Ona tili fanidan 5-sinflar uchun tuzilgan test savollari Imlo qoidalariga mos ravishda yozilgan so'zlar qatorini toping


Download 36.5 Kb.
Sana14.03.2020
Hajmi36.5 Kb.

Ona tili fanidan 5-sinflar uchun tuzilgan test savollari
1. Imlo qoidalariga mos ravishda yozilgan so'zlar qatorini toping.

a) mudofa, gramm, mo'tabar b) taalluqli, kamolot, inshoot

c) miqiyos, me'yor, muomala d) qit'a, tamosha, sahovat
2. O'zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

a) 1994-yilning 24-avgustida b) 1999-yilning 3-avgustida

c) 1989-yilning21-oktabrida d) 1993-yilning 2-sentabrida
3. Qo'shib yoziladigan qo'shma so'z qaysi qatorda berilgan?

a) hech qachon b) har qanday

c) bir zumda d) qo'zi qorin
4. Bog'lovchilar berilgan gapni toping.

a) hatto, faqatgina b) aloqa, tarmoq, ulamoq

c) uchun, bilan, sayin d) hamda, chunki, biroq
5. Fe'l kesim berilgan qatorni toping.

a) Yaxshi niyat-yarim mol. b) Jo'jani kuzda sanaydilar.

c) Jahl - dushman, aql-do'st. d) A va c qatorlarda
6. Hollar qanday so'roqqa javob bo'ladi?

a) kim? nima? b) nima? nimaga?

c) qanday? qanaqa? d) qayerda? qachon?
7. Til undoshlari ishtirok etgan qatorni toping.

a) sado, dala b) gilam, choynak c) sharq, g'arb d) eshik, qaymoq


8. Yangi paydo bo'lgan so'zlar qaysi javobda berilgan?

a) hozirgi, yangilik, paydo b) chechak, televizor, radio

c) internet, kollej d) zavod, avtobus, termometr
9. Undalmalar gapning qayerlarida kelishi mumkin?

a) boshida b) o'rtasida

c) turli joylarida d) oxirida
10. Shaxs«-son qo'shiniehalari berilgan qatorni toping?

a) -gach, -kach, -qach b) -yotir, -yapti, -moqda

c) -di, -gan, -gan edi d) bunday qator berilmagan
11. Eskirgan so'zlar qatorini belgilang.

a) Ko'hna, eski, oldingi b) rayon, paranji, qozi

c) viloyat, respublika, jamoa d) tushuncha, omad, hozirlik
12. Burun undoshlari ishtirok etgan qatorni toping.

a) b,p,m b) m,n,ng c) v,f,k d) q,g',x


13. Nutq a'zolari berilgan qatorni toping.

a) burun, o'pka, ko'z b) til, quloq, tish

c) un paychalari, o'pka, bo'g'iz d) yurak, lab, til
14. Qaysi qatordagi so'zlarning oxirida ikkita bir xil undosh tovush ishlatilishi lozim edi?

a) do's, g'ish b) tanqid, ma'lum c) gram, metal d) bolajon, qizcha



15. Qaysi qatordagi so'zlarda nuqtalar o'rniga a harfi qo'yilishi lozim?

a) z...mon, h...mon b) h...li, h...zir

c) k...mil, k...mol d) q...drdon, z...lim
16. O'zbek tilida nechta unli tovush va unli harf bor?

a) 5 tovush, 5 harf b) 6 tovush, 10 harf

c) 6 tovush, 6 harf d) 7 tovush, 6 harf
17. Yozilishi va aytilishi bir xil, ma'nosi bar xil bo'lgan so'zlarga qanday so'zlar deyiladi?

a) shakldosh so'zlar b) ma'nodosh so'zlar

c) zid ma'noli so'zlar d) paronimlar
18. Uyadosh so'zlar qatorini toping.

a) olma, nok, behi, oy b) kitob, daftar, yulduz, ruchka

c) oila, aka, uka, buzoq d) quyosh, oy, yulduz, osmon
19. Lug'atlarga so'zlar qanday tartibda joylashtiriladi?

a) o'zakka qarab b) faollik darajasiga ko'ra

c) qo'shimchalariga qarab d) alifbo tartibida
20. Urg'u yordamida ma'nosi farqlanadigan so'zlar qatorini toping.

a) sizlar, bizlar b) tog'lar, uylar c) qo'llar, bog'lar d) bolalar, do'stlar


21. -mi, -chi, -a, -ya, -ku, -da qo'shimchalariga qaysi qatorda to'g'ri ta'rif berilgan?

a) ot yasaydi b) sifat yasaydi c) yuklama d) ravish yasaydi


22. Sintaksis nimani o'rgatadi?

a) nutq tovushlarini

b) imlo qoidalarini

c) so'zlarning bog'lanishi, gap va uning turlarini

d) so'z va uning xususiyatlarini
23. Qaysi qatordagi gapda sifatlovchi aniqlovchi ishlatilgan?

a) Dangasaning vaji ko'p.

b) Oq oltin hosili mo'l bo'ldi.

c) Anvarjon xorijga o'qishga ketdi.

d) Iste'dodli o'quvchilar taqdirlandi.
24. Uyushiq bo'lakli gap berilgan qatorni toping.

a) Baxtning kaliti o'z qo'lingda.

b) Keng, shinam xonalarda o'qiymiz.

c) Maktabimiz binosi yangi qurilgan.

d) Mehribon saxiy quyosh yerga beminnat o'z nurini to'kmoqda.
25. Ot deb nimaga aytiladi

a) Predmetni sifatini bildiradi b) Shaxs va predmetni harakatini bildiradi



c) Shaxs va predmetni sonini bildiradi d) Shaxs va predmetni nomini bildiradi
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling