C) Shirin, bemaza, achchiq, chuchuk narsalarni yeyish uni bora-bora noziklashtiradi.
D) Bozordan suyuq va nordon qatiq sotib olmang.
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
To‘plagan
|
B
|
C
|
D
|
D
|
C
|
bali
|
1
|
1
|
1
|
1
|
1
|
5 ball
|
Test javoblari 1 ballik sistemada baholanadi. O‘quvchi jami 5 ball to‘plashi lozim. Test topshiriqlari bajarib bo‘lingach, o‘quvchilar javoblari aniqlanib, yo‘l qo‘ygan xatoliklari ustida ishlanadi .
V. Darsga yakun yasash va baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa.. O‘quvchilarga o‘tilgan mavzuni takrorlab. 282-mashq shartiga ko‘ra bajarish kerakligi tushuntiriladi. Berilgan otlarga mos rang bildiruvchi sifatlarni topib birikma tuzadilar va daftarlariga husnixat asosida yozishlari kerakligi uqtiriladi.
98
Mavzu: Sifatning ma’no turlari . ( 283-285-mashq )
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga sifatning ma’no turlari haqida, gapdagi vazifasi haqida ma’lumot berish, sifatning nutqimizdagi roli, sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish, shaxs va narsalarning belgi xususiyatlarini yaqqol ko‘ra bilish, sifatlarga so‘roqlarni to‘g‘ri qo‘ya bilishga o‘rgatish: FK1: sifat va ularning otga bog‘lanishini, gapdagi vazifasini, ma’no turlarini, -ser, be-, -siz, -li, -cha, -dor, -q sifat yasovchi qo‘shimchalar ekanini, yozilishini biladi,
tarbiyaviy: o‘quvchilarning nutqida sifatlardan foydalanib ta’sirchan so‘zlash, go‘zallikka intilish kabi his-tuyg‘ularni tarbiyalash, hasharotlarni insonga foydasi haqida asal va asalarichilik faoliyati qiziqish uyg‘otish:
TK3:rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish;
rivojlantiruvchi : o‘quvchilarning lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Darsning turi: yangi bilim , ko‘nikma,va malakani mustahkamlash darsi.
Darsning metodi. ”O‘rgimchak to‘ri” metodi, “Bu meniki”,”Kubiklar” ta’limiy o ‘yini.
Darsning jihozlari: turli mavzularni tasvirlovchi rasmlar, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar, meva rasmlari .
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
salomlashish
navbatchi axborotini tinglash
sinf tozaligini nazorat qilish,o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish .
Ona-tilim jonu dilim
Sening bilan biyron tilim.(Barcha)
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |