Agregat funksiyalar qo‘llanishi
Agregat (yoki STATIK) funksiyalar, sonli yoki xisoblanuvchi ustunlar Bilan ishlaydi. Agregat funksiya argumenti butun ustun bo‗lib, bita qiymat qaytaradi. Bu funksiyalarni ko‗rib chiqamiz:
SUM() – Ustundagi hamma qiymatlar summasini xisoblaydi.
AVG() – Ustundagi hamma qiymatlar o‗rtasi qiymatini xisoblaydi.
MIN() – Ustundagi hamma qiymatlar eng kichigini aniqlaydi.
MAX() – Ustundagi hamma qiymatlar eng kattasini aniqlaydi.
COUNT() – Ustundagi qiymatlar sonini hisoblaydi.
COUNT(*) – So‗rov natijalari jadvalidagi satrlar sonini hisoblaydi.
Komandalar sintaksisi ko‗rinishi:
- SUM ------------- ( --- ifoda ---------------- ) ----------------------
-- DISTINCT – ustun nomi ---
-- AVG ------------- ( --- ifoda ---------------- ) ----------------------
-- DISTINCT -- ustun nomi ---
-- MIN ------------- ( ifoda ) -------------------------------------------
-- MAX ------------- ( ifoda ) -------------------------------------------
-- COUNT ------------- ( --------------------- ustun nomi) ---------------
-- DISTINCT –
-- COUNT(*) -------------------------------------------------------------------
Agregatlash argumenti bo‗lib ustun nomidan tashqari ixtiyoriy matematik ifoda xizmat qilishi mumkin. Misol uchun quyidagi so‗rovda: Sizni kompaniyangizda reja bajarilishi o‗rtacha protsenti qancha?
SELECT AVG(100 * (SALES/QUOTA))
FROM SALESREPS
Yana bir shakl: Sizni kompaniyangizda reja bajarilishi o‗rtacha protsenti qancha?
SELECT AVG(100 * (SALES/QUOTA)) PROCENT
FROM SALESREPS
Bu holda ustun nomi ma‘noliroq, lekin bu asosiysi emas. Ustunlar summasini hisoblab ko‗ramiz. SUM() funksiyasini qo‗llaymiz, ustun sonli bo‗lishi kerak!
Masalan, quyidagicha: Kompaniya xizmatchilari sotuvlar xajmi rejadagi va haqiqiy o‗rta qiymati qanchaga teng?
Do'stlaringiz bilan baham: |