Omonulla madayev ozbek xalq og'zaki ijodi


Download 442.51 Kb.
bet13/43
Sana16.01.2023
Hajmi442.51 Kb.
#1094614
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Bog'liq
O\'zbek xalq og\'zaki ijodi. Madayev O

Savol va topshiriqlar:

  1. Topishmoqlaming maqollarga o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlang.

  2. Topishmoqlaming janr xususiyatlarini sanang va izohlang.

  3. Topishmoqlaming hayot bilan munosabati haqida so ‘zlang, ulaming tarbiyaviy ahamiyatini toping.

  4. Topishmoqlarda qanday badiiy tasvir vositalari qo‘llanadi?

  5. Yozma adabiyotdagi chiston, muammo, tarix janrlarini topishmoqlar bilan taqqoslang.

Adabiyotlar:

  1. Имомов К., Мирзаев T., Саримсоков Б., Сафаров О. Узбек халк огзаки поэтик ижоди. - Т.: Укитувчи, 1990. - Б. 100-109.

  2. Хусаинова 3. Узбек топишмокдари. - Т.: Фан, 1966.

  3. Хусаинова 3. Топишмокдар / Узбек фольклори очерклари. 1- жилд. - Т.: Фан, 1988. - Б. 98-128.

  4. Кравцов Н.И., Лазутин С.Г. Русское устное народное твор­чество. - Москва: Высшая школа, 1977. - С. 86-95.

  5. Хомидий Х-, Абдуллаева Ш., Иброхдмова С. Адабиётшу- нослик терминлари лутати (иккинчи нашри). - Т.: Укитувчи, 1970. - Б. 5-6,119,218.

ASKIYA
Askiya haqida fikr yuritishdan avval uning mohiyati haqida qisqacha mulohaza bildirish joiz. Askiya aytish qanchalar murakkab bo‘Isa, uni tushunish ham oson emas. Chunki askiyachi aytgan askiyada nozik so‘z o'yini qo‘llaniladi. So‘z o‘yinini tushunish esa uni o'ylab topishdek qiyin. So‘z o'yinida uni o‘ylab topgan odamning fikrlash usulini qo‘llash lozim bo'ladi. Shu bois askiya paytida kimdir kuladi, kimdir gap nima to‘g‘ri- sida borayotganini anglay olmay garang bo‘lib turaveradi. Askiya janri- ning bosh maqsadi, uning mohiyati so‘z o'yini vositasida kulgi hosil qilishdir.
Kichik bir misolga murojaat qilaylik. Kunlardan bir kun dutorchi qizlar ansambli ishtirokchisi Sanobar Karimova musiqa mashqi o‘tka- ziladigan xonaga hammadan avval kelibdi. Ustozi G'anijon Toshmatov- dan «Qizlar kelishmadimi?» - deb so‘rabdi. Tabiatan askiyachi G'anijon aka shu zahoti iliq tabassum bilan: «Kelishgani kelishdi», - deb javob beribdi. Mana shu ikki so'zda askiyadagi eng muhim xususiyat aks etgan. Birinchidan, G‘anijon aka Sanobarxon savolidagi «kelishgan» so‘zidan juda unumli foydalangan. Javob ikki so'zdan iborat bo‘lgani holda har ikki so‘z shaklan bir xil ko‘rinishda. Ikkinchidan, birinchi so‘zning o‘zi ikki ma’noni ifodalamoqda. Ya’ni «kelgan odam kelgan hisoblanadi, kel- gan odam kelgan-da», degan ma’no ifodalangan. Uchinchidan, «kelishgan» so'zining ko'plik qo'shimchasi bilan bitta Sanobarxonga nisbatan qo'l- lanilishiga ajablanish kerak emas. Chunki Farg‘ona vodiysida bitta shaxs- ga nisbatan ko'plikda fikr bildirish odat hisoblanadi. To'rtinchidan, «kelishgan» so‘zi bu o'rinda «kelgan» ma’nosidan tashqari qaddi-qomatida nuqsoni yo‘q odam, o‘zbeklarda «kelishgan qiz», «kelishgan yigit», «kelishgan odam» so‘z birikmasida qo‘llanganidek ma’noni ifodalamoqda. Ya’ni G‘anijon aka qizning savoliga ajoyib lutf bilan javob bermoqda. Keyingi so‘z «kelishdi» esa Andijon shevasida ko‘plikni yakka shaxsga qo‘llash mumkinligidan foydalanilgan holda so‘z turkumidan fe’l ma’nosini bildirmoqda. Sanobarxonning soddagina savoliga ustoz mohirona javob topdi. Ayni chog‘da awal xonaga kirgan shogirdga uning «kelishgan»ligi - xushbichim, qaddi-qomati chiroyli ekani ta’kidlandi va ayni paytda, savol beruvchiga qarab «yo‘q» so‘zi ham qo‘llanmadi. Bu o'rinda katta avlod vakillarimizning, umuman, savol beruvchi shaxsga nisbatan javob berishda «yo‘q» so'zini qo'llashdan o'zlarini saqlashga uringanlarini ham ta’kidlash o'rinlidir. «Kelishgani kelishdi»dagi so'zlar ma’nosini to'liq bilmagan odam uchun javobning o‘zi tushunarsiz bo'lishi mumkin. Ammo so'zlaming haqiqiy fikr ifodalash imkoniyatini his qilgan o'zbek ustoz javobidan benazir lazzat oladi. 0‘zbek tili imkoniyatiga qoyil qoladi. Ustozning so‘z qo'llash mahoratiga tahsinlar o'qiydi.
Askiya jahondagi bironta xalq og'zaki ijodida uchramaydigan, so'zdan so‘z hosil qilish, so‘z jilosidan to'liq foydalanish, so‘z o'yiniga asoslangan janrdir. Boshqa xalqlarda bu janming uchramasligini esa, asosan, o'zbek tilidagi so'z boyligi bilan izohlash maqsadga muvofiqdir. Xususan, maqol, topishmoq, ertak, qo'shiq, doston janrlari jahon xalqlari ijodida aynan yoki bir oz o'zgargan holda uchraydi, ammo olimlar shu kungacha askiyaning boshqa xalqlarda mavjudligini aniqlamaganlar. To‘g‘ri, ba’zi paytlarda latifalarda askiyaga o'xshash vaziyatlar uchrashi mumkin (пешка ходит e 2 - e 4; он ходит едва, едва - shaxmat o'yi- nidagi eng kichik sipoh e 2 xonasidan e 4 ga yuradi, biz nazarda tutgan odam esa zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yuradi). Ammo muayyan xususiyatlarga ega alohida janr sifatida uchramaydi.
«Askiya» so'zining asosi arab tilidagi «zakiy»dan olingan bo‘lib, sof fikrli, o'tkir zehnli, zakiy - nozik tabiat bilan fikr yuritish ma’nolarini anglatadi. «Azkiyo» esa ko'plik shakldir. Fikrimizcha, «к» jarangsiz undosh tovushi ta’sirida «z» jaranglisi jarangsizlashib «s»ga aylangan bo'lishi mumkin.
Bu janming ilk tadqiqotchisi Rasul Muhammadiev shunday yozadi: «Hoziijavoblik - askiyaning eng muhim sharti, chunki biror taraf o‘z vaqtida chuqur ma’noli, kuchli javob qaytara olmasa (pauza bo‘lsa), kulgi pasayadi, demak, raqibning fikrida kuchsizlik sezilib qoladi»28..
Askiya san’atini ilmiy o‘rgangan olim Rasul Muhammadiev o‘zbek- laming askiya aytishi qadim zamonlardan boshlanganini qayd etgan. Xususan, XV asrda yashagan shoir Zayniddin Vosifiy o‘z xotiralarida Hirot shahrida Mirsarbarahna, Burhoniy Gung, Hasan Voiz, Said G‘iyosiddin, Sharfiy, Halil Sahhob, Muhammad Badaxshiy kabi o‘tkir so‘z ustalari borligini aytib o‘tgan. Hunarmandchilik rivojlangani sari askiya ham keng ommalashdi. Ayniqsa, bo‘z, atlas to‘qiydigan kosiblar qo‘l va oyoqlari muttasil harakatda bo‘lgani bois yo qo‘shiq, ashula aytishgan, yo askiya bilan ko‘ngilni ovutishgan. Bu jihatdan Farg‘ona vodiysi aholisi alohida ajralib turgan. Yusufjon qiziq Shakarjonov, Mamayunus Tillaboev, Erka qori Karimov, Amin buva, G‘anijon Toshmatov, Tursun buva Aminov, Abdulhay Mahsum kabi mashhur so‘z ustalari askiya san’atini rivojlantirishda munosib hissa qo‘shdilar. Xalq hofizlari JoYaxon Sultonov, Rasulqori Mamadaliev, Shoqosim, Shoolim, Shoakbar Shojalilovlar, Orif Qosimov, Orif Alimahsumov va o‘nlab xonandalar to‘ylarda ajoyib askiyaboz sifatida ham mashhur edilar. Yurtimizda Mustaqillik, Navro‘z, Hosil bayramlari munosabati bilan o'tkaziladigan ommaviy yigYnlarda askiya tomoshalarga fayz bag'ishlamoqda. Shuningdek, ulfatlaming gap-gashtaklarida, turli yig‘in- larida, ziyofat ustida askiya aytish odati ham esdan chiqqan emas.
Askiya san’atining asosini badiiy adabiyotdagi iyhom deb ataluvchi badiiy tasvir vositasi tashkil etadi. Iyhom arab tilida «shubhaga solish» degan ma’noni bildiradi. Bu san’atga binoan shaklan bir xil so‘zlaming turli ma’noda qo‘llanishi orqali fikr ifodalash san’ati nazarda tutiladi: Zahiriddin Muhammad Bobuming «Qaro zulfing» g'azalidagi ikkinchi baytda:
Labing bag‘rimni qon qildi, ko'zimdan qon ravon qildi, Nega holim yamon qildi, men andin bir soYorim bor.
misralari bor. Undagi «so Yorim bor» so‘zlarida iyhom san’ati qo‘llangan. Chunki bu so‘z tashqi ifodasiga koYa “soYamoq” ma’nosini beradi. Ya’ni sening labing bagYimni qon qilgani, ko‘zimdan qon oqizgani sa- babini so'ramoqchiman, demoqchi. Ammo bu so'zning yashirin ma’nosi ham yo‘q emas. Unga ko‘ra «so‘rorim» so'zi endi «so'rmoq» - o‘pmoq ma’nosini ifodalamoqda. Shunday qilib, iyhom san’atini bir so‘zning ikki ma’noni bir vaqtning o'zida ifodalash mohiyati tashkil etadi.
Omonim so‘zlar badiiy adabiyotda keng qo‘llanadi. Mumtoz shoirlar ijodidagi tuyuq janrida bir shakldagi so‘z uch o'rinda uch ma’noni ifodalaydi. Og‘zaki ijodda ham Ergash Jumanbulbul quyidagi to‘rtlikni «Ravshan» dostonida keltirgan:
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yodingda tut farzandim, Yolg‘iz yursa, chang chiqarmas yolg‘iz ot. 7
Yuqoridagi to'rtlikda e’tiborimizni «ot» so‘zi o‘ziga qaratadi. Bu so‘z bir o‘rinda «ism», ikkinchi o‘rinda «otmoq» - fe'l, uchinchi o‘rinda xal- qimiz sevib minadigan ot ma’nosini anglatadi. Bu misolda xalq baxshisi tajnis san’atini qo‘llagan. Chunki omonim so‘zlaming she’rda turli ma’no anglatib o‘zaro qofiyalanishi tajnis deb ataladi. Askiyada esa ko’proq iyhom san’atidagi so‘z o'yini yetakchilik qiladi. Ba’zan bu san’at shu qadar murakkablashib ketadiki, uni aytilgani zahoti anglab olish ham qiyin bo‘ladi. Masalan, Rasul Muhammadiev 1962 yilda e’lon qilgan «Askiya» kitobida quyidagi matnni keltiradi:
«Qodirjon aka:

Ikromiddin:

  • Qodirjon aka, sizlardaqa aziz mehmonlarga atab har xil ovqat qilganmiz: bu sho‘rva, osh qovoqda.

Amin buva:

  • Mulla Ikrom, Qodirjon akadan tashvish qilmang, bu kishiga oshqovoqdan olinsa bo‘ldi.

Qodirjon aka:

  • Amin buva, ajoyib xushfe’l odamsiz-da, indamay olaverasiz: oshga qovoq solinmaydi, deb.

Amin buva:
- Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoqdan osh yaxshi, deb.
Qodirjon aka:
- Siz ham indamay tushiraversangiz-a, oshdan qovoq yaxshi, deb.
Amin buva:
- Siz ham indamay tushiraversangiz-a, qovoq oshmi, osh qovoqmi, deb.
Ikromiddin:
-... bir oz u yoq-bu yoqdan gaplashib o‘tiringlar, boshqa ovqat qilaman: qovoq-siz!
Endi askiyada qayta-qayta takrorlangan «qovoq» so‘ziga diqqat qilamiz. Avvalo, «qovoq» so‘zining ma’nolarini ко‘rib chiqaylik. Birinchidan, palak otib o'sadigan poliz o‘simligi. Ikkinchidan, shu o‘simlik qobig‘idan tayyorlangan idish. Unga, odatda, sut, ovqat solib saqlanadi. Uchinchidan, odamning qoshi ostidagi ko‘z kosasini qoplovchi teri. Askiya matnida uchta ma’noning hammasi faol ishtirok etadi. Qodirjonning birinchi jumlasida oshga qovoq solish haqida gapiriladi. Ammo mehmonlarga jahl chiqqan holda, ya’ni qovoq solib ovqat qilish yaxshi emasligi, shundan so‘ng «osh qovoqda» deyilganda, oshning qovoq po‘stidan yasalgan idishga solingani aytilmoqda. Askiyaning oxirgi jumlasi alohida ahamiyatga ega. Unda «qovoqsiz» so‘zi bor. Bir qarashda ovqatga qovoq solmayman ma’nosi ifodalanadi. Ammo askiyachi bu so‘zni shunday talaffuz qiladiki, oqibatda, askiya boshlagan odam befahm, ya’ni “qovoq” nomi bilan atalib qoladi. Natijada askiyadagi har bir «qovoq» so'zini qo‘llashda yangi ma’no, fikriy tovlanish aks etishi oqibatida atrofdagi tinglovchilarga kulgi bag'ishlaydi.
Kulgi hosil qilishning yana bir usuli askiyabozlaming laqablari bilan bog‘liq so‘z o‘yinlaridir. Haqiqiy mohir askiyabozlar raqiblarining laqablarini askiya matniga shunday singdirib yuborishar ediki, faqat askiyani nozik tushunadigan tinglovchigina uning ma’nosiga fikr qilib etib borar edi.
Mashhur hofiz Mamayunus (laqabi kal) poezdda ketishayotganda do‘sti Erka qorini (ko‘zi ojiz) askiyaga tortar ekan, qori akaning ko‘zi ojizligiga shama qilib:
- Turing, qori aka! Ko‘r otga (kurortga) keldingiz! - deydi. Erka qori yostiqdan boshini ko‘tarar ekan, shoshib-pishib kupe derazasidan tash- qariga qaragan bo‘ldi-da, darhol yuzini Mamayunus aka tomon burib:
- Hovliqmay qoling, Mamayunus! Sho‘rtepa-ku! - dedi.
Matnni tahlil qilishda tinglovchi «ko‘r ot», «sho'rtepa» so‘zlarining ma’nosini shu zahoti zakiylik bilan ko‘zi ojiz, kal ma’nolarida tushunib etmasa, askiyaning butun mohiyati o‘z qadrini yo‘qotadi. Natijada, Mamayunus akaning mahoratini ham, Erka qorining topqirligini ham baholay olmaydi.
Askiya tarkibida kichik turlar mavjud. Ularning eng ommalashgani payrov, qolganlari gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz; o‘xshatdim, qofiya, tutal, bolasizmi, rabbiya, afsona, safsata kabi nomlar bilan ataladi.
Payrovda askiyabozlar tinglovchilar auditoriyasining kasbi, hududi, mahalliy sharoit xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro kelishib mavzu tanlashadi. Mavzular dehqonchilik, kosiblik, o'qituvchilik, badiiy asarlar, maqollar, paxta, imorat, tabobat va boshqa yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Ammo bir mavzu tanlandimi, boshlanishidan oxirigacha izchillik bilan davom etishi shart. Masalan, uchastka - imorat qurish payrovi chek olishdan boshlanadi. Keyin imoratning loyihasi tuziladi, devorlar uchun yer qazi- ladi, fundament (poydevor) quyiladi, to‘sin tashlashadi, paxsa qilinadi yoki g‘isht teriladi, eshik, deraza, darvoza o‘matiladi, suvaladi, tom qoqi- ladi, suv, gaz, chiroq o'tkaziladi, bo'yaladi va hokazo ishlaming hammasi bajariladi. Hammasiga usta ishlatiladi. Bozordan qurilish ashyolari sotib olinadi. Xullas, imorat qurish: boshidan ichiga kirib joylashguniga qadar bo‘lgan jarayon aks etadi. Muhimi, bar bir bajariladigan ish askiya asosida ichakuzdi kulgilar jo‘rligida amalga oshiriladi. Askiyabozlaming mahorati qurilishning ipidan ignasigacha bilishdan tashqari ulami bayon qilishni so‘z o‘yini bilan uyg'un olib borish va tinglovchilami muttasil kuldirish bilan belgilanadi.
Askiyaning boshqa turlarida ham askiyachilar bir-birlarining izzat nafsini haqorat qilmagan holda tinglovchilami kuldirish bilan o‘z maho- ratlarini namoyish qiladilar.
Kulgi uyg‘otish usullarining hammasi askiyabozlar tomonidan foyda- lanilgan. Ulardan bin so‘z talaffuzini atayin buzib aytish hisoblangan. Masalan, awalgi misolda kurort so‘zi «ko‘r ot» tarzida aytilgan. Shuningdek «kishmish» - kishimish, ya’ni kimdir; karbyurator - kal biladir; ruscha «kurit» o'zbekcha talaffuz bilan «ko‘r it» tarzida talaffuz qilingan. Ko‘pincha, mevalaming nomlari ismlar urg‘usi bilan aytilgan. Masalan, uzumlar: Hasayni - Hasan, Husayni - Husan, Qora chillaki - Qoravoy; qovunlar: Asati - Asadboy, Doniyor - Doniyor, Shakar palak - Shakarbek, Mirzacho‘l - Mirzayo‘ldosh va h.k.
Ayrim mutaxassislar askiya matnini tahlil qilishda ko'proq e’tibomi askiyachilarning so‘z qo‘llash mahoratiga qaratadilar. Bu - to‘g‘ri. Ammo tajriba askiya matnini jonli ijrodan ajragan holda tahlil qilish u qadar ma’qul emasligini tasdiqlaydi. Askiyabozning mahorati, avvalo, tinglovchilar oldida namoyon bo‘ladi. Askiya badiiy adabiyotning drama jinsiga mansub janr hisoblanadi. Binobarin, askiyani o‘tkazish bahosi uning yozma matni bilan emas, jonli ijrosi bilan belgilanadi. Shuning uchun askiya haqida fikr yuritganda, askiyabozlaming mavzuni to‘g‘ri tanlagani, uni izchil ravishda mantiqiy yakunga etkaza olgani, badi- hago‘ylik mahoratini qay darajada ishga solgani, tinglovchilaming maqtoviga sazovor bo‘lgani bilan baholash ma’qul hisoblanadi.
Askiya yuzasidan ma’lumot berishda bir masalani esdan chiqar- maslik lozim. Gap shundaki, askiya tabiatida pomografiya - uyatli ma’no ifodalash xususiyati bor. Aytish kerakki, umuman, xalq og'zaki ijodidagi deyarli hamma janrlarda uyatli tushunchalami pardali tasvirlash odatini inkor qilib bo‘lmaydi. Ayrim qo'shiqlarda, topishmoqlarda, latifalarda, dostonlar va ertaklarda ba’zan ijrochilar tinglovchi auditoriyasini yanada qizdirish, e’tibomi o‘ta jalb qilish, kulgi darajasini ko'tarish maqsadida bu usuldan foydalanganlar. Ammo odob chegarasi ulaming juda erkin so‘z ishlatish va harakatlariga yo‘l qo'ymagan. Shu bilan birga askiya ijrosida iyhom san’atidan foydalangan holda pomografik ma’noli askiya matnini qo'llash tajribada ko‘proq namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham askiya erkaklar o'rtasida aytilganda, ayollaming davrada qatnashishi ma’qul sanalmagan. Folklorshunoslikda ayollar o'rtasida alohida aski- yalar bo‘lib turgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Shunday qilib, askiya o'zbek xalq og‘zaki ijodining so‘z o‘yini aso- sida shakllangan va ommalashgan o‘ziga xos janri sifatida baholanishi mumkin. Askiya jozibasi asrlar davomida ota-bobolarimiz e’tiborini jalb etib kelgan. Uning taraqqiyotiga bugungi kunda Jo'raxon aka Po‘latov, Bahodir Shokirov, Ne'matjon Toshmatov, Akromjon Anvarov, Mansuijon Oxunov, Sodiqjon Hasanov, Muhammadsiddiq Miryayev, Ubaydulla Abdullaev, Ma’ruf Rahimov, Jaloliddin Rahimov, Hotamjon Hakimjonov, Hotamjon Teshaboev kabi so‘z san’atkorlari munosib hissa qo'shib kelmoqdalar.

Download 442.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling