Fanning vazifasi - hozirgi o’zbek adabiy tilining barcha bo’limlari: fonetik xususiyatlari, talaffuz me’yorlari, lug’at (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi, uslubiyati yuzasidan nazariy bilim berish va ularni amaliyotda aniqlash va qo’llashga o’rgatish. Bunda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining ahamiyatini,“Ta’lim to’g’risida” gi qonun materiallariga va DTS talablariga tayanish va javob berish bilan bog’liq bo’lgan mazmuniy o’zgartishlarni yetkazishga e’tibor berish.
Talabalar uchun talablar
|
- o’qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish;
- universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali telefonni dars davomida o’chirish;
- darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;
- talaba o’qituvchidan so’ng, dars xonasiga - mashg’ulotga kiritilmaydi;
- dars paytida darsga taalluqli bo’lmagan turli xil ish-harakatlar bilan shug’ullanmaslik;
- berilgan auditoriya va uy vazifasi hamda mustaqil ish topshiriqlarini o’z vaqtida va talab
darajasida bajarish;
- ko’chirmachilik (plagiatlik)ka qat’iyan yo’l qo’ymaslik;
- barcha darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan hollarda qoldirilgan dars
soatlari, sababli-sababsiz
bo’lishidan qat’i nazar, qayta o’z-lashtirilishi shart;
- talabalar BKMlarni baholash meyori, reyting tizimi bilan tanishgan va u haqda aniq
ma’lumotga ega bo’lishi lozim.
Eslatma: reyting ballidan norozilik tug’ilgan hollarda, ball e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin
|
Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi
|
Professor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Lekin bunda:
- telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi;
- baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda, dars jarayonida va mustaqil
ta’lim soatlarida amalga oshiriladi.
Eslatma: Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 18.00 gacha.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |