1 -topshiriq.Darslikdagi 290-mashqdagi she’r o‘qitiladi. Avval shaxslarning xususiyatini, keyin narsalarning xususiyatini bildirgan sifatlarni aniqlab, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiriladi.
290-mashq.She’r mazmuniga mos A.Temur rasmi rangsiz she’r matni yonida namoyish etiladi. Topshiriq to‘g‘ri bajarilsa, rasmga rang beriladi. Buning uchun rasm 7 qismda rangga kiradi. Agar o‘quvchi qaysidir so‘zni topa olmasa, rasmning ma’lum qismi rangsiz qoladi. Huddi shu tartibda jayronlarni ov qilayotgan bo‘ri rasmi she’r matni yonida beriladi. Ochko‘z so‘zini o‘quvchi belgilasa, bo‘ri rasmiga rang kiradi, yuvosh so‘zi belgilansa, jayronlarga rang kiradi
|
Ikkala bo‘g‘inida ham u unlisi yoziladigan sifatlarni aytiladi. Oqil va dono; adolat va odil sifatlarining ma’nosini tushuntirish lozimligi aytiladi. Xususiyat bildirgan sifatlar nimalarning belgisini bildiradi? Sinf 2 guruhga ajratiladi.
1-guruhga „Temur bobom” she’ridagi shaxsning xususiyatini bildirgan sifatlarni topish, sifatlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga yozish, ikkala bo‘g‘inida ham u unlisi yoziladigan sifatlarni aniqlash topshiriladi.
2-guruhga „Jayronlar” she’ridagi narsalarning xususiyatini bildirgan sifatlarni topish, ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga yozish, oqil va dono; adolat va odil sifatlarining ma’nosini izohlash topshiriladi. Har bir guruh o‘zaro maslahatlashib javob beradi va guruhning o‘zi tanlagan o‘quvchisi javoblarni umumlashtirib, doskada mashqning shartini bajaradi.
Shaxslarning xususiyatini bildirgan sifatlar:buyuk bobom, suyuk bobom, dono ,a’lo, oqilbobom, adolatli bobom.
Narsalarning xususiytini bildirgan sifatlar: o‘chko‘z bo‘ri, yuvosh jonivor.
Oqil va dono- O‘ylab gapiradigan,to‘g‘ri fikrlaydigan.
Adolat va odil – Haqiqatni so‘zlash
Do'stlaringiz bilan baham: |