«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 1.27 Mb.
bet3/12
Sana30.11.2020
Hajmi1.27 Mb.
#155960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-konspekti (1)


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

– eshitilgan yoki o‘qilgan matnlardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :

– doimiy ravishda mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko‘nikmasini shakllantirish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– dars va mashg‘ulot jarayonlarida faol ishtirok etish;



Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: diktant matni..

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)

Foydalaniladigan adabiyotlar:

I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

III. Yangi mavzu:

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

V. Uyga vazifa. takrorlash

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: _______________

«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»

IJODIY MATN. INSHO VA UNING TURLARI

10-dars MA’LUMOTNOMA MATNI VA IJODIY-TAVSIFIY MATN

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

25-mashq. Ikkala matnni qiyoslab, shakl va mazmundagi o’xshashlik va farqlarni ayting. Buning sababini tushuntiring va berilgan savollarga javob bering.

Birinchi matn ALISHER NAVOIY

Besh asrkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. Temur tig’i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. (A. Oripov)

Ha. Bu «zanjirband sher»ning she’rlari shuhrati necha asrlardan beri jahonni maftun etib kelyapti. G’azallari porloq quyosh singaridir. Uning betakror nazmi oldida hatto Sa’diy va Hofizning she’riyat osmonidagi yulduzlari xira tortdi. «Nizomiy panjasiga panja urib» bunyod qilgan «Xamsa»si «Panj Ganj» shuhratiga soya soldi. Forsigo’ylar uni turkiy tilda yozganligidan shukronalar aytdilar.



Ikkinchi matn ALISHER NAVOIY

Buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441- yilda tug’ildi. Shoirning she’rlari XV asrning 60- yillaridayoq mashhur bo’la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak berib turibdi.

Yillar o’tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o’nlab tillarga tarjima qilinganligi buning dalilidir.

Alisher Navoiy asarlari o’zining badiiyligi, mazmundorligi va go’zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo’lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o’zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o’qimas edi».



Savollar

1. Qaysi matnda hissiyot kuchli?

2. Qaysi matnda fikrlar aniq va isbotlar bilan berilgan?

3. Har ikkala matndagi axborot deyarli bir xilmi?

4. Ikki matnni qiyoslab, ular orasidagi asosiy farq nimada ekanligini ayta olasizmi?

Bilib oling. Ma’lumotnoma matnida bo’lib o’tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.

Bunday matnda so’zlarning ko’chma ma’nolaridan, tilning badiiy-tasviriy vositalaridan deyarli foydalanilmaydi, voqea-hodisa oddiy va aniq bayon qilinadi.



Ijodiy-tavsifiy matn so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir.

Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar, dalillar bilan ta’riflash, izohlash ijodiy-tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir.

Ilmiy, publitsistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko’rinishlaridir.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Savol va topshiriqlar

1. Ma’lumotnoma matni qanday tuziladi, unda nimalarga e’tibor qaratiladi?

2. Ijodiy-tavsifiy matnning asosiy belgilari haqida gapiring.

3. Insho matnning qaysi turiga kiradi?

V. Uyga vazifa 27-mashq

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.



«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»

IJODIY MATN. INSHO VA UNING TURLARI

11-dars INSHO - IJODIY ISH

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

29-mashq. Matnni o’qing. Uni og’zaki hikoya qiling. Matn oxirida berilgan savollarga javob bering.

INSHO - IJODIY MEHNAT

Insho o’quvchining ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o’z fikrlarini yozma shaklda to’g’ri, ravon, savodli bayon qila olish ko’nikma va malakalarini shu mavzu bo’yicha bilimlarini namoyish etuvchi ijodiy matn — kichik bir asardir. Yozuvchi va shoir, olim va muxbir o’zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o’quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Zero, insho o’quvchi ma’naviyati va ma’rifati ko’zgusidir. Unda o’quvchining bilimlari, his-tuyg’ulari, fikrlarini bayon etish ko’nikma va malakalari o’z aksini topadi.

Inshoning har bir turi o’z shakliy va mazmuniy xususiyatlariga ega

Savollar

1. Insho nima? U muallifning qanday xislatlarini namoyon qiladi"

2. Inshoda badiiy asardan va boshqa kitoblardan aynan olingan o’rinlar qanday berilishi kerak?

3. Ikki o’quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosi bir xil bo’lishi mumkinmi?

4. Ikki o’quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosida qanday umumiyliklar, o’xshashliklar bo’lishi mumkin?

5. Inshoning yozma axborot bilan qanday o’xshash va farqli tomonlari bor?
Bilib oling. Insho — ijodiy mehnatning oliy ko’rinishi, murakkab aqliy mehnat jarayonidir. U muallifdan o’z fikrlarini zarur dalillar asosida mantiqan izchil va badiiy tarzda, grammatik va uslubiy jihatdan to’g’ri izhor etishni talab qiladi. Shuning uchun ma’lum mavzuda insho yozishdan oldin shu mavzuga oid badiiy yoki hayotiy manbani, unga oid ilmiy adabiyotlarni chuqur o’rganib chiqish, tezis (qisqa ifoda) yaratish, dalillash uchun ko’chirmalarni yig’ish, xomaki rejani shakllantirib olish talab qilinadi.

Didaktik maqsadlarga ko’ra insholar ikki xil bo’ladi: a) ta’limiy insholar; b) sinov insholari.



Ta’limiy insholar sinfda yoki uyda o’quvchi tomonidan yozilib, ijodiy fikr yuritishga, mavzuni to’g’ri bayon qilishga qaratiladi.

Sinov insholari o’rganilgan mavzularga doir bilimlarni, insho yozish ko’nikma va malakalarni sinash uchun yirik mavzular tugagandan so’ng, choraklar yoki o’quv yili oxirida, olimpiadalarda o’tkaziladi.

30-mashq.Rassom.N.Qo’ziboyevning “Navoiy va Husayn Boyqaro”deb nomlangan asarini kuzating. Undan foydalaninb .shu sarlavha ostida insho yozishga tayyorgarlik ko’ring va insho uchun reja tuzing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Savollar

1. Inshoga nega «ijodiy mehnatning oliy ko’rinishi» deb baho beriladi?

2 Insho yozishdan oldin qanday tayyorgarlik ishlari qilinishi kerak?

3. Inshoning tezisi nima?

4. Didaktik maqsadlarga ko’ra insholar necha xil bo’ladi?

V. Uyga vazifa 32-mashq

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: _______________

«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»

INSHONING MAVZU VA MAZMUNIGA KO’RA TURLARI

12-dars INSHO TURLARI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu
Bilib oling. Insho arabcha so’z bo’lib, «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so’zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo’llanadi.

Insho muallifning ma’lum bir mavzu asosida o’z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik bir asardir. Inshoda muallifning so’z qo’llash mahorati, fikriy, tafakkuriy ko’nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo’ladi.

Insho mazmun-mohiyatiga ko’ra 3 turli bo’ladi:

1. Adabiy mavzudagi insholar.

2. Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar.

3. Erkin mavzudagi insholar.



Adabiy mavzudagi insholarga adabiyot darsligida qayd qilingan, o’qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzular asosida yoziladigan insholar kiradi.

Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholarga adabiyot darslarida o’tilgan ma’lumotlarga o’quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) qo’shib ifodalanadigan insholar kiradi.

Erkin mavzulardagi insholar adabiyot fani dasturida qayd etilmagan mavzularda yoziladi. Boshqacha aytganda, o’quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi insholar erkin mavzudagi insholardir.

33-MASHQ.Adabiyot darsida yaqinda o’tilgan biror badiiy asar qahramoni haqida insho mavzusini tuzing.

34-mashq.”Inshoning turlari va ularning xususiyatlari”mavzusida o’g’zaki ma’ruza uchun matn tayyorlang va unu ifodali bayon qiling.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Savollarga javob bering

1. Insho nima? Hozirgi tilimizda insho so’zi qanday ma’noda qo’llanadi?

2. Inshoda uni yozgan muallifning qanday xislatlari ko’rinadi?

3. Insho necha turli ko’rinishda bo’ladi?

4. Qanday insholarni adabiy mavzudagi insholar deymiz?

5. Adabiy-ijodiy inshoning adabiy inshodan farqi nimada?

6. Erkin mavzudagi insholarga qanday talablar qo’yiladi?
V. Uyga vazifa 13-topshiriq

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.


O’IBDO’: Sh.Ma’murova

«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
13-dars INSHO REJASI

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

35-MASHQ. Matnni o’qing va mazmunini og’zaki bayon qiling.

Tartib-taraqqiyot va rivojlaninsh asosi.Kunning tunga,tunning kunga aylanishi,oy va fasllarning ,yil va asrlarningalmashinuviva tartibning yorqin namunasidir.

Tartib bor joyda muvaffaqiyat bo’ladi.Tartibli bajarilgan har qanday ish yaxshi natijalarni beradi.Insonning tartibli faoliyati-rejali ish yuritish.Tartibli inson har bir ishini –mehtandan tortib sarf –xarajatgacha reja asosidaamalga oshiriladi.

Shuning uchun xalqimiz reja va rejalashtirishning hayotimisdagi ahamiyatini “Rejasiz ish-qolipsiz g’isht” degan maqol bilan bejiz ifodalangan.Qolipsiz yasalgan g’isht sifatsiz-qing’ir-qiyshiq bo’ladi.

Insho yozish ham faoliyat,aniqrog’i,nutqiy faoliyat.U ham reja asosida amalga oshiriladiInshoni yozishga tayyorgarlik jarayoni ham ,inshoning o’zi ham rejasiz amalga oshirilsa,u sifatsiz chiqishi muqarrar.

Demak,insho yozish uchun tayyorgarlik jarayoni qat’iy reja asosida amalga oshiriladi. Inshoning o’zi ham puxta reja asosida yozilishi lozim.

Har qanday ijodiy ish kabi insho kabi insho rejasi ham uch qismdan iborat bo’ladi.

1.Kirish.

2.Asosiy qism

3.Xulosa

Alisher Navoiy –g’azal mulkining sultoni

1.Kirish.Alisher Navoiy –buyuk mutafakkkir va atoqli shoir

2.Asosiy qism:

1.Alisher Navoiyning oshiqona g’azallari

2. .Alisher Navoiyning orifona g’azallari

.Alisher Navoiyning rindona g’azallari

3.Xulosa.Alisher Navoiy g’azallari-o’zbek she’riyatining mezoni.

36-mashq. Quyidagi gaplarni tartibga keltirib,insho mavzusini va rejasini hosil qiling. Rejada uning qismlari to’liq aks etgan.

1.Uvaysiy chistonlari –aql charxi. 2.Uvaysiy chistonlarida o’xshatish usulining qo’llanilishi .3.Uvaysiy chistonlarining mavzuviy ko’lami.

37-mashq.Berigan izohlarda muqarrar,chiston,mantiq,fasl so’zlarining ma’nosini aniqlab ,lug’at daftaringizga ko’chiring va eslab qoling.

1)gap;fikr,harakat kabilarning aqlga monandligi;2)vujudga kelishi aniq .shubhasiz,turgan gap.3)narsa yoki hodisaning muhim belgilarinitavsiflab,nimaliginitopishni o’quvchiga havola etadigan she’riy shakl.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Savollarga javob bering

1. Insho nima? Hozirgi tilimizda insho so’zi qanday ma’noda qo’llanadi?

2. Inshoda uni yozgan muallifning qanday xislatlari ko’rinadi?

3. Insho necha turli ko’rinishda bo’ladi?

4. Qanday insholarni adabiy mavzudagi insholar deymiz?

5. Adabiy-ijodiy inshoning adabiy inshodan farqi nimada?

V. Uyga vazifa 38-mashq

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling