Bo‘lishi mumkin emas
|
Aslida qanday bo‘lishi kerak
|
Ball
|
1
|
Quyonning dumi uzun
|
Quyonning dumi kalta
|
1
|
2
|
Kichkina fil
|
Katta fil
|
1
|
3
|
Oppoq sabzi
|
sariq sabzi
|
1
|
4
|
Bo‘ylari kalta jirafa
|
Bo‘ylari uzun jirafa
|
1
|
5
|
Jirafa sabzi yedi
|
Jirafa sabzi yemaydi
|
1
|
|
Jami:
|
|
5 bal
|
Quyidagi ko‘rinishdagi jadval doskaga chizib ko‘rsatiladi. O‘quvchilar aniqlagan bo‘lishi mumkin bo‘lmagan fikrlar yozib boriladi va aslida qanday bo‘lishi mumkin ekanligi yoniga yoziladi. Shu tariqa o‘quvchilar fikrlari aniqlanib yangi mavzuga zamin yaratiladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni boshlashdan avval o‘qituvchi o‘quvchilarga ushbu she’riy topishmoq ifodali oqib beriladi . Mavzuni tushintirish uchun topishmoqlardan foydalaniladi. Topishmoqlar narsaning belgisiga ishora qilish bilan diqqatni o‘ziga tortadi. Fikr belgi orqali narsaga tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Darsga qadar doskaga anor haqidagi topishmoqni quyidagi ko‘rinishda yozib qo‘yiladi.
Mayda, yoqutday qizil,
Shirin, nordon, xilma-xil.
Qalin, taxir po‘sti bor,
Hamma yerda do‘sti bor.
Topishmoq bir o‘quvchiga o‘qitiladi va quyidagi savol-javob o‘tkaziladi
Topishmoqda qaysi meva haqida gap boryapti? (Anor haqida.)
Topishmoqning javobidagi so‘zini ayting. (Anor.)
Anorning donachalari qanday ekan? (Mayda, qizil ekan.)
Uning mazasi-chi? (Shirin, nordon.)
Po‘sti qanday ekan? (Qalin, taxir ekan.)
Qanday? Qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildiryapti? (Narsaning belgisini.)
Narsaning belgisi deganda nimani tushunasiz?
(Narsaning belgisi deganda, ot so‘z turkumiga oid so‘zning rangini, mazasini, shaklini va xususiyatini tushunamiz)
Xulosa aytiladi va darslikdan qoida o‘quvchilarga o‘qitiladi.
2-topshiriq (trenajyormashq)
E kranda ketma-ket gaplar beriladi. O‘quvchilar sifatlarni aniqlab, ularni o‘zlari bog‘langan ot bilan birgalikda belgilaydilar.To‘g‘ri belgilasalar gap ostiga shu so‘zlar tushadi va gap tarkibida hamturadi.
|
(O‘qituvchi uchun qo‘shimcha ma’lumot. O‘qituvchi avvaldan bir o‘quvchiga ushbu she’rni bergan bo‘lishi va uni ifodali aytib berishi mumkin.
So‘z turkumlari ichida,
Eng go‘zaliman o‘zim.
Qanday? deya so‘rasang,
Yaxshi- deb tayyor o‘zim.
Maza-ta’mni bildirgum.
Shirin olma, shirin so‘z
Shakling aytib o‘taman.
Ey dumaloq qisiq ko‘z,
Xususiyat bildirsam.
Yomonni qoralayman,
A’lo o‘qi do‘stginam.
Bilimdonni qutlayman,
A’lochiga “besh ” baho
Qizil tusda yaltirar.
Men rassom, bo‘yoqchiman.
Menda ranglar saf tizar,
Men shundayin boy turkum.
So‘zi asal, moy turkum.
Men haqimda bilmasang,
Ahvolingga voy degum.)
- She’r qaysi so‘z turkumi haqida ekan?
- Sifat nimalarni bildiradi?
- Sifatning qanday turlari bor?
- Sifatga qanday so‘roqlar beramiz?
M avzuni tushintirish uchun darslikdagi 279-mashq asosida “Guruhini top” ta’limiy o‘yindan foydalaniladi. Buning uchun doskaga quyidagi ko‘rinishdagi jadval ilib qo‘yiladi. O‘quvchilar mashqdagi so ‘zlarni o‘qib ma’nosiga ko‘ra tegishli guruhga joylaydilar yoki yozib chiqadilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |