Ona tili adabiyоt o‘zbek tili


-mavzu. Mustaqillik davri dramaturgiyasi (2soat, B1+:1soat)


Download 1.41 Mb.
bet34/133
Sana20.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1103706
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133
Bog'liq
1-жилд Она тили, Адабиёт, Ўзбек, Рус (ўзбек), Рус (рус),Литература, Хорижий тил-ДТС ва дастур

34-mavzu. Mustaqillik davri dramaturgiyasi (2soat, B1+:1soat)
Hozirgi o‘zbek dramaturgiyasi jahon va milliy dramaturgiyamizning eng yaxshi an’analarini davom ettirayotganligi. Bu jarayonda qalamkashlarning tutgan o‘rni.
Hozirgi o‘zbek adabiy jarayonida hayotni, voqelikni nisbiy tugallangan, mafkuraviy baholangan kesimlarda emas, balki davom etayotgan jarayon sifatida aks ettirish tamoyilining yetakchilik qilishi. Hozirgi o‘zbek adabiyotiga xos ikkinchi estetik tamoyil adabiyotning bosh predmeti bo‘lmish insonni faqat salbiy yoki ijobiy nuqtai nazardan emas, balki borligicha – bir butun va yaxlit holda badiiy tadqiq etishdan iboratligi. Hozirgi adabiyotimizda voqelikni kitobxonga tayyor xulosalar tarzidaetkazib berish asosiy tamoyil emasligi.



  1. Jahon adabiyoti (5 soat, B1+:4 soat)

35-36-mavzu. A.P.Chexov. “Hikoyalar” (2 soat, B1+:2 soat)
A.P.Chexov rus adabiyotining taniqli vakili. Uning hikoyalarida inson tabiatining xilma-xil qirralarining tasvirlanishi. Yozuvchining “Xameleon”, “G`ilof bandasi” hikoyalari talqini va undagi yetakchi qahramonlar tavsifi. A.P.Chexovning hikoyachilikdagi o`ziga xos mahorati.


37-39-mavzu. Rishod Nuri Guntekin. “Choliqushi”romani(3 soat, B1+:2 soat)
Rishod Nuri Guntekinning hayoti va ijodi. “Choliqushi” romanida tasvirlangan muhit. Feride obraziga xos bolgan insoniy fazilatlar. Adibning tasvirlash mahorati.


Xulosa
XX asr o‘zbek adabiyotining estetik saboqlari, erishgan yutuqlar va nuqsonli jihatlar. Ikki ming yillik o‘zbek adabiyotining XX asrda jahon adabiy jarayonining tarkibiy bir qismiga aylanganligi va o‘zga xalqlar badiiy tajribalari bilan aloqadorlikda taraqqiy etishi. Asr so‘ngida istiqlol davri adabiyotning vujudga kelishi va uning tarixiy-estetik ahamiyati.


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:


Adabiy-nutqiy kompetentsiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):
B1
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy adabiy manbalarga mos videotasvirlarni, elektron dars ishlanmalar, slayd-taqdimotlarni ko‘rib, eshitib; ta’lim beruvchining mahruzasini tinglab tushuna oladi;
tavsiya etilgan adabiy manbalar (nasriy, she’riy asarlar va ulardan parchalar)ni mazmunini idrok etgan holda ifodali o‘qiy oladi;
tavsiya etilgan adabiy matnlarning syujetini qayta hikoyalay oladi;
asardagi qahramonlarning o‘ziga xos sifatlari va ularga bo‘lgan munosabatini tushuntira oladi;
adabiy til me’yor lariga rioya qilgan holda to‘g‘ri va tushunarli so‘zlay oladi, o‘z fikrini boshqalarga yetkaza oladi;
xalq maqollari, matallari, ibora, hikmatli so‘zlardan og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli foydalana oladi;
taqdim etilgan asar qahramonlariga yozma va og‘zaki tarzda ixcham tavsif bera oladi;
manbalar asosida turli mavzularda insho va ijodiy matnlar (5-8 sahifa) yoza oladi;
turli janr va hajmdagi 14-16 ta she’riy va nasriy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi.
B1+
adabiyot va uning muayyan davri, janri haqida keng tushuncha, tasavvurlarni tushuntira oladi.
turli janr va hajmdagi 16-18 ta ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali ayta oladi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling