Ona tili darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkillashtirish usullari
Download 18.38 Kb.
|
Ukibayeva Sanimxan Toymagambetovna bu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Ukibayeva Sanimxan Toymagambetovna Ajiniyoz nomidagi NDPI. Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 2-bosqich magistranti “ONA TILI DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKILLASHTIRISH USULLARI” Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tildan sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli innovatsion qilib o’tkazishning nazariy asoslari tahlil qilindi.Ona tili fanida qo’llaniladigan metodlar batafsil berilgan. Kalit so’zlar: Aqliy hujum, меtod, uslub, tushuncha, motiv, g’oya, . Ona tilidan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlatlarni tushunamiz. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Ona tilidan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam o‘n minutliklardir. O‘n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o‘quvchilari ishtirokida xaftada bir marta uyushtiriladi. O‘quvchi o‘n minutlik uchun shunday, mashq va o‘yinlar tanlashi kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo‘lsin, lekin o‘quvchilarning aktivligini oshirsin, o‘quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo‘naltiruvchi vosita bo‘lib qoolsin. O‘n minutlikni faqat sinfda o‘tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar bilan tevarak – atrof va tabiatdagi mutanosiblikni sekin –asta mushohada qilish asosida o‘tkaziladi. Qiziqarli ona tili soatlari. Mashg‘ulotlarning bu turi nisbatan ko‘proq vaqtga mo‘ljalangan bo‘lib, qiziqarli o‘yin, qiziqarli o‘yin, sonli topishmoqlar, she‘riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalardan tarkib topadi. Bunday mashg‘ulotlatlar o‘quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan o’tkazilishi mumkin. Unda o‘quvchilarning o‘zlari tashabbus ko‘rsatishlariga erishmoq kerak. Ona tili to‘garagi sinfdan tashqari ishlarning eng ommalashgan turi. To‘garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi ona tili to‘garagida qatnashadigan o‘quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o‘qituvchiga qiyinchilik tug‘diradi va o‘quvchilar to‘garakda aktiv ishtirok eta olmaydilar. To‘garak a‘zolarining soni ko‘payib ketsa, ularni ikki guruhga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Guruhlar bilan bir hafta, ikkinchisi bilan ikkinchi hafta shug‘ullanish mumkin. Mashg‘ulot 30 – 40 minut davom etsa yetarli. Ma‘lum vaqt oralig‘ida guruhlarni qo‘shib mashg‘ulot o‘tkazish va mashg‘ulotlarni musobaqa yoki viktorina o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ona tili to‘garagi mashg‘ulotini sentabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab (birinchi sinf uchun ikkinchi yarim yillikdan,) may o‘yining birinchi yarmida yakunlash mumkin. To‘garak ishlarini boshlashdan oldin o‘qituvchi kamida 3 – 4 mashg‘ulotga yetadigan material tayyorlab, uni rejalashtirish va to‘garakni tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Ona tili to‘garagida o‘rganiladigan material mazmuni va xajmini chegaralab qo‘yish qiyin. Bunda maktab sharoiti va o‘qituvchining tayyorgarligiga qarab to‘garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallarni o‘rganish mumkin. Ona tili to‘garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o‘quvchilarni to‘garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg‘ulotlarning ro‘li katta. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, dastlabki mashg‘ulotlarning ko‘p qismini qiziqarli matematikaga ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi mashg‘ulotlarda qiziqarli ona tilidan boshqa materillarga qiziqish kamayadi, natijada o‘quvchilar to‘garakdan soviy boshlaydi. Shuning uchun dastlibki mashg‘ulotlarda ham, keyingi mashg‘ulotlarda ham qiziqarli materiallar hajm jihatdan barobar ma‘quldir.Sinfdan tashqari ish tashkilotchisining umumpedagogik mahorati ham bu ishning sifatiga va ilmiy metodik darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. O‘qituvchining shaxsiy malakasi ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli sinfdan tashqari ish har bir o‘qituvchini qanoatlantiradigan aniq uslubiy ko‘rsatmalar berishi qiyin. To‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish sinf darslariga yaqin. Sinfdagi va sinfdan tashqari ishlarning o‘xshashligi jamoa o‘quv ishini tashkil qilish formasi bilan aniqlandi, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar guruhi bilan mashg‘ulot olib boradi, zaruriy tushunchalarni beradi, o‘quvchilardan so‘raydi va h. Bu yerda o‘quvchilarga katta tashabbuskorlik berish maqsadga muvofiq, ularga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan mulohazalarini bemalol aytish uchun to‘la imkoniyat berish kerak. Bunda o‘quvchilarni matematik tilda gapirishga o‘rgata borish, ularni matematik nuqtalari (og‘zaki nutq va yozma nutq) ustida ishlashi ham eng muhim pedagogik vazifalardan biridir. Bundan tashqari to‘garaklarda to‘garak kutubxonasi, ona tili burchagi tashkil qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib boorish maqsdaga muvofiqdir. Bu ishlarni yaxshi tashkil qilish uchun sharoitga qarab, chorak dasturlari, yarim yillik matematik va taqvimiy dasturlari tuziladi. 1. Tayyorlov bosqichi. Bunga 1-yarim yilligida o`quvchilarni badiiy kitoblar bilan tanishtirish, badiiy asardan zavq ola bilishi, uni mustaqil o`qishga havas uyg`otish, o`qish texnikasi yuzasidan izchil tushunchalar berib borish, to`g`ri talaffuzga o`rgatish masalalar kiritildi. 2. Ilk mutoala bosqichi. Bu bosqichga 1-2-sinf o`quvchilarini badiiy kitoblar bilan tanishtirishdan mustaqil mutolaaga, tez, to`g`ri, ravon va ifodali o`qishga, o`qiganlari yuzasidan o`z taassurotlarini shakllantirishga oid masalalar kiritildi 3. Mustaqil mutolaa bosqichi. Bu bosqichga 3-4-sinf o`quvchilarining badiiy asar mutoalasi bo`yicha dastlabki ikki sinfda egallagan ko`nikma va malakalari asosidagi kitobxonlik madaniyati darajasi, chunonchi, asar mavzusini to`g`ri belgilash, sujet voqealari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlash, adabiy qahramonlarning xatti-harakatiga o`zining shaxsiy munosabatini bildirish, tegishli xulosalar chiqarish, so`z zahirasini boyitish, badiiy asardan olgan taassurotlari asosida og`zaki hikoya tuzish, bayon, insho, taqriz, annotatsiya, tezis kabi yozma ijodiy ishlar yozish bilan bog`liq masalalar kiritildi. “Fikriy hujum’’ odatda og’zaki shaklda bo’lib o’tadi o’qituvchi savol beradi, o’quvchilar esa munozaraga tushmasdan o’z fikrini galma-gal bayon qilishadi, bunda hamma o’z fikrini aytib bo’lishi kerak; - g’oyalarning hammasini barchaga namoyish qilib ko’rsatib qo’yilmaguncha ularni muhokama qilmaslik nihoyatda muhim; - jarayonining tartibi va maqsadini o’quvchiga tushuntirib qo’yish lozim; - g’oyalar ro’yxati kimdagi uzunroq bo’lsa o’sha yaxshi hisoblanadi. O’rta umumta’lim maktab o’quvchilari ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash uchun o’qituvchi va tarbiyachilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlar imkoniyatidan keng ravishda foydalanadi. infdan tashqari ishlarga turli anjumanlar, kechalar, o’tkir zehnlilar musabaqasi, ekskursiyalar o‘tkazish, kinoteatrlarga borish, zavod va fabrikalarga ekskursiya tashkil etish, devoriy gazetalar chiqarish va boshqalar kiradi. Sinfdan tashqari ishlar ikki turga bo’linadi: ta’limiy va tarbiyaviy. Sinfdan tashqari ta’lim ishlariga maktabda ma’lum fan yuzasidan tashkil etiladigan ishlar:to’garaklar, olimpiyadalar va kechalar kiradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsadi va vazifasi o’quvchilarning axloqiy, mehnat, estetik tarbiyasini yaxshilashdir. Sinfdan tashqari ishlar o’quvchi qobiliyatini rivojlantiradi, o’qishga bo’lgan havasini oshiradi va ular shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyat tug’diradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular maktab bilan hayot aloqasini mustahkamlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish san’atkorlar, ishchilar, olimlar, dehqonlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. O’quvchilar turli sohada ishlayotgan kishilar bilan tanishib, ular kabi vatanga, xalqqa xizmat qilish istagi paydo bo’ladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ixtiyoriy xarakterga ega. Bolalar bunday ishlarga o’z xohishlari bilan ishtirok etadilar. Bir kishi bir necha tadbirlarda ham qatnashishi mumkin. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish tog’ri emas. Ular o’z xohishlari va qobiliyatlari asosida chora tadbirda ishtirok etishlari mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. ГМ Сайфуллаев, ЛХ Алимова, БОУ Ходиев. Формирование и развитие ихтиофауны водоемов низовьев р. Зарафшан. Вестник науки и образования, 22-25. 2. ГМ Сайфуллаев. Биология и хозяйственное значение промысловых хищных видов рыб, проникших из реки Амударьи в водоемы низовья бассейна реки Зарафшан. 3. ЛХ Алимова, СМ Гафарова, ГМ Сайфуллаев. Нарушение обмена энергии в митохондрии печени при гелиотринном гепатите. Вопросы науки и образования, 14-15. Download 18.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling