Ona tili fanidan test topshiriqlari


Download 254.88 Kb.
bet15/15
Sana05.02.2023
Hajmi254.88 Kb.
#1167863
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ahrorov metodik tavsiya

43-46-- Matnli savol.
„Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin“, – deganlari shu-da… El og‘zida „Ot bosgan joyni toy bosadi“, degan naql yuradi. Shunga ko‘ra Tursunali ot bo‘lsa, shogirdi toy misol edi. Qo‘polroq tarzda tavsif berilsa, Tursunali tupurgan-u u yalagan edi. Ustozi qamalganida uni ham paytavasiga qurt tushdi. Har holda ustozi oshni o‘zi oshalag ani bilan unga yalatib turardi. Yangi direktor Yaratganga emas, rahbarlariga shukur qiladi: hartugul o‘sha laganlarni olishdi-yu, yalaganlarga marhamat darvozalarini ochishdi. Ular anglashmadiki, yaloqxo‘rlarn ing nafsi oshalaganlardan ham buzuqroq bo‘ladi. „Oshalagan qorni to‘ygunicha yeydi, yaloqxo‘r esa ko‘zi to‘ygunicha“. Ko‘zning hech qachon to‘ymasligi esa barchaga ayon. Xususan, kattalarni xizmatini qilib yurib, fe’l-atvorlarini bilib olgan Toshboltaga ham ma’lum bu. Shu sababli qizi tilga olinganda uning ko‘zlarini o‘yib olgisi kelgan bo‘lsa-da, o‘z aravasini o‘zi tortib ketishga qurbi yetmasligini bilgani uchun o‘zini tiydi.
Yaloqxo‘r deb yangi direktordan nafratlangani bilan tirjayib unga qulluq qilib turishga majbur edi… – Ming qilsayam urug‘ urug‘-da, – dedi. – Et bilan tirnoqni ayirib bo‘lmaydi... (T. Malik).

43. Berilgan matnda nechta “fikrlar qaymog`i” mavjud?


A) 3ta B) 4ta C) 5 ta D) 6ta
44. Berilgan matnda nechta iboralar mavjud?
A) 11ta B) 12ta C) 6ta D) 9ta
45. Berilgan matnda nechta qo`shimchani notog`ri qo`llangan?
A) 2ta B) 3taC)4ta D) 5ta
46.Matnda nechta tinish belgisi qo`yilmagan?
A) 2ta B)3ta C) 4taD)5ta
47. Tasviriy ifoda ko`proq qaysi uslub(lar)da ishlatiladi?
A) publististik B) badiiy va publististik
C) og`zaki va badiiy D) badiiy, og`zaki va publististik
48.
Yuqoridagi tushunchalardan nechtasining tasviriy ifodasining sinonimi mavjud?
A) 5tasida B) 3tasida C) 4tasida D) 1tasida
49. Tasviriy ifodasi nomi “Bahor guli” deb nomlanuvchi so`zda hosil bo`lish o`rniga ko`ra bir guruhga kirivchi til undoshlari soni nechta?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
50. Hayotda ham biron ishni qilmoqchi bo‘lgan odam shu ishni qilish uchun juda muhim bo‘lgan narsani qo‘yib, ikkinchi darajali narsal arga e’tibor bergan holatda qaysi maqol qo‘llaniladi?
A) Sulaymon o‘ldi – devlar qutuldi. B) Tuyaning tashigani – tilla, yegani – yantoq C) Dum tilab, quloqdan ajrabdi. D) Hayronman Shoniyozning ishiga, etik sotib, paytava olib yurishiga.
51.Maqollar haqida berilgan ma`lumotlardan nechtasi tog`ri?
1-Maqol til birligi 2-Maqol – ixcham, mazmuniy va ta’sirchanlik ko‘lami baland ifoda. 3-Maqollar biror nutq vaziyatiga xos bo‘ladi, shuning uchun, ko‘pincha, bir-birini inkor etadi 4- Maqol –ko`tarinki nutq vositasi. 5-Maqollar evfemizm vazifasini ham bajaradi
A) barchasi to’g`ri B) 2tasi to’g`ri
C) 3tasi to’g`ri D) 4tasi to’g`ri
52. Yomonlik kaliti tasviriy ifodasining ma`nosi nima?
A) giyohvandlik B) ichkilikbozlik C) jinoyatchilik D) korrupsiya
53. Tasviriy ifoda tog`risida nechta ma`lumot tog`ri? 1-Tasviriy ifoda –narsalar nomining bo‘yoqdor muqobili bo‘lgan birikma. 2-Tasviriy ifoda --uslubiy chegaralangan, ko‘proq publitsistikaga xos 3-Tasviriy ifoda
tushunchani bildirishi bilan so‘zga teng 4- Tasviriy ifoda so`zdan bo‘yoqdorligi bilan farqlanadi. 5-Tasviriy ifodaga ham omonimlik xos.
A) 2tasi B) 3tasi C) 4tasi D) barchasi
54. Yaponiyaga mos bo`lmagan tasviriy ifodani toping.
A) kunchiqar diyor B)samuraylar yurti
C) orollar mamlakati D) Osiyo yo`lbarsi
55.  O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakultetining 1-bosqich talabasi Muhayyo Usmonovaning amaliyot ishlari uchun tutgan daftari. Berilgan gapda qanday xatolik bor?
A) Bosh harflar imlosi B) qo`shimcha qo`shish uslubiyati
C) qisqartma so`zlar imlosi D) xatolik mavud emas
56 Dunyoning g‘aroyib mukofotlaridan biri Shnobel (Ignobel) mukofoti bo‘lib, u nufuzli Nobel mukofotining teskarisi sanaladi. Bu mukofot 1991- yilda ta’sis qilingan va shubhalili, hayotda qo‘llanilmaydigan ilmiy kashfiyotlar uchun beriladi. Berilgan gapda qanday xatolik bor?
A) so`z qo`llash bilan bog`liq B) qo’shimcha qo`llash bilan bog’liq
C) tinish belgisi bilan bog`liq D) xatolik mavjud emas
57. Aqli ko‘pni dov olmas, do‘sti ko‘pni dushman olmas. Berilgan gapdagi g`alizlik nimadan iborat?
A) so`z qo`llash bilan bog`liq B) qo’shimcha qo`llash bilan bog’liq
C) tinish belgisi bilan bog`liq D) xatolik mavjud emas
58. „Harbiy poligonda bir kun“ shiori ostida Surxondaryo viloyatining Termiz 
shahri umumta’lim maktablarining bir guruh o‘quvchilari hududda joylashgan 
dala-o‘quv maydoniga tashriflarini buyurishdi. Berilgan gapdagi g`alizlik nimadan iborat?
A) so`z qo`llash bilan bog`liq B) qo’shimcha qo`llash bilan bog’liq
C) tinish belgisi bilan bog`liq D) xatolik mavjud emas
59. Noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) g‘azal mulkining sultoni--Navoiy
B) millatni birlikka chorlagan shoir—Avaz O`tar
C) o‘zbek romanchiligi maktabining asoschisi--Qodiriy
D) o‘zbek she’riyatida vafo va sadoqat timsoli—Zulfiya
60. Bolaligimda bir kuni onam mendan so‘radi: „Halol“ so‘zini ikki labing ochiq holda ayta olasanmi? “ „Halol“ kalimasini aytishga harakat qilib, ikki labimni bir-biriga yopishtirmay aytdim. Onam ma’qullab „Endi „harom“ so‘zini ham ikki labing ochiq holda ayt-chi“, – dedi. Bu so‘zni talaffuz qilarkanman, oxirida ikki labim bir-biriga tegib qolaverdi. Berilgan gapdagi g`alizlik nimadan iborat?
A) so`z qo`llash bilan bog`liq B) qo’shimcha qo`llash bilan bog’liq
C) tinish belgisi bilan bog`liq D) xatolik mavjud emas
Download 254.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling