I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Matn asosida yozilgan bayon mazmuni reja asosida qayta hikoyalab, o‘qitiladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
221- mashqdagi she’r ifodali o‘qitiladi. Ajratilgan otlarga so‘roq berish va ular qaysi kelishikda qo‘llanganini aytiladi.
Husnixat tarzida ko‘chirish , jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini belgilash vazifasi beriladi.
O‘qituvchi quyidagi savollar orqali mashqni mustahkamlaydi.
-Jo‘nalish kelishigidagi otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
-Ko‘kni quchgan birikmasi qanday ma’noda qo‘llangan?
- Baxt, sho‘x so‘zlarining yozilishini yodingizda tuting.
221-mashq.Ekranda she’r matni beriladi. Matn ostida –ga kelishik qo‘shimchasini belgilash uchun yarim oval, yarim uchburchak va yarim to‘rtburchak shakli beriladi. O‘quvchi matndan jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini belgilashi lozim.
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
222- mashq matni o‘qitiladi. Jo‘nalish kelishigi so‘roqlariga javob bo‘lgan otlarni toptiriladi.
Jo‘nalish kelishigi so‘roqlariga javob bo‘lgan otlarni ko‘chirib, asos va qo‘shimchalarini belgilash uchun „Tahlil qolipi“ ta’limiy o‘yinidan foydalaniladi. Buning uchun mashq shartiga ko‘ra matn o‘qitiladi . So‘ng kelishik qo‘shimchasini olgan so‘zlar quyida keltirilgan jadvalga yozib, so‘zlarda ishtirok etgan egalik va kelishik qo‘shimchalar nomi ostiga yozib chiqib tahlil qiladilar. Topshiriqni bajarishda juftlikda bajariladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |