IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
1. Undov, taqlid va modal so’z turkumlari nega mustaqil yoki yordamchi so’z turkumlari qatorida sanalmaydi?
2. Undov so’zlar nutqda qanday vazifalarni bajaradi?
3. Taqlid so’zlar qanday yuzaga keladi? Ular gapda qaysi gap bo’laklari vazifasida kelishi mumkin?
4. Taqlid so’zlardan ko’proq qaysi turkum so’zlari yasaladi?
5. Qanday so’zlar modal so’zlar deyiladi?
6. Undov, taqlid va modal so’zlarning gapda ot vazifasida qo’llanishiga misollar keltira olasizmi?
V. Uyga vazifa 7-topshiriq,8-topshiriq
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’IBDO’: Sh.Ma’murova
«Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
O’TILGANLARNI TAKRORLASH
6-dars OLMOSHNING MA’NO TURLARI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |