Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet167/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari,didaktik tarqatmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Dum-dumaloq bo‘yi bor,
Palovda obro‘yi bor. ( Behi)

Uyga berilgan 285-mashq og‘zaki yod olish orqali tekshiriladi.
Marjon-marjon yumaloq,
Yaproqlari shapaloq,
Qora, qizil, sariq, oq,
Yeb ko‘rmasdan o‘ylab boq. G‘afur G‘ulom
- Rang bildirgan sifatlar qaysilar?deb savol berib javoblar umumlashtiriladi.

Sifat so‘z turkumin imustahkamlash maqsadida “Bu meniki” ta’limiy o‘yini orqali o‘quvchilarga so‘zlarni savollar orqali topish, tartibsiz berilgan so‘zlardan gap ho sil qilish, tuzilgan gapdan gapning sifatini va bosh bo‘laklarini topish topshirig‘i beriladi.



O‘qituvchi she’r so‘zlaridan tuzilgan gapdagi so‘zlarni kesilgan holda tarqatmalarda o‘quvchilarga tarqatadi.
Namuna: Bobom bog‘dan marjonday yumaloq uzum olib keldilar. So‘zlar o‘quvchilarga bittadan tarqatiladi, o‘qituvchi o‘quvchilarga qarata savollar berib boradi, savolni to‘g‘ri topgan o‘quvchi ”Bu meniki” deb doskaga chiqadi va tarqatmadagi so‘zni o‘rtoqlariga qaratib turadi.
Namuna:1.Nima qildilar?– so‘rogiga javob bo‘ladi. Harakatni bajarilganini bildiradi.
Qo‘lida o‘qituvchi bergan tarqatmada olib keldilar so‘zi bo‘lgan o‘quvchi ”Bu meniki” deb doskaga chiqadi.
2.Nima? – so‘rogiga javob bo‘ladi. Narsaning nomini bildiradigan so‘z.
Qo‘lida o‘qituvchi bergan tarqatmada uzum so‘zi bo‘lgan o‘quvchi
”Bu meniki” deb doskaga chiqadi.
3.Qanday?-so‘rogiga javob bo‘ladi. Narsaning belgisini bildiradi: –marjonday
4.Qayerdan? so‘rogiga javob bo‘ladi. Joyni bildiradi: –bog‘dan.
5.Kim? – so‘rogiga javob bo‘ladi.Oilamizdagi keksa inson: -Bobom.
6.Qanday?-so‘rogiga javob bo‘ladi. Narsaning shaklini bildiradi: -yumaloq.
Doskaga chiqqan o‘quvchilardan tezlikda joylashib gap hosil qilishlari aytiadi.
Shu tariqa o‘quvchilar fikrlari aniqlanib qolgan 2ta guruhga ham gaplar tarqatiladi. yangi mavzuga zamin yaratiladi.

Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling