Omonov Ahror 18-02 guruh talabasi
Download 45.83 Kb. Pdf ko'rish
|
texstudio CKqIpZ
Matematikaning rivohlanish tarixi ”Omonov Ahror 18-02 guruh talabasi” Matematika (yun. thematike, mathema bilim, fan), Riyoziyot[1] aniq man- tiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq bolgani uchun kopincha unga ”hisob-kitob haqidagi fan” deb qaralgan (bugungi matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik orin egallaydi). Matematika eng qadimiy fan sohasi bolib, uzoq rivojlanish tar- ixini bosib otgan va buning barobarida ”matematika nima?” degan savolga javob ham ozgarib, chuqurlashib borgan. Yunonistonda matematika deganda geometriya tushunilgan. 913-asrlarda matematika tushunchasini algebra va trigonometriya kengaytirgan. 1718-asrlarda matematikada analitik geometriya, differensial va integral hisob asosiy orinni egallaganidan song, to 20-asr boshlar- igacha u ”miqdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fan” mazmunida tariflangan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida turli geometriyalar (Lobachevskiy geometriyasi, proyektiv geometriya, Riman geometriyasi kabi), algebralar (Bul algebrasi, kvaternionlar algebrasi, Keli algebrasi kabi), cheksiz olchovli fazolar kabi mazmunan juda xilma-xil, kopincha suniy tabiatli obyektlar organila bosh- lanishi bilan matematikaning yuqoridagi tarifi ota tor bolib qolgan. Bu davrda matematik mantiq va toplamlar nazariyasi asosida oziga xos mushohada uslubi hamda tili shakllanishi natijasida matematikada eng asosiy xususiyat qatiy mantiqiy mushohada, degan goya vujudga keldi (J. Peano, G. Frege, B. Ras- sel, D. Xilbert). 20-asr ortalarida Burbaki taxallusi ostida matematika tarifini qayta korib chiqqan bir guruh fransuz matematiklari bu goyani rivojlantirib, ”Matematika matematik strukturalar haqidagi fan” degan tarif kiritdi. Bu yondashuv avvalgi tariflarga kora kengroq va aniqroq bolsada, baribir cheklan- gan edi strukturalar ortasidagi munosabatlar (masalan, matematika, turkum- lar nazariyasi, algebraik topologiya), amaliy hamda tatbiqiy nazariyalar, xusu- san, fizika, texnika va ijtimoiy fanlarda matematik modellar bu tarif doirasiga sigavermas edi. Songgi asrda xilma-xil matematik obyektlar orasida juda chuqur munosabatlar mavjudligi va aynan shunga asoslangan natijalar M.ning bundan buyongi taraqqiyotida asosiy orinni egallashini korsatmoqda. Elektron hisoblash vositalari bilan birga M. tatbiqlarining kengayishi (biometriya, sotsiometriya, ekonometrika, psixometriya va boshqalar), matematik usullar hayotining turli sohalariga jadal suratlar bilan kirib borayotgani ham M. predmetini ixcham tarif bilan qamrab bolmaydigan darajada kengaytirib yubordi. Demak, M. aksiomatik nazariyalar va matematik modellarni, ular orasidagi munosabat- larni organadigan, xulosalari qatiy mantiqiy mushohadalar orqali asoslanadi- gan fandir. Dastlab oddiy sanoq sonlar va ular ustidagi arifmetik amallardan boshlangan tematik bilimlar umuminsoniy taraqqiyot bilan birga kengayib va chuqurlashib borgan. Eng qad. yozma manbalardayoq (mas, matematik pa- piruslar) kayerlar ustida amallar va chiziqli tenglamalarni yechishga doyr mis- ollar uchraydi. Sugorma dehqonchilik, memorlikning rivojlanishi, astro-nomik kuzatuvlarning ahamiyati ortishi geometriyaga oid dalillar jamgarilishiga olib kelgan. Mas, Qad. Misrda tomonlari 3, 4 va 5 birlik bolgan uchburchak 1
togri burchakli bulishidan foydalanilgan. Bu davr M.sining oliy yutuqlarini muntazam tortburchakli kesik piramida hajmini hisoblash qoidasi (hozirgi yozu- vda V (a2 + ab + b2) L/3 formulaga mos keladi) va l= (16/9)2 taqribiy qiy- matini misollarida korish mumkin Yunonistonda geometrik xossalar faqat kuzatuv va tajriba yoli bilangina top- ilmay, avvaldan malum xossalardan keltirib chiqarilishi mumkinligi ham payqal- gan hamda deduktiv isbot goyasi rivojlantirilgan (Fales, Pifagor va boshqalar). Bu goyaning choqqisi Evklidning ”Negizlar” asarida geo-metriyaning aksiomatik qurilishi boldi. Bu kitob M.ning keyingi rivojiga katta tasir qildi va 19-asr boshlarigacha mantiqiy bayonning mukammalligi boyicha namuna bolib keldi. Yunonlar M.ni geometriya bilan tenglashtirib, sanat darajasiga kotarganlar. Buning natijasida planimetriya va stereometriya ancha mukammal darajaga yetgan. Faqat 5 xil qavariq muntazam kupyoqlikning mavjudligi (Platon), kvadratning tomoni bilan diagonali umumiy olchovga ega emasligi (Pifagor), nisbatlar nazariyasiga asoslangan son tushunchasi (Evdoks), qamrash usuli bi- lan egri chiziqli shakllar yuzi va yey uzunligini, jismlar hajmini hisoblash, Geron formulasi, konus kesimlari (Apolloniy, Pergayos), sterografik proyeksiya (Ptole- mey), geometrik yasashlar va shu munosabat bilan turli egri chiziqlarning or- ganilishi yunon geometriyasining taraqqiyot darajasi haqida tasavvur beradi. Yunon olimlari qoygan burchak triseksiyasi, kubni ikkilash, doyra kvadraturasi, muntazam kopburchak yasash masalalari 19-asrga kelib oz yechimini topdi, mukammal va ”dost” sonlar haqidagi muammolar esa hamon ochikligicha qol- moqda. Ayniqsa, Arximed tadqiqotlarida yunon M.si oz davridan juda ilgari- lab ketgan u integral hisob, ogirlik markazi goyalarini qollagan. Yunon olim- lari trigonometriyaga oid dastlabki malumotlarga ham ega bolganlar (Gipparx, Ptolemey), Diofantning ”Arifmetika” asarida sonlar nazariyasiga oid masalalar qaralgan. I. Nyuton differensial va integral hisob goyasiga boshqa tomondan mexanika masalalari orqali yondashdi. Bu yerda ham ahvol geometriyaga oxshash edi: tekis harakatlarni organgan G. Galiley uchun elementar geometriya ki-foya qil- gan bolsa, murakkabroq harakatlar murakkabroq chiziqlarni tekshirishni talab etar edi. I. Nyuton 1669 yilda bu mavzudagi tadqiqotlari jamlangan ”Flyuk- siyalar metodi” nomli asarini I. Barrou va J. Kollinzga taqdim etgan, lekin u 1736 yilda nashr etilgan. K. F. Gauss l darajali kophad kompleks sonlar maydonida pta chiziqli ko- paytuvchiga ajralishini (algebraning asosiy teoremasini) bekamu kost isbotladi. Bir necha asr davomida 5 darajali tenglamani yechish masalasi matematiklarni bezovta qilib kelgan edi. P. Ruffini va N. Abel bu tenglama ildizini uning ko- effitsiyentlari orqali tort arifmetik amal hamda ildiz chiqarish orqali ifodalash mumkin emasligini asosladilar. E. Galua esa Lagranj, Lejandr goyalarini davom ettirib, algebraik tenglama ana shu manoda yechilishechilmasligi masalasi iLdi- zlarining simmetrik funksiyalari tenglamaning koeffitsiyentlari orqali ifodalan- ishiga bogliq bolishini korsatdi. Bu yerda Galua birinchi marta simmetriyaning olchovi vazifasini bajaradigan gruppa tushunchasini qolladi. Bundan avvalroq shunga yaqin goya asosida Gauss sirkul va chizgich yordamida muntazam kop- burchak yasash muammosini hal qilgan edi. Galua goyalaridan hosil bolgan 2
maydonlar nazariyasi bunday yasashlar masalasini umumiy holda hal qilish im- konini berdi. Gauss va Galua goyalari tasirida avval mustaqil rivojlangan sohalarning bir-biriga aralashuvi boshlandi: kompleks ozgaruvchili funksiyalar differensial tenglamalar va sonlar nazariyasiga, algebra sonlar nazariyasi va kristallografiyaga tatbiq etildi. Ayniqsa, Kleyn har bir almashtirishlar guruppasiga alohida ge- ometriya mos kelishi asoslangan, fan tarixiga ”Erlangen dasturi” nomi bilan kirgan maruzasidan song matematik krnuniyatlarning tagida yotuvchi tub ta- moyillar ochila boshladi. XULOSA
Boshqa fanlarga nisbatan matematika, abstraktsiyaning eng yuqori olcham- daligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati ”fanlar podshoxi” deyilishiga sababdir. Matematik bilimlarning nihoyatda mantiqiyligi, inson ongining boshlangich aqli yetmasligini namoyish etadi. Matemetik isbotlash xossa va tasdiqlarni haqiqiyligini belgilovchi eng ishonchli uslubdir. Bola hisoblashni organdi, agar u faqat hisob-kitob bilan shugullansa, ertami- kechmi rivojlanishdan orqada qoladi. Albatta, miyada murakkab algoritmlarni qollab hisoblash mumkin. Biroq fikrlash tubi emas, faqat tezligi rivojlanadi. Sizda bor-yogi n som bor, ta’til uchun sizga 1 mln zarur, siz arzonroq vari- antni tanlaysiz. Chunki matematika bizni taqqoslashga orgatgan. Orzuimizdagi ta’tilga ketishni qanchalik istamaylik, matematik haqiqat buni amalga oshirish mumkin emasligini aytadi. Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro muko- fot ta’sis etildi. Mukofot miqdori 50 ming dollarga teng. Bu nimadan dalolat yurtimizda matematikaga bolgan etibor kuchaymoqda, imkoniyatlar juda kop hammasi biz yoshlar uchun bizdan talab etiladigan narsa faqat mehnatdan qayt- maslik, tinimsiz izlanish va yurtimizdagi matematikaga bolgan qiziqishni butun dunyoga tanitish. Adabiyotlar r o’ y x a t i : internet saytlari: www.ziyonet.uz 3 Download 45.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling