Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet15/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Loflar. Badiiy adabiyotda qo‘llanadigan san’atlardan biri «mubolag‘a» deyiladi. Arab tilidan olingan bu so‘z kuchaytirish, bo‘rttirish, giperbola ma’- nolarini anglatadi. Adabiyotshunoslikda mubolag‘aning uch turi belgilangan:
Tablig1 - biror og‘ir ishni bajarish qayd etiladi, ammo shaxsning irodasi, xohishi va matonati bilan amalga oshirilsa, tablig1 san’ati qo‘llangan bo‘ladi.
Ig‘roq - bajarilgan qiyin ishni tasavvur qilishimiz mumkin, ammo haqiqatda esa uni amalga oshirish mumkin boTmaydi.
G‘uluvv - mubolag‘aning bu turida tasvirdagi bo‘rttirish holatini ko‘z oldimizga keltirish ham, uning hayotda ro‘y berishi ham mumkin emas.
Xalq og‘zaki ijodidagi loflar mubolag‘a san’atiga asoslanadi. Lug‘atda «lof» - fors tilidan olingan so‘z bo‘lib, quruq (puch) gap, safsata, maqtanchoqlik. 1 .Folklordagi hajviy-yumoristik janrlardan biri: haddan tashqari bo‘rttirilgan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on gap»29 deb izohlangan.
Loflar xalq og‘zaki ijodining latifalar va askiya kabi kulgi uyg'otuv- chi ommaviy janri hisoblanadi. Asosan, janrda qo'llanadigan san’at mu- bolag‘aning ig‘roq va g'uluvv turi hisoblanadi. Bu janr mohiyatida mu- bolag‘a yetakchi o‘rinni egallasa ham, badiiy adabiyotdagi mazkur san’at- ni qo'llash maqsadi bilan farqlanadi. Chunki xalq ijodidagi dostonlar, er- taklar, yozma adabiyotdagi she’rlar, dostonlarda mubolag‘a qahramon- ning zimmasidagi og‘ir vaziyat, u bajargan vazifa oddiy emasligini ta’kidlash maqsadini ko‘zlaydi. Xususan, «90 molning terisidan po‘stini, 15 molning terisidan kovushi», «14 botmon yoyni qo'liga ushlab, yetti yashar bola ko‘tarib tortdi, tortib qo‘yib yubordi... Asqar tog‘ining katta cho‘qqilarini yulib o‘tdi, ovozasi olamga ketdi» («Alpomish»). Yoki:
Mehr emas, ohim o'tidin ko‘kka yetmish bir sharar, Ayb emasdur gar desam: «Dam ursam aflok o‘rtanur»
baytida Alisher Navoiy osmondagi quyosh aslida men - oshiq ohining bir uchqunidir. Agar rostmana dam ursam, oh cheksam, falak kuyib ketadi, demoqchi. Yuqoridagi misollarda xalq ijodkori, yozma adabiyot vakili tomonidan tasvirlanayotgan voqea ta’sirida tinglovchi, o‘quvchida hayrat uyg'onishi uchun mubolag‘a san’atidan foydalanilgan. Loflardagi qo‘l- langan mubolag‘ada esa ikki maqsad nazarda tutiladi: birinchidan, lofdagi bo‘rttirishning o‘ylab topilganidan qoyil qolishimiz, hayratga tushishimiz kerak; ikkinchidan, bizda kulgi uyg'otishi ham zarur. Demak, loflardagi mubolag‘aning bajaradigan vazifasi oddiy badiiy san’atnikidan murakkab ekan.
Hayot tajribasidan ma’lumki, inson odatda bajargan ishini, ko‘pin- cha, bo'rttirib ko‘rsatishga moyil bo'ladi. Kimdir shaxmat o‘ynab, umrida yutqizmagani bilan, kimdir bir quloch baliq tutgani bilan, kimdir yigirma kosa norin egani bilan maqtanadi. Ammo bu gaplami eshitgan ikkinchi kimsa, albatta: «Siz men bilan shaxmat o‘ynamagan ko‘rinasiz» yoki «Siz tutgan baliqlar bizning daryodagi baliqlaming yangi urug'dan chiqqaniga o'xshar ekan», yo «Norin yegan kosalaringizni angishvo- naning ichiga joylab berishgandir» deb javob qaytargisi keladi. Natijada, xalq og‘zaki ijodidagi loflar janriga asos hosil bo'ladi.
Loflar badiiy adabiyotning epik tun (jinsi)ga mansub janr. Uning hajmi cheklangan: ikki-uch, uch-to‘rt jumladan iborat. Asosan, dialogda qatnashgan ikki lofchi suhbatidan bir lavha tarzida bo‘ladi. Ularda bo'rttirilgan yolg‘on voqea to‘qishda mohir, tajriba to‘plagan lofchi deb hisoblangan shaxslar musobaqalashadi. Наг ikki taraf aytayotgan voqeasining yolg'on va to‘qima ekanini juda yaxshi biladi, lekin mutlaqo bu fikrini ochiq aytmaydi. Bu shart buzilsa, lof butun mohiyatini, jozibasini yo‘qotadi. Aksincha, bir lofchi suhbatdoshining bo‘rttirilgan yolg‘on gapini aksariyat hollarda tasdiqlaydi, e’tiroz bildirmaydi. Faqat lofnir.g mazmunidan xabar topganidan so‘ng unikidan o‘tkirroq, yana ham mubolag‘ali, yolg‘onroq javob topishi lozim. Muhimi, ikkinchi lofchi keyin javob bergani uchun lof shu o‘rinda tugaydi. Ba’zan dialoglar bir oz davom etishi mumkin, lekin ban bir so‘nggi fikr bildirgan lofchi g‘olib chiqaveradi.
Latifalarda, lofda, askiyada kulgiga sabab bo‘lgan jumlani kashfiyot darajasida baholash mumkin. Ulami o‘ylab topgan shaxs katta hayot tajribasiga ega bo‘ladi, ayniqsa, vaziyatni to‘g‘ri baholab kulgi hosil qilish mahoratini namoyish etadi. Buning uchun u til boyligidan ham yaxshi foydalana olish fazilatiga ega bo‘lishi zarur. Lof to‘qilganidan so‘ng vaqt o'tishi, birinchi ijodkor nomining ma’lum emasligi oqibatida mazkur asarga jamoa, ya’ni xalq muallif bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham millat vakili o‘ylab topgan asar o‘zbek xalqining zukkoligi, hoziijavobligi, topqirligi, mohir ijodkor ekanligini dalillaydi.
Loflami, ko'pincha, latifago'ylar, askiyachilar, qiziqchilar ijro etish- gan. Turli sayillarda, yig'inlarda, gap-gashtaklarda kimdir lof aytishni boshlagani zahoti vaziyat o'zgargan, fikriy musobaqa boshlangan. Masa- Ian, qiziqchilik va askiyadan ustoz san’atkor hisoblangan marg'ilonlik Yusufjon qiziq mohir askiyaboz Mamajon maxsum bilan lof aytishib qolibdi:
Yusufjon qiziq:

  • Marg‘ilonning yeri xo‘b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya!

Mamajon maxsum:

  • Tokini Andijondan parxish qilib olib ketgandirsiz-da, - debdi.

Bu misolda Mamajon maxsum fikriy kashfiyot jihatdan Yusufjon qiziqni yengdi. Chunki parxish qilingan tokning ildizi Andijonda qoladi.
Binobarin, Mamajon maxsum o‘zining viloyatidagi yer hosildorligini Marg'ilonnikidan ustun qo'ygan.
Yana bir misolga e’tibor qiling:
Bir lofchi ikkinchi bir lofchining eshigini taqillatibdi. Lofchi chiqib so‘radi:

  • Men bilan chandishaman deysan, yoshing nechada?

  • Odam Atodan yetti muchal kattaman, - deb javob beribdi chaqirib kelgan lofchi. Bu javobdan uy egasi - lofchi ho‘ngrab yig‘lay boshladi.

  • Nega muncha to‘lib yig‘layapsiz? - so‘rabdi mehmon.

  • Sen tug‘ilgan yili mening bir uyli-joyli o‘g‘lim oigan edi. Shu esimga tushib ketdi, - deb javob beribdi mezbon.

Mazkur lofda eshikni taqillatgan lofchi shunday bir vaqt chegarasini tilga oldiki, undan oldingi muddatni topish mumkin emasdek tuyiladi. Chunki Odam Ato, umuman, odamzodning birinchi vakili hisoblanadi. Birinchi lofchi o'zini Odam Atodan ham yetti muchal katta ekanini aytdi. Ikkinchi lofchi - uy egasi unga mutlaqo e’tiroz bildirgani yo‘q. Uning yolg‘on gapini haqiqatdek qabul qildi. Ammo shu zahoti raqibi tug'ilgan yili uyli-joyli o‘g‘li o‘lganini eslab yigiay boshladi. Demak, uy egasi mehmondan kamida qirq yosh katta ekanini ta’kidlamoqda.
Xalq o‘z loflarida maqol, topishmoq, latifalarda bo'lganidek, maishiy hayotdagi turli lavhalar, vaziyatlar, voqea-hodisalar yuzasidan o‘z mulo- hazalarini kulgili qilib ifodalaydi. Bu esa xalqning bunday holatlarga nisbatan munosabatini bilib olish imkonini beradi. Masalan, ba’zan ikki tanish nogoh uchrashib qolganida, dunyodagi bor-yo‘q gaplami eslab, soatlab gaplashib qoladi. Loflaming birida bu haqda shunday deyiladi:
«Toshkentlik bir mashhur lofchi Andijondagi do'stinikiga kelib, uni lof bilan mot qilmoqchi bo‘libdi. Eshigini taqillatsa, haligi do'sti ustiga po'stin, boshiga telpak, oyog'iga etik Jdyib chiqib qarshi oladi.
- Ha, yoz saratonida bu nima qilganing? - deb so'rabdi toshkentlik lofchi.
- Sen bilan boiadigan suhbat qizib ketib, shu bilan qishga kirib qolsak, sovqotib qolmay deb, bir yo‘la kiyinib chiqdim, - deb javob beribdi andijonlik mezbon». Har holda loflarda ham latifalardagi kabi kutilmagan yakuniy xulosalarga kelish vositasida kulgi hosil qilinadi, bu bilan muvaffaqiyat qozoniladi.
Shubhasiz, yozma adabiyot vakillari loflardagi go‘zal va jozibali lavhalardan foydalanishga harakat qilganlar. Agar, ko‘pincha, adiblar mubolag‘a san’atini qo‘llashda turli yangiliklar o'ylab topgan bo'lsalar, keyinchalik loflardagi kulgi uyg‘otish usulidan ham foydalanishga erishganlar. Masalan, Maxmur «Avsofi Karimqul mehtar» hazilida qirchang‘i otni tasvirlashda shunday yozadi:
Suv ham ichsa, tomog‘iga tiqilur Pashsha gar qo'nsa yolig'a yiqilur.
Zamondoshimiz Erkin Vohidov esa «Boshindadur» hajviyasida o'tgan asming 60-yillarida o‘zini zamonaviy yigit qilib ko‘rsatmoqchi bo'lgan kimsalaming kulgili qiyofasini shunday aks ettiradi:
Nay misol shim kiygan ul
Sandiqdayin tufli bilan.
Hurpayib turgan savatdek Soch aning boshindadur.
Ma’lum bo‘ladiki, yozma adabiyotimiz vakillari o‘zbek xalqi tarbiyasida voyaga yetar ekanlar, og'zaki ijodimiz xazinasidan, xususan, loflardan ham unumli foydalanish yo‘llarini izlaganlar.
Shunday qilib, loflarda o‘zbekning kulgisevar xalq ekani yana bir bor o‘z isbotini topganiga guvoh bo‘lamiz. Loflar xalqimizning badiiy ijod sirlarini mukammal egallagan ijod sohibi ekanini dalillaydi. Xalq vakillarining so'zga chechanligini namoyish qilishda loflar yaxshigina vosita vazifasini baj argan.

Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling