Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
82.Qaysi qatordagi ko’plik ma’nosi leksik-morfologik usul bilan hosil bo’lgan ?
A) Biz bog’dan savat-savat olma terdik . B) Nigora o’nta qalamidan uchtasini ukasiga berdi. C) Musobaqada ancha bolalar qatnashdi. D) Uning orzulari bisyor edi. 83.Qaysi gapdagi qaratqich kelishigi qo’shimchasini chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ? A) Mening quloqlarim uzoqdagi gapni ham eshitadi . B) Davrada o’tirganlarning biri muhokamani boshladi . C) Haq ishning qaror topishiga ishonamiz . D) Mexanik–haydovchilar mashinalardan unumli foydalanib, agregatning ish unumini oshirdilar . 84. Sifatdan yasalgan otlarni begilang . 1. odamgarchilik 2. namgarchilik 3. kosibchilik 4.bo’zchilik 5.bemazagarchilik A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 5 D) 5 85.Otlashgan so’z qo’llangan gapni toping . A)Yaxshilik insonning eng oliy fazilatidir . B) O’qigan bola hayotda qoqilmaydi . C) Majlisdan ko’pchilik ketib qoldi . D) Odamlarni yalqovlargina mehnatdan sovutishi mumkin . 86. Avval o’zingga boq , keyin nog’ora qoq . Ushbu maqolda qaysi kelishik qo’shimchasi belgisiz qo’llangan ? A) qaratqich kelishigi B) jo’nalish kelishigi C) tushum kelishigi D) kelishik qo’shimchasi belgisiz qo’llanmagan 87.Do’konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda . Ushbu gapdagi ko’plik qo’shimchalari qanday ma’noni ifodalamoqda? A) hurmat ma’nosini B) grammatik ma’no va tur ma’nosini C) tur ma’nosini D) umumlashtirish va jamlash manosini 88. Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga -lik qo’shimchasi qo’shiladi . A) Yaxshi va xayr … ishning birortasini kichik sanamang . B) Suv so’ragan kishining idishiga chelakdan suv quyib berish bilan bo’lsa-da ezgu ... qiling C) Yaxshi odam beg’ubor , keng fe’l... bo’ladi. D) Sovuq mijoz... kishilar o’rikni asal bilan yeyishlari kerak. 89. SHu sevinch ikkovlariga ham kuch-g’ayrat, dadillik bag’ishladi . Ushbu gapda nechta mavhum ot bor? A) 5ta B) 4ta C) 3ta D) 2ta 90.Faoliyat-jarayon otlarini belgilang . 1.uzumchilik 2. tintuv 3. soylik 4.bog’bon 5.soat 6.o’qituvchilik A) 1, 6 B) 1, 3 , 4, 5 C) 1, 2, 6 D) 2, 5, 6 91.Qaysi qatorda faqat birlikda qo’llanadigan otlar berilgan ? A) baxt, chidam, ong B) guruch, suv, qum C) oyoq, qo’l, quloq D) barcha javoblarda 92.Egalik qo’shimchasini olgan ot qaysi kelishikda turlangan so’zni talab qiladi ? A) bosh kelishikda B) qaratqich kelishigida C) tushum kelishigida D) jo’nalish kelishigida 93.Juft otlar qanday tuziladi? 1.bir-biriga zid ma’noli so’zlardan 2.bir-biriga paronim so’zlardan 3.bir-biriga ma’nodosh so’zlardan 4.bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan A) 1, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 94.Ko’plik qo’shimchasi olmaydigan otlarni belgilang . A) Samarqand , Guli, Majnun B) ish, terak, hovuz C) chol , guruh, yil D) kostyum, qog’oz, baliq 95.Ko’plik qo’shimchasi taxmin , chama ma’nolarini ifodalagan so’zlarni toping . A) Uning taxminlari to’g’ri chiqdi . B) Domlalarimizning yumushlari ko’payib, bizga vaqt ajratolmayaptilar. C) Munavvarning orzulari behisob, barchasini amalga oshirishni istaydi . D) Yoz oylaridagina qo’lim bo’shaydi, o’shanda qurilishni boshlayman . 96. Sifat turkumi asosida paydo bo’lgan atoqli otlarni belgilang . A) To’xtasin, Turdi , Tursun B) Rayhon , Lola, Toshtemir C) O’tkir, Go’zal, Munis D) Saksonboy ota , Bahodir 97.Kasb-kor , faoliyat mavhum otini yasovchi qo’shimchani toping . A) -lik B) -gi C) - chilik D) -dor Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling