IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
2 -topshiriq.
360-mashq sharti o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O‘quvchilar matndan kishilik olmoshlarini topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chiradilar. Ularning gapdagi vazifasini belgilaydilar.
O‘qituvchi tagiga chizilganlari asos (yarim oval), to‘lqinli chiziq yarim to‘tburchak, ikki chiziq yarim to‘tburchak bilan belgilashlari uchun shu shartli chiziqlar berilishni tushuntiradi.
|
V.Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning bilimlari izohlab baholanadi.
Men, sen olmoshlarining qaratqich va tushum kelishiklari, u olmoshining jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari bilan turlanganda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni yodga solib, drsga xulosa qilinadi va dars yakunlanadi.
VI.Uyga vazifa..
361-mashq. 4-sinf “O'qish kitobi”dan kishilik olmoshlari qatnashgan gaplar topib, uyda yozish va ularning gapdagi vazifasini belgilash topshirig‘i beriladi.
126-dars.
Darsning mavzusi: Kishilik olmoshi yuzasidan takrorlash.(362- 364-mashq)
Darsning maqsadi:
ta’limiy:o‘quvchilarga kishilik olmoshlari va ularning so‘roqlari, qaysi so‘z turkumidagi so‘zga bog‘lanishi haqidagi bilimlarini aniqlash;kishilik olmoshlarini o‘zi bog ‘lanib kelgan so‘zlar bilan birgalikda yozish malakasini rivojlantirish.FK1:kishilik olmoshining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishini, do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma, xat yoza olishi.;
tarbiyaviy:o‘quvchilarda do‘stlik va inoqlik, hurmat, o‘zaro yordam berish kabi xislatlarni tarbiyalash; TK4: sinfda va oilada o‘z o‘rnini bilish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay olish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |