O'n ikki maqom
Download 51 Kb.
|
O\'N IKKI MAQOM
O'N IKKI MAQOM O’N IKKI MAQOM, o’n ikki maqom tizimi — 13-17-asrlarda O’rta va yaqin Sharq mamlakatlari kasbiy musiqa amaliyotida qo’llangan nazariyamaliy tizim. Ustoz musiqachi va olimlarning bastakorlik va xalq ijodiyoti namunalarini muayyan ta’limot (tasavvuf) asosida ma’naviy va badiiy yaxlit holga keltirish ustida olib borgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Dastlab Safiuddin al Urmaviy va Qutbiddin Sheroziylarning musiqaga doir asarlarida ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va keyingi asrlarda Xoja Abdulqodir Marog’iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobidin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va boshqalar tomonidan ijodiy davom ettirilgan. Ushbu ilmiy an’anaga ko’ra, tizimning tarkibi muayyan darajali pardalar uyushmalari — 12 maqom, 6 ovoza, 24 sho’ba, 3 rang va 24 murakkabot kabi guruhlarni o’z ichiga olgan. Noiniy, Darvishali Changiy va boshqalar mualliflar ko’rsatishicha, 12 maqom guruhi payg’ambarlar [odam ato, Nuh, Ya’qub, Ayyub, Dovud, Sulaymon, Muso, Muhammad (as)]dan qolgan ma’naviy meros asosida aniqlab olingan hisoblanadi. 12 maqomning serjihat (zohiriybotiniy) ma’nolar bilan yo’g’rilgan umumiy va xususiy nomlari bo’lgan. Umumiy nomlari “doira”, “halqa”, “jam'” kabi atalib, ularning mukammallik darajasiga va, ayni paytda, cheksiz samoda mavjud barcha harakatdagi olamlarning o’zaro bog’likdigi va birligi g’oyasiga ishora etgan. Jumladan, musiqiy risolalarda O’n ikki maqom pardalari turli (katta-kichik) hajmdagi doiralar shaklida ustma-ust aks ettirilgan bo’lib, bir (ilk) doiradan keyingi doiralargacha izchil (navbatma-navbat) o’tilganda ularning boshlang’ich (tayanch) pardalari muntazam ravishda bir bosqichga yuksalib borgan. Natijada yuksalib boruvchi aylanma harakat yuzaga kelgan va u eng kichik doira bilan nihoyasiga yetgan. O’n ikki maqomning xususiy nomlari zanjirida ham tariqat maqomlariga bog’liq ma’naviy yuksalish g’oyasi o’ziga xos tarzda in’ikosini topgan. Bunda 1 “Ushshoq” maqomi — yo’l (tariqat)ga talabgor davrasini, 2 “Navo” — ularning ishq quyini (navo chekishni), 3 “Busalik” (Abu salik — ahd otasiga ishora) — oshiqning tariqat yo’liga kirishga ahd bog’lanishini anglatadi. Keyingi 7 maqom nomlarida oshiqlarning “yo’l” sayrlari va manzillari ulug’haj safariga qiyos etilgan. Shunga qo’ra, 4 “rost” — to’g’ri (tariqat) yo’lini, 5 “Husayniy” — pirumurshid (yo’l boshchi)ni, 6 “Hijoz” — Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara shaharlari joylashgan sarhadyo’lning asosiy maqsad timsolini, 7 “Rohaviy” — yo’l (suluk)ni, 8 “zangula” (tuya bo’yniga ilinadigan qo’ng’iroq) — yo’ldagi karvon timsolini, 9 “Iroq” va 10 “Isfahon” — maqsadga yaqin kelishlik ma’nolarida keladi. Zero haj (Hijoz) yo’lida Iroq mamlakatining bepoyon cho’llaridan o’tilgan, “Isfahon” esa ana shu maqsadga yaqin kelishlikni ramz etadi. So’ngti ikki maqom — 11 “Zirafkand” (to’shak, yotish payti) va 12 “Buzurg” (ulug’, buyuk) nomlarida safarbarlik harakati poyoniga yetganligi anglashiladi. Zirafkandning yana bir qo’shimcha nomi — “Ko’chak” (kichik) bo’lib, u o’zidan so’ng kelgan “Buzurg” (katta) bilan o’zaro nisbatda so’fiylarning kichik (inson) va katta olamning o’zaro birligi, uyg’unligi haqidagi so’fiyona qarashlarga ishora etilgan. O’n ikki maqom nomlari tasavvuf adabiyotida ham asosan ulug’ yo’l safarini ifodalash uchun qo’llanib kelingan: Gar Sifohonda Navo topmasang, ey yori Buzurg, Qilg’asan azmi Iroq, aylab ohangi Hijoz. (Hofiz Xorazmiy). Ey, Navoiy, sen dog’i qilsang tama’ sayri Hijoz, Qil Iroq ohangi, tark aylab Xuroson men kabi. (Navoiy). O’n ikki maqom tizimidan o’rin olgan ovoza va sho’ba guruhlari pardalarining sifat tuzilishi nuqtai nazaridan 12 maqomdan keyingi darajalarni tashkil etadi. Jumladan, sho’balar guruhida Sharq xalqlari (turk, Eron, Arab va boshqalar) qadimiy kuyashulalarining ohanglari tovushqatorlar tarzida tasnif etilgan. Ular kasbiy musiqa kesimida mustaqil badiiy qiymatga ega bo’lmagan ko’rinadi. Chunki ular, asosan, ikki (Dugoh, Mubarqa’), uch (Segoh, Rakb, Zovuliy) to’rt (Chorgoh) kabi tarkibi kam sonli nomukammal tovushlar uyushmasidan iborat bo’lgan. Ularni talab (komillik) darajasiga qadar rivojlantirish maqsadida 12 maqomning har biriga ikkitadan sho’ba biriktirilgan. Bunda O’n ikki maqomning mukammal pardalari musiqiy yo’l (suluk) o’rnida namoyon bo’lib, sho’ba kuy tuzilmalari esa muayyan maqomning parda bosqichlariga tayangan holda rivojlantirilgan. Masalan, ikki pog’onali Dugoh sho’basi Husayniy maqomiga, uch pog’onali Segoh sho’basi Hijoz maqomiga, to’rt pog’onali Chorgoh sho’basi Zangula maqomi pardalariga bog’langan. O’n ikki maqom tizimining O’rta Osiyoda uzil-kesil shakllanishi va uning mumtoz ko’rinishlari qaror topishi Amir Temur va Temuriylar davriga to’g’ri keladi. Mazkur tizimning tarixiy rivojlanishi pirovardida Shashmaqom, Xorazm maqomlari hamda Farg’ona—Toshkent maqom yo’llari yuzaga kelgan. Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963; Ibrohimov O., Maqom va makon, T, 1996. Oqilxon Ibrohimov. Shashmakom uzbek-tojik xalklari musika merosi asosida yaratilgan buyuk asardir. Barcha uzbek va tojik kuylari oxang va lad tuzilishlari bilan ma’lum makomga tugri keladi. Xalk kuylari xam makomlar tartibida yozilgan: Chuli Irok, Nasrulloyi, Ilgor, Miskin, Beksulton, Eshvoy, Kurd, Norim-norim va boshkalar. Ilgari xam, xozirgi kunda xam bastakorlar makom asosida kuylar yaratmokdalar. Ularda uxshashlik va kondoshlik kup: Munojat 1, 11, 111, Ajam taronalari, Usmoniya, Girya kozok, Kari navo va Dilxiroj va boshkalarda Peshrav oxanglarini uchratish mumkin. Masalan: Shodiyona, Fargona-Toshkent yullaridagi Rok shu’basining aynan uzi va u xalk sayllarida doimo chalib kelinadi. Uzbek bastakorlari asarlari xam makom oxanglari bilan yugrilgan. T.Jalilovning "Ishk seli", Y.Rajabiyning "Ra’nolanmasun", D.Zokirovning "Ey,sabo", "Kurmadim", S.Kalonovning "Ey, Nasimiy", "Topmadim" va boshka asarlari turli makom shu’balari bilan xam oxangdoshdir. Uzbek bastakorlari uz opera, balet, simfoniya, syuita, kontata va oratoriyalarda xalk musikiy merosimizda unumli foydalanadilar. Un ikki makom X111-XU11 asrlarda Urta Osiyo, Xuroson, Ozarbayjon xalklari musikasida un ikki (duvozdax) makomi keng tarkalgan. Un ikki makom to shashmakom yaratilgan davrgacha yaxlit xolda yashab kelgan. Un ikki makom 12 xil padada yozilgan. Zero makom atamasi nafakat "Makon", "Urin" balki parda ma’nosini xam beradi. Un ikki makom nomlari: Ushshok Navo Buslik (Abu Salik) Rost Xusayniy Xijoz Roxaviy (Roxuviy) Zangula Irok Isfaxon Zirafkand Buzurg (Buzruk) Shashmakom 24 ta shu’balarni uz ichiga oladi. 1. Makomi Ushshok (oshik)-natural miksolidiy ladiga tugri keladi. Rost makomidagi – Muxammasi ushshok, Talkini ushshok, Nasri ushshok va Ufora ushshoklar bir xil ladda yozilgan. 2. Makomi Navo (oxang, mungli kuy) – eoliy ladiga mos. "Shashmakom"dagi navolar xam shu ladda. 3.Makomi buslik (Abu Salik nomidan olingan) – Frigiy ladi. "Shashmakom"dagi Ushshok, Navo va buslik tovush katoriga tugri keladi. 4.Makomi rost (mos keladi ma’nosida) – Natural minor ladiga mos keladi. 5.Makomi Xusayniy (odam ismi) – Frigiy ladi ("Sol’"dan). 6.Makomi Xijoziy (Makka va Madina urtasidagi past tekkislikning nomi). Ammo bu makom Arab musikasiga alokador emas. Segox ashulasining aynan uzi. 7.Makom Raxoviy (Rum shaxaridan birining nomi) (Rax- yul ma’nosida xam keladi). U "Suvoriy" yullariga mos keladi. (Sol minor Frigiy ladi). 8.Makom Zangula (Kungirok, zang) – lad: sol,lya, si ь, D, re ь, mi ь, fa, sol. 9.Makomi Irok (mamlakat nomi) – 5 boskichi pasaygan, "sol" frigiy minoriga tugri keladi. 10.Makomi Isfaxon (Eronning mashxur shaxriga nisbat berilgan) – lad: sol, lya, si, do, re, mi, fa, sol ь, sol. 11.Makomi Zirafkant (pastga sakrash yotish ma’nosida) – lad: Sol, Lya ь,Si ь, Do, Re ь, Mi ь, Mi ь1, Fa#, Sol. 12.Makomi Buzurg (Buzruk) (katta, ulug makom) – lad: Sol, Lya ь, Si ь, Do, Re ь, Mi, Fa #, Sol. ADABIYOTLAR: Makom masalasiga doir. I.Rajabov. T: Uzb.Davlat badiiy adabiyotlar, 1963, 7-14 b. Shashmakom Y.Rajabiy. 1-kism. T: gofur gulom, 1967, 5014 b. Makom asoslari. I.Rajabov. T: Uzb. Madaniyat vazirligi, madaniyat bulimi, 1992. 90-b. www.ziyonet.uz Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling