«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


Qaysi holda ergash gap bosh gapdan oldin keladi?


Download 1.27 Mb.
bet7/12
Sana30.11.2020
Hajmi1.27 Mb.
#155960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-konspekti (1)


17. Qaysi holda ergash gap bosh gapdan oldin keladi?

A) tarkibida sabab bog’lovchilari bo’lsa B) tarkibida maqsad bog’lovchilari bo’lsa



C) kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalansa D) tarkibida qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari bo’lsa

18. Maqsad ergashtiruvchi bog’lovchisini toping.

A) basharti B) toki C) chunki D) mabodo



19. Bosh gapda ifodalangan mazmunning qaysi belgisini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko’makchili qurilmalar vositasida bog’lanadi?

A) maqsadini B) sababini C) shartini D) natijasini



20. Ko’makchili qurilmalar qo’shma gapning qaysi qismi tarkibida bo’ladi?

A) ergash gap tarkibida B) ergash gap va bosh gap tarkibida C) bosh gap tarkibida

D) bunday qurilmalar qo’shma gap tarkibida umuman uchramaydi

21. DEB so’zi yordamida ergashgan qo’shma gaplarda ergash gapning kesimi qaysi shaklda bo’ladi?

A) II shaxs buyruq mayli shaklida B) III shaxs maqsad mayli shaklida

C) II shaxs maqsad mayli shaklida D) III shaxs buyruq mayli shaklida

22. DEB so’zi yordamida ergashgan qo’shma gaplarda qaysi ko’makchiga ma’nodosh bo’ladi?

A) qaramay B) uchun C) yarasha D) binoan



23. Shart mayli vositasida ergashgan qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapdan qanday tinish belgisi yordamida ajratiladi?

A) tire B) nuqtali vergul C) vergul D) ikki nuqta



24. Kesimi fe’lning shart mayli shakli bilan ifodalangan ergash gaplar qanday ma’nolarni ifodalaydi?

A) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini

B) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik paytini

C) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik sababini hamda maqsadini D) A va B



25. Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga nima orqali bog’lanadi?

A) -ki yuklamasi orqali B) shart mayli qo’shimchasi orqali C) deb so’zi orqali D) ko’makchili qurilmalar orqali

V. Uyga vazifa GAP TUZISH

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________

« Ona tili» 8–sinf
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»

28-dars GAPNING IFODA MAQSADIGA KO’RA TURLARI
Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8 -sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish

b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

32-topshiriq. Matnni o’qing.

KO’RNING JAVOBI

Sayyor ismli ko’rarablar orasida eng mashhur ekan.Bir kuni ko’chada unga tegishib:

-Hoy,Sayyor,Xudodan tili,ko’zing evaziga biror nima bersin,-debdi.

-So’radim-berdi,debdi,-debdi ko’r

-Nima berdi?

-Senga o’xshagn ahmoqlarning basharasini ko’rmaslikni!


33-topshiriq.Matndagi gaplarni uch guruhga ajrating.

  1. xabar anglatuvchi gaplar

  2. so’roq anglatuvchi gaplar

  3. buyurish ,undashni anglatuvchi gaplar

34-mashq.Berilganjadval mazmuninimatnda ifodalang va qoidanieslab qoling.



Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

Darak gap

So’roq gap

Buyruq gap

Istak gap

















Bilib oling. Har bir gapda ma’lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So’zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi, yoki o’ziga noma’lum bo’lgan narsa va voqea-hodisalar to’g’risida ma’lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo’yicha buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlarga ko’ra turlicha quriladi: o’ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo’lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi.

Ifoda maqsadiga ko’ra gaplar: 1) darak gaplar, 2) so’roq gaplar, 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplarga bo’linadi.

Darak, so’roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig’iq va yoyiq, sodda va qo’shma gap shaklida bo’lishi mumkin.
2- topshiriq. Namoyish qilindi, tomosha qildingizmi, o’qib chiqing, bilsa edi fe’l shakllarini kesim vazifasida qo’llab gaplar tuzing va ularni gapning ifoda maqsadiga ko’ra qaysi turiga kirishini ayting.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.


  1. Gaplar ifoda maqsadiga ko`ra necha turga bo`linadi?

  2. Gaplar ifoda maqsadiga ko`ra turlari nimasiga ko’ra farqlanadi?

V. Uyga vazifa 35- - mashq

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________

«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»

29-dars Mumtoz matn va lug’atlar bilan ishlash

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

  2. tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

  3. rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8 -sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

Talab vodiysi

(davomi)

Ollingga kelsa agar pili damon

Ko’rgosen pashsha hamon-u pil hamon.


Gar yo’lungni tutsa yuz sher-u palang,

Bo’lg’ay ollingda nechukkim mo’ri lang


Ajdohodin yetmagay ko’ngulda ranj,

O’yla bo’lmish bo’lg’ay ul ash’uf ganj.


36-topshiriq.Matnni aruz qoidalriga mos holda ifodali o’qing.

75-mashq.Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so’zlarning ma’nosini aniqlab ,lug’at daftaringizga ko’chiring va yodlang :

1)mast; qutirgan fil;2) yo’lbars; 3) cho’loq chumoli; 4)kofirlik, dindan qaytganlik
37-topshiriq. She’riy parchani oldingi darslardagi qismi bilan taqqoslang hamda talab vodiysi haqida xulosa chiqaring.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.


  1. Gaplar ifoda maqsadiga ko`ra necha turga bo`linadi?

  2. Gaplar ifoda maqsadiga ko`ra turlari nimasiga ko’ra farqlanadi?

V. Uyga vazifa 38- - mashq.Matnni yod oling

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________


«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»

30-dars Gapning tuzilishiga ko’ra turlari

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

  2. tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

  3. rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8 -sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

39-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing.

BIR SAHIFA SHARHI”

O‘tmishda mashhur bir kishi yolg‘iz o‘g‘lini uylantirish taraddudiga tushibdi. Doshqozonlarda osh damlanib, uzoq-yaqindan mehmonlar kelisha boshlabdi. Yigit kuyovnavkarlar bilan kelinni olib kelish uchun karnay-surnay sadolari ostida yo‘lga tushibdi. U kelinning ostonasiga qadam qo‘yishi bilan nima bo‘libdi-yu, holsizlanib yiqilibdi. Sanoqli daqiqalarda behush bo‘lib, jon beribdi. Qiyomat qoyim bo‘lib, qiy-chuv boshlanibdi...

...To‘yga atalgan osh janozaga tarqatilibdi.

Yaratganning bu ishidan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan ota davrining mashhur donishmandi huzuriga borib, voqeani so‘zlab beribdi va sababini so‘rabdi. Shunda donishmand:

Boravering, tushingizda ayon bo‘ladi, ertaga tongda kelasiz, – debdi.

Saharmardonda kelgan otaning ahvolini bayon qilishga til ojiz edi.

Donishmand so‘rabdi:

– Xo‘sh, ayon bo‘ldimi?

Qayoqdan ayon bo‘lsin, axir, men uxlamadim, – deb javob beribdi ota.

Shunda donishmand debdi:

– Unday bo‘lsa, quloq soling. Menga ayon bo‘ldi. Tushimda bir kutubxonaga borgan emishman. Bir kitobni o‘qimoqchi bo‘libman. Kutubxonachi kitobni berar ekan, ming istihola bilan qo‘shib qo‘yibdi:

– Bu kitob dunyo bo‘yicha yagona nusxada. Uzoq yurtlardan tolibi ilmlar biri uch oy, boshqasi olti oy yo‘l bosib kelib, uni o‘qiydilar. Ammo kitobning eng muhim fikr yozilgan asosiy bir sahifasi yo‘q – qaysidir nobakor uni yirtib olgan. Musofir tolibi ilmlar ushbu sahifadagi bebaho fikrdan bahramand bo‘lolmay, ming afsus-nadomatlar bilan qaytib ketadilar...

Sarosimaga tushgan ota boshiga osmon qulagandek behush yiqilibdi. Bir amallab hushiga keltirishgach, o‘ziga kelib, siniq ovozda hikoyasini boshlabdi:

– Ha, o‘sha nobakor menman. Yosh talaba edim. Kutubxonada bu noyob kitobni mutolaa qilayotgan edim.

Savol va topshiriqlar:

1. Sodda gap deb qanday gapga aytiladi?

2.Qo`shma gap nechta kesimdan iborat bo`ladi?

3.Sodda va qo`shma gapning farqini ayting.

4.Qo`shma gapni qanday qilib sodda gapga aylantirish mumkin?

Uyga vazifa

80--mashq. Berilgan sodda gaplarni qo‘shma gapga aylantirib, qo‘shma gaplarni esa sodda gaplarga ajratib ko‘ring.
O’quv ishlari bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________

«Ona tili» 8-sinflar uchun

8-« » «_____________» 8-« » «_____________»

31-dars MATN VA LUG’ATLAR BILAN ISHLASH

Darsning maqsadi:


  1. ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

  2. tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

  3. rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;



Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :

– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.



Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8 -sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu
29.1-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing.

TILSHUNOS VA QAYIQCHI

Bir kun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirg`oqqa o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi:

− Sen hech nahv o‘qiganmisan?

− Yo‘q men johil bir qayiqchiman.

Olim:

− E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak, yarim umring behuda o‘tibdi, − deya achinib qayiqchiga qaradi.



Shu vaqt dovul turdi. Keyin dengizning o‘rtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasida edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi:

− Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?

Yo‘q javobini olgan qayiqchi:

− Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘kadi. Yaxshi bilginki, bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra, − dedi.

(Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”)

29.1-mashq. Matnga mos reja tuzing. So‘zlarni ma’nodoshi bilan almashtiring. Bunda ma’nodosh so`zlar lug`atidan foydalaning. Reja asosida matnni ravon nutq bilan og`zaki hikoya qiling.

29.2-topshiriq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nosni aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yodlang: 1) tilning sintaktik qurilishi haqidagi soha; 2) o‘qimagan, savodsiz kishi; 4) kuchli shamol; 5) yomg‘ir aralash kuchli shamol; 6) daf qilish, yengish.

29.2-mashq. Quyidagi matnni o`qing. Matndan chiqargan xulosangizni yozma ravishda 2-3 jumlada ifodalang. Fikringizni ifodalashda matndagi so`zlarni ma’nodoshi bilan almashtiring.

ORTIQCHA ODAM

Buzurgmehrdan so`rashibdi:

− Inson uchun eng zarur narsa nima?

− Tug`ma zehn.

− Tug`ma zehn bo`lmasa-chi?

− Odob va ilm o`rgansin.

− O`rganolmasa-chi?

− Xushmuomala bo`lsin – bu ham odamning ziynati.

− Eplolmasa-chi?

− Bunaqa tiriklikdan o`lim afzal: ham odamlar undan qutuladi, ham o`zi o`zidan qutuladi.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling