H usnixat daqiqa:
Bilgan o‘zar, bilmagan to‘zar.
Uy vazifasini tekshirish.
Matn nima haqida ekan?
Abduxaliq G‘ijduvoniy kim bo‘lgan?
U nimalar deb o‘g‘liga nasihat bergan?
Siz ham shu nasihatlarga amal qilasizmi?
Qanday so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni ayting.
Ular shaxs va narsalarning nimasini bildirar ekan?
III. Mustahkamlash
Darslik bilan ishlash.
143-mashq. O‘quvchilar matnni o‘qiydilar. O‘qituvchi ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni izohlab beradi.
Lug‘at ishi.
Gazlama – mato, material; kislota – kimyoviy birikma; vitamin – organizmning normal faoliyati uchun zarur organik modda.
Matn nima haqida ekan?
O‘zbek xalqi paxtachilik bilan qachondan shug‘ullangan?
Paxtadan nimalar olinadi?
Paxta tolasidan necha xil matolar olinadi?
G‘o‘za bargidan necha xil kislota va vitaminlar bor?
Siz yana qanday paxta ekiladigan mamlakatlarni bilasiz?
Matnga sarlavha toping.
Matndagi necha? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni toping.
Bu sonlar nimani miqdorini bildiryapti?
Matndagi nimani miqdori noaniq berilgan?
Nima sababdan miqdori noaniq deb hisoblaymiz? O‘quvchilarga sonlarning tagiga to‘lqinli chiziq chizish topshiriladi.
1 -topshiriq.
144-mashq. O‘quvchilar avval ekranda berilgan topishmoqning javobini topadilar (javobni yozishlari uchun topishmoq ostidaga harflardan foydalaniladi), keyin topishmoqdagi so‘zlar qaysi turkumga tegishli ekanini berilgan qavslar ichiga topishmoq ostidagi so‘z turkumlarning mosini joylashlari lozim.
|
144-mashq yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
Birinchi topishmoqda ko‘zlar kimga o‘xshatilyapti?
Qo‘shni, do‘st so‘zlari qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
Bu so‘zlar narsaning nimasini bildiradi? Qaysi so‘z turkumiga kiradi?
Turishadi, kulishadi so‘zlariga so‘roq bering.
Matndagi sonlarni so‘roq yordamida toping.
Topishmoqlarning javoblari qaysi so‘z turkumiga kiradi?
O‘quvchilar topishmoq matnini husnixat bilan yozadilar. So‘zlarning yoniga qavs ichida so‘z turkumlarini ko‘rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |