Ona Ona Ona Ona


Ona tili o`qitishning o`ziga xos tamoyillari


Download 47.7 Kb.
bet11/15
Sana16.06.2023
Hajmi47.7 Kb.
#1509381
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Amaliy topshiriq

Ona tili o`qitishning o`ziga xos tamoyillari.

  • Ona tili o`qitishning o`ziga xos tamoyillari. O`qituvchi ona tilining umumdidaktik tamoyillari bilan bir qatorda, uning o`ziga xos tamoyillarini ham yaxshi bilishi va ta`lim jarayonida unga qat`iy amal qilishi lozim. Ilmiy-metodik adabiyotlar ona tili o`qitishning o`ziga xos tamoyillari xusuida turli xil fikrlar, qarashlar mavjud. Ayniqsa, bu turli-tumanlik tamoyillarining nomlanishida, tushunchalarni izohlashga ko`proq namoyon bo`ladi. Ona tili o`qitishning o`ziga xos tamoyillari shu tilning o`z tabiatidan kelib chiqadi. Modomiki shunday ekan, tildan o`rganiladigan bilimlarning manbai ham o`zbek tilshunosligi fani sanaladi. Chunki tildan beriladigan bilimlarning nazariy asoslari, ularning o`ziga xos xususiyatlari tilshunoslik fanida o`z ifodasini topgan. Ammo tilshunoslik fani “Tilni qaday o`qitish kerak?”, “Tildan o`zlashtiradigan bilimlarning hajmi va mundarijasi fanday bo`ladi?” degan savollaga javob topa olmaydi. Zero, bular tilshunoslik fanining vazifasi sanalmaydi. Chunki tilni o`qitish muammolari bilan metodika shug`ullanadi. Demak, tilni o`qitishning metodik tamoyillari, bir tomondan o`zbek tilining o`z xususiyatlaridan kelib chiqsa, ikkinchi tomondan tilni o`zlashtirish psixologiyasiga ko`ra belgilanadi. Biz quyida ona tilining o`ziga xos tamoyillariga alohida-alohida to`xtalamiz: “Til-me`yor-nutq mutanosibligi”tamoyillari. Ma`lumki, ona tili mashg`ulotlarida o`quvchilar ko`p hollarda tilga oid nazariy bilimlarni egallash bilan o`ralashib qolib, til me`yorlaridan unumli foydalanish, nutqni takomillashtirish ustida kam ishlaydilar. Bu hol, shubhasiz, ona tili darslarida o`quvchilarning zerikishiga, zo`rma-zo`raki, “o`rganilgan” til hodisalarining tezda unitilishiga sabab bo`lmoqda.

Maktab ona tili kursining asosiy maqsadi ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash, og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish ekan, “til-me`yor-nutq mutanosibligi” tamoyiliga qat`iy amal qilmay turib, unga erishib bo`lmaydi. Til nima? “Til deganda- deb ta`rif beradi. H.Ne`matov, - jamiyatning barcha a`zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holda keltirib qo`yilgan, hamma uchun umumiy, ya`ni qabul qilinishi majburiy, fikrni shakllantirish, ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat etadigan birliklar hamda bu birliklarning o`zaro birikishi va bog`lanishi belgilovchi qonun-qoidalar yig`indisi tushiniladi”. Demak, til fikrni shakllantirish va uni yuzaga chiqarish, birovga etkazish uchun imkoniyat sifatida o`quvchining ongiga mavjud. Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarni (nutq tovushlari, qo`shimchalar, so`zlarni), ularning birikish qonun-qoidalarini o`quvchi jamiyatdan tayyor holda oladi. Hali ona tilini maxsus o`quv fani sifatida o`rganmagan shaxs ham so`zlarni o`zaro biriktirib, gap qura oladi. U o`z fikrini boshqalarga bayon qiladi va o`zgalar fikrini boshqalarga tushunadi. Maktabda ona tilidan beriladigan bilim, malakalar va ko`nikmalar o`quvchining o`ziga mavjud bo`lgan ana shu imkoniyatlarini kengaytiradi; ya`ni uni o`zbek adabiy tilining boy xazinasiga olib kirish orqali fikrni og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalashga erishtiradi. Til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va vositalar yordamida yuzaga chiqaradi. Bu ichki imkoniyat tilda behad ko`p va xilma-xildir. Me`yor nima? Me`yor tilning mana shu ichki imkoniyatlarini o`quvchi ongiga singdiruvchi omildir. Boshqacha qilib aytganda, me`yor nutqni ro`yobga chiqarish maqsadida til imkoniyatlaridan foydalanish uchun ko`rsatgichlar majmuasi sanaladi. Me`yorning oliy ko`rinishi milliy, adabiy til uslublari, mezonlaridir. Milliy, adabiy til me`yorlaridan xabardor o`quvchigina ona tili ta`limining so`nggi natijasi matn yaratishga qodirdir. Nutq nima? Nutq til imkoniyatlarining yuzaga chiqishi, voqealanshidir. 

  • Maktab ona tili kursining asosiy maqsadi ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash, og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish ekan, “til-me`yor-nutq mutanosibligi” tamoyiliga qat`iy amal qilmay turib, unga erishib bo`lmaydi. Til nima? “Til deganda- deb ta`rif beradi. H.Ne`matov, - jamiyatning barcha a`zolari uchun avvaldan (oldingi avlodlar tomonidan) tayyor holda keltirib qo`yilgan, hamma uchun umumiy, ya`ni qabul qilinishi majburiy, fikrni shakllantirish, ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat etadigan birliklar hamda bu birliklarning o`zaro birikishi va bog`lanishi belgilovchi qonun-qoidalar yig`indisi tushiniladi”. Demak, til fikrni shakllantirish va uni yuzaga chiqarish, birovga etkazish uchun imkoniyat sifatida o`quvchining ongiga mavjud. Tilning asosiy qonun-qoidalari, zarur birliklarni (nutq tovushlari, qo`shimchalar, so`zlarni), ularning birikish qonun-qoidalarini o`quvchi jamiyatdan tayyor holda oladi. Hali ona tilini maxsus o`quv fani sifatida o`rganmagan shaxs ham so`zlarni o`zaro biriktirib, gap qura oladi. U o`z fikrini boshqalarga bayon qiladi va o`zgalar fikrini boshqalarga tushunadi. Maktabda ona tilidan beriladigan bilim, malakalar va ko`nikmalar o`quvchining o`ziga mavjud bo`lgan ana shu imkoniyatlarini kengaytiradi; ya`ni uni o`zbek adabiy tilining boy xazinasiga olib kirish orqali fikrni og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri, ravon ifodalashga erishtiradi. Til ichki imkoniyat sifatida aniq bir fikrni xilma-xil usul va vositalar yordamida yuzaga chiqaradi. Bu ichki imkoniyat tilda behad ko`p va xilma-xildir. Me`yor nima? Me`yor tilning mana shu ichki imkoniyatlarini o`quvchi ongiga singdiruvchi omildir. Boshqacha qilib aytganda, me`yor nutqni ro`yobga chiqarish maqsadida til imkoniyatlaridan foydalanish uchun ko`rsatgichlar majmuasi sanaladi. Me`yorning oliy ko`rinishi milliy, adabiy til uslublari, mezonlaridir. Milliy, adabiy til me`yorlaridan xabardor o`quvchigina ona tili ta`limining so`nggi natijasi matn yaratishga qodirdir. Nutq nima? Nutq til imkoniyatlarining yuzaga chiqishi, voqealanshidir. 

Download 47.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling