Ommaviy tadbirlarni boshqarish (mice)
Download 18.52 Kb.
|
1-mavzu.Fanning nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. “Ommaviy tadbirlarni boshqarish (MICE)” fanining mohiyati, dozlarbligi va ahamiyati
- Tadbirlarni boshqarish konsepsiyasi.
- Tadbirni tashkil etish va tashkilotchilar.
- Jamoani boshqarish konikmalari.
- Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
- M (meetings) I (incentives) C (conferences)
Ommaviy tadbirlar va ularni boshqarishning nazariy asoslari (Ma’ruza, 2 soat) Reja: “Ommaviy tadbirlarni boshqarish (MICE)” fanining mohiyati, dozlarbligi va ahamiyati Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari 1. “Ommaviy tadbirlarni boshqarish (MICE)” fanining mohiyati, dozlarbligi va ahamiyati Mice turizmi – turli korporativ tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq biznes sayohati turi. Ommaviy tadbirlarni boshqarish tadbirni rejalashtirish, tashkil etish, xodimlar bilan ta'minlash, boshqarish va baholash bilan bog'liq barcha tadbirlarni o'z ichiga oladi. Tadbirlarni boshqarish konsepsiyasi. Tadbirlarni boshqarish konsepsiyasi festivallar, tadbirlar va konferensiyalarni yaratish va rivojlantirishda loyiha boshqaruvini qo'llash bilan bog'liq. U brendning nozik tomonlarini o'rganishga, maqsadli auditoriyani tan olishga, tadbir konsepsiyasini ishlab chiqishga, logistikani rejalashtirishga va taklif etilayotgan tadbirning usullarini amalda bajarishdan oldin texnik jihatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan. Tadbirdan keyingi tahlil va investitsiyalarning qaytarilishini ta'minlash tadbirlar sanoati uchun asosiy omillar hisoblanadi. Tadbirni tashkil etish va tashkilotchilar. Tadbirlarni tashkil etish hamda bir vaqtda ularda ishtirok etish o'tkazish qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Shuning uchun tadbirni tashkillashtirish uchun yordam berish maqsadida tadbir tashkilotchisini yollash juda ko'p afzalliklarga ega. Tadbir tashkilotchisi ishtirokchilarni boshqarish bo'yicha yaxshi maslahatlar va tadbirni katta muvaffaqiyatga erishish bo'yicha g'oyalar berishi mumkin. Quyidagilar ommaviy tadbirlarni muvaffaqiyatli tashkil etish imkonini beradi: 1. Sifatli jamoaviy ish yaratish; 2. Xodimlarni boshqarish; 3. Yaxshi tarmoqqa ulanish; 4. Taklifnoma yuborish; 5. Raqobatchilarning harakatini tushunish; 6. Ko'rgazmalarga tashrif buyurish; 7. Savdoni oshirish strategiyalarini rejalashtirish. Jamoani boshqarish ko'nikmalari. Jamoa bilan muloqot qilish va ishlash. Muloqot ko'nikmalari deyarli har qanday rolda muvaffaqiyatga erishish uchun zarurdir. Menejer sifatida ko'proq foydalanadigan maxsus ko'nikmalar va usullar mavjud. Bular 2xil bo'ladi: jamoa a'zolari bilan muloqot qilish va jamoadan tashqarida odamlar bilan muloqot qilish. Jamoa a’zolari bilan muloqot - bir martalik uchrashuvlar, barcha turdagi va muntazam yig'ilishlar, samarali uchrashuvlar orqali amalga oshadi. Ko'pgina yig'ilishlar aqliy hujum mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi, jamoa menejeri ularni osonlashtirishi kerak bo'ladi, shuning uchun buni qanday qilish kerakligini u bilishi lozim. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Fanning predmeti – barcha turdagi turizm sohalarida ommaviy tadbirlarni o’tkazish tartib-qoidalari, xavfsizlik, iqlim sharoiti, sog’liqni saqlash va favqulodda vaziyatlarni samarali boshqarishni o’rganishdan iborat. Fanning maqsadi – turizm (agroturizm) industriyasida ommaviy tadbirlarni samarali boshqarish usullarini o’rganish. Fanning asosiy vazifasi – turizm imdustriyasi korxonalarini barqaror rivojlantirishda ommaviy tadbirlarni samarali boshqarish imkoniyatlarini aniqlashdir. Fanni o’rganish doirasida ommaviy tadbirlarni tashkil etish bilan bog’liq qonunchilik hujjatlari; turistlarga ko’rsatiladigan xizmatlar; rasmiy uchrashuvlar, korporativ tadbirlar, konferensiyalar va ko’rgazma kabi ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish yo’nalishlari, ommaviy tadbirlarni o’tkazishda xizmat ko’rsatuvchi personallar malakasi; qishloq turizmi, agroturizm, ekoturizm, tibbiyot va sport-sog’lomlashtirish turizmi industriyasida ommaviy tadbirlarni boshqarish usullari kabi masalalar ko’rib chiqiladi. Garchi ommaviy tadbirlarni tashkil etish va boshqarishda xavfsizlik choralari dastlabki o’rinlarda tursa ham quyidagi protseduralarga ham ahamiyat berish lozim: naqd pulni boshqarish; ovqatlanish va gigiyena; chiqindilarni yig’ish; muayyan hududlarga kirishni cheklash; mehmonlarni kutib olish; tadbir xodimlari bilan intervyular; OAV da yoritish va boshqalar. Tadbir tashkilotchilari sifatida mahalliy hamjamiyat a’zolari, homiylar, ommaviy axborot vositalari va boshqalarni aytish mumkin. “Ommaviy tadbirlarni boshqarish (MICE)” fani “”Menejment”, “Marketing”, “Loyihani boshqarish”, “Turizm iqtisodiyoti”, “Moliya”, “Buxgalteriya hisobi va audit” kabi bir qator iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liq.
Download 18.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling