining keyingi yechilishi sanasi 1 oyni tashkil etadi. Oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha keyingi sanalari 1 oy oralig‘ida (oyning 1-sanasiga bog‘lanmagan holda) amalga oshiriladi. Keyingi oylik abonent to‘lovining yechilishi va kiritilgan oylik paketlarining taqdim etilishi ertalab soat 00:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi. «OSON 1» tarifiga o‘tishda 100 MB taqdim etiladi, mazkur trafikning amal qilish muddati – 1 kun. Tarifga ulanganda yoki o‘tishda oylik abonent to‘lovi va kiritilgan paketlar abonent to‘lovi yechilishi va oylik daqiqalar paketi oyning qolgan kunlaridan qat’iy nazar to‘liq hajmda taqdim etiladi. «OSON 1» tarifida oylik abonent to‘lovi navbatdagi yechilishi bilan tizim oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun to‘liq miqdor mavjudligini tekshiradi. Agar u mavjud bo‘lsa - oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarifga kiritilgan paketlar taqdim etiladi, ular tugaganda esa internet va SMS xizmatlari imtiyozli narxda narxlanadi. Abonent hisobida oylik abonent to‘lovi yechilishi uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, oylik abonent to‘lovi qarzga yechilmaydi, mos ravishda, tarifga kiritilgan paketlar taqdim etilmaydi. Bu holda, aloqa xizmatlaridan foydalanganda to‘lov tarif shartlariga muvofiq 1 daqiqa/SMS/MB uchun 100 so‘mdan narxlanadi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi. Oylik abonent to‘lovi hisobdan yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda darhol yechib olinadi va trafik kiritilgan paketlar taqdim etiladi, keyingi oylik abonent to‘lovi yechilish sanasi oxirgi yechilishi paytidan boshlab 1 oyga suriladi. Kiritilgan paketlar bo‘yicha taqdim etilgan trafik qoldig‘ining amal qilish muddati tugagandan so‘ng kuyadi va keyingi kiritilgan paketlarga qo‘shilmaydi. Kiritilgan barcha paketlar abonent raqamining faol holatida amal qiladi. Kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, daqiqa - *106#, MB -*103# kodlarini tergan holda paketlar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling. Xizmatlar sessiya vaqtida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmiga muvofiq narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 Kbgacha aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to‘lovi yechilganidan so‘ng, hisobdan to‘g’ri sarflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak. Mazkur narxnomaning 3-sonli bo‘lim ro‘yxatida ko‘rsatilgan davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan veb-resurslardan foydalanish O‘zbekiston hududida amaldagi tarif rejalari doirasida narxlanmaydi. «OSON 1» tarifiga o‘tish - bepul. Abonent to‘lovi yuqori bo‘lgan tariflarga o‘tilganda sarflanmay qolgan asosiy internet trafik qoldig‘i saqlanib qolinadi va yangi tarif bo‘yicha taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo‘shiladi. Shuningdek amal qilish muddati so‘nggi taqdim etilgan trafik muddatiga o‘zgaradi. Tarif bo‘yicha taqdim etilgan boshqa paketlar qoldiqlari kuyadi. «OSON 1» tarif rejasiga o‘tish/almashtirishda tarif rejada kiritilgan paket bo‘yicha sarflanmagan trafik saqlanmaydi va kuyadi. «OSON 1» tarifida «DO IT», «Daqiqalar va megabaytlarni almashtirish», «Muloqot ulashing!» va «Perezagruzka» xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas. Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda oylik abonent to‘lovi yechilmaydi. Faqatgina «Raqamni abonent so‘roviga asosan bloklash» xizmati uchun kuniga 421 so‘mdan to‘lov olinadi. Raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lganda bir oylik abonent to‘lovi yechiladi va navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishining sanasi oxirgi abonent to‘lovi to‘langan sanadan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi. Yetarli mablag‘ bo‘lmagan hollarda abonent to‘lovi olinmaydi. Agar tarif bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar qoldig‘i mavjud bo‘lsa ulardan amal qilish muddati tugaguncha foydalanish mumkin. Ushbu holda O‘zbekiston bo‘yicha internet, SMS xizmatlari hamda limitdan tashqari qo‘ng‘iroqlar 100 so‘mdan tariflanadi. Ushbu tarif rejadagi abonentlar hisobida mablag‘ bo‘lmaganda ham tarmoq ichida va boshqa uyali operatorlardan kirish qo‘ng ‘iroqlarni va kirish SMS qabul qilish imkoniyati mavjud; O‘zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag‘ yechilmaslik uchun (Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo‘l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo‘ladi; Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo‘ng‘iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi; Barcha tarif rejalarda muloqot uchun maksimal suhbat davomliyligi 60 daqiqa etib belgilagan; Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476); Sputnik 2 - Inmarsat В, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216); Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817); Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069). Download 4.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling