Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet191/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

H usnixat daqiqasi:
Bir sinalgan tajriba
Yetti kitobdan afzal.





Saylanma diktant.
O‘qituvchi doskaga besh, sakkizinchi, to‘rt, yigirma olti, o‘nuchinchi kabi so‘zlarni yozib qo‘yadi. O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadilar. O‘qituvchi guruhlar uchun topshiriq beradi va vaqt ajratadi.
1-guruh: sanoqni bildirgan so‘zlarni;
2-guruh: tartibni bildirgan so‘zlarni ko‘chirib yozadilar.
III.Yangi mavzu bayoni.

1-topshiriq.
Yangi mavzu trenajyor mashq orqali o‘qituvchi t
1, 2, 4, 40,
1000
omonidan tushuntiriladi.

O ‘quvchilar ekranda berilgan chiziqchalar o‘rniga
raqamlardan mosini qo‘yib, topishmoqni
o‘qiydilar va javobini topadilar.
1. 1 kosada 2 ovqat. (Tuxum)
2. 40 xujtada qizil qizlar. ( Anor)
3. 2 botir qilichlashar. ( Qaychi)
4. 4 oyoqli, temir tuyoqli. ( Ot)
5. Soyada yotar, 1000 qo‘yni boqar. ( It)



Darslik bilan ishlash. 317-mashq sharti bilan o‘quvchilar tanishtiriladi. O‘quvchilar 4
IPT
-sinf “O‘qish kitobi” dan sonlar qo‘llangan ikkita gapni topib yozadilar va sonlarni tahlil qiladilar.Tahlil quyidagicha bo‘lishi mumkin.

Sonni tahlil qilish tartibi: 1. So‘rog‘i, turkumi. 2. Ma’no turi. 3. Asos va qo‘shimchasi. 4. Qaysi so‘zga bog‘langan. 5. Nima vositasida bog‘langan. 6. Gapdagi vazifasi.
Namuna: to‘rtinchi- nechanchi?, son, tartib son, to‘rt-asos, -inchi-tartib sonning qo‘shimchasi, sinf so‘ziga (otga) ohang yordamida bog‘langan, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajargan.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslikdagi 318-mashqning bajarilish tartibi tushuntililadi. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqib, mashqni doskada bajaradilar.
Ertak o‘quvchilarga o‘qitiladi, sonlarni harfiy ifodada o‘zi bog‘langan ot bilan daftarlariga ko‘chirib yozadilar.
Ustaning nechta bolasi bor ekan? (11 ta bolasi bor ekan.)
Songa so‘roq bering. (Nechta?)
11 soni qaysi so‘zga bog‘lanib kelgan? (bolam so‘ziga bog‘lanib kelgan.)
Ustaning kichik og‘li necha yoshga to‘libdi? (14 yoshga.)
Songa so‘roq bering. (Necha?)
14 soni qaysi so‘zga bog‘lanib kelgan? (yoshga so‘ziga bog‘lanib kelgan.)
O‘qituvchi boshqa gaplarni ham shu tarzda tahlil qiladi.

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling