O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
B1
mediamanbalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topadi, saralab, qayta ishlay oladi;
B1+
mediamanbalardan olingan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlay oladi, mediamedaniyatga ega bo‘ladi.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
B1
egallagan bilimlari asosida o‘zining hayotiy tajribasini, intellektini muntazam oshirib bora oladi;
B1+
o‘z xatti-harakatini va atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni tanqidiy baholay oladi, kelajakka qarab intila oladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
B1
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarda faol ishtirok eta oladi;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini biladi va unga rioya qila oladi.
B1+
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda muomala madaniyatga rioya qila oladi, kasbni ongli ravishda tanlay oladi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
B1
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘la oladi;
orasta kiyinish, madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qila oladi.
B1+
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarni biladi, unga hurmat bilan munosabatda bo‘la oladi;
o‘zgalarning dunyoqarashi, milliy va etnik hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qila oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
B1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan oilaviy, kasbiy rejalarni tuza oladi, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi va inson mehnatini yengillashtirish maqsadida ulardan foydalana oladi.
B1+
aniq hisob-kitoblarga asoslangan oilaviy, kasbiy, va iqtisodiy rejalarni tuza oladi, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘ladi va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ulardan samarali foydalana oladi.
Mavzularni o‘rganish uchun - 48 soat (B1+: 74 soat)
Nazorat ishlari uchun - 8 soat
Xatolar ustida ishlash uchun - 4 soat
Sinfdan tashqari adabiy o‘qish uchun 8 soat (B1+: 16 soat)
Jami: 68 soat (B1+: 102 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |