Омонат са+лаш шартномаси
Boyliklarni bankda saqlash shartnomasi
Download 189 Kb.
|
Omonat saqlash shartnomasi......
1.3.Boyliklarni bankda saqlash shartnomasi.
Omonat saqlashning yana bir turi boyliklarni bankda omonat saqlashdir. Bank, bank operatsiyalaridan tashqari, mijozlar bilan turli bitimlarni tuzishi mumkin. Jumladan, bank qimmatli qog‘ozlarni, qimmatbaho metallar va toshlarni, boshqa boyliklarni, shuningdek, hujjatlarni saqlash uchun qabul qilishi mumkin. Bankda boyliklarni saqlash shartnomasi bank tomonidan boylik topshiruvchiga nomi yozilgan saqlov hujjatini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Bu hujjatni taqdim etish bank tomonidan saqlanayotgan boyliklarni boylik topshiruvchiga berish uchun asos bo‘ladi. Ushbu hujjatlarni bankka taqdim etish yo‘li bilan topshirilgan narsalarni qaytarib olish mumkin. Qimmatli qog‘ozlarni saqlash (depozit) shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bank ularning to‘liq saqlanishini ta’minlashdan tashqari, ushbu qog‘ozlarga nisbatan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni ham (vakillik va hokazo) amalga oshiradi. Fuqarolik kodeksining 896-moddasi 3-qismiga muvofiq, boyliklarni yakka tartibdagi po‘lat sandiqdan (po‘lat sandiq bo‘linmasidan, saqlash uchun mo‘ljallangan alohida maxsus ixtisoslashgan binodan) foydalangan holda saqlash shartnomasi bank tomonidan boyliklarni saqlash uchun qabul qilish harakatlarini boylik topshiruvchini ko‘rsatadigan varaqcha, ko‘rsatuvchining po‘lat sandiqni ochish va undan boyliklarni olish huquqini tasdiqlaydigan boshqa belgi yoki hujjat berish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, boylik topshiruvchi istagan vaqtida boyliklarni po‘lat sandiqlan olishi, ularni qayta ko‘yishi, saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashi mumkin. Bunda bank boylik topshiruvchining boyliklarini olishni va qaytarib topshirishni hisobga olish huquqiga ega. Ushbu turdagi omonat saqlash shartnomasidan jahonning ko‘pgina mamlakatida oltin, olmos taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, siyosiy yoki tarixiy jihatdan favqulodda ahamiyatga ega bo‘lgan nodir hujjatlar saqlashda o‘rinli foydalaniladi. Shuning uchun ham bu turdagi omonat ashyolarga nisbatan yo‘qolish, o‘g‘irlashlar kamroq uchraydi. Boylik topshiruvchi boyliklarning bir qismini po‘lat sandiqdan olgan taqdirda, bank boyliklarning qolgan qismi but saqlanishi uchun javobgar bo‘ladi. Ushbu belgilanda bankning po‘lat sandig‘ida boyliklarni saqlash qoidalari bank o‘z po‘lat sandig‘ini mulk ijarasi shartlari asosida foydalanish uchun boshqa shaxsga beradigan hollarda taalluqli bo‘lmaydi. Download 189 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling