B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
182-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan bo‘laklar bilan kursiv yozuvdagi bo‘laklar bir-birining ma’nosiga qanday ta’sir qilayotganini aniqlang. Ular orasida tinish belgilari qanday qo‘yilganini o‘rganing.
Tabiat inson qo‘liga qurol − intellektual axloqiy kuch-qudratni berdi, lekin u bu qurolni aks tomonga xizmat qildirishi ham mumkin, binobarin, axloqiy e’tiqodi, jinsiy va did instinktlari pastkash bo‘lgan odam eng nopok va vahshiy kimsaga aylanib qoladi. (Arastu) 2. Biz ko‘proq yoki boshqacharoq ko‘rishni, ya’ni muayyan narsada mavjud bo‘lmasa-da, boshqa bir narsada bor bo‘lgan nimanidir ko‘rishni xohlaymiz. (Parmenid) 3. Hamma narsaning asosida ikki ibtido: olov va yer yotadi. (Parmenid) 4. Ichki idrok amriga bo‘ysunsang, katta inson bo‘lasan, ikkinchi darajali (ya’ni ko‘z va quloq sezgilari) tuyg‘ularga amal qilsang, mayda odamga aylanasan. (Men-Szi) 5. Ayni vaqtda, “muhmali g‘alla” − ya’ni qop kiyadigan darajaga yetganini ham aytib, o‘z ahvoliga kinoya qilmoqda edi. (A.Qodiriy) 6. Binoiy avvalgi ruboiysiga kamtarona baho berib, uni “muhmal” – “xom” deb atagani ham ajoyib edi. “Muhmal”ga “musta’mal”, ya’ni “pishiq”, “mukammal” so‘zining ichki qofiya qilingani ham Boburga juda yoqdi, u munshiyni chaqirib, mulla Binoiy aytgan ruboiylarni yozib olishni buyurdi. (P.Qodirov)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |