Ona tili (majburiy)


Download 15.7 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi15.7 Kb.
#1610653
Bog'liq
2 5440539501678044698





ONA TILI (MAJBURIY)








  1. Tarkibida uchta yuklama mavjud bo`lmagan gapni aniqlang?

    1. O`shanda ham faqat imorat-da, boshqa hech narsa yo`q.

    2. Sen-chi, sen uydamiding?

    3. Axir Marg`ilonda bizning ham shunday kelinimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-da

    4. Tog`larda hatto yoz oylarida ham yomg`ir yog`adi- ya!




  1. Cho`l-u biyobon, keng, ulug`vor sahrolar ufqdan ufqqa tutashgan.

Berilgan gapdagi QATOR UNDOSHLAR miqdori?

    1. 4 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta




  1. Berilgan gaplarning qaysilarida IMLOVIY XATOLIK kuzatilgan?

  1. Nodon kaltafahim odamlardan yaxshi gap chiqmaydi;

  2. Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo obotdir;

  3. Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o`ynaydi;

  4. Markaziy osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi.

A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4
C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4



  1. So‘z – zabarjad, so‘z – gavhar, oltin. Zargarlikning mashaqqati ko‘p! So‘zni baytga qadashdan oldin Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p!

Gapda ajratib ko`rsatilgan so`zning ma`nosi qaysi qatorda TO`G`RI berilgan?

    1. sayqallangan olmos

    2. yashil rangli qimmatbaho tosh

    3. qimmatbaho dur

    4. bir-biriga o`xshamaydigan qimmatbaho tosh




  1. So'zga QO`SHIB yoziladigan yuklamalar berilgan javobni toping.

    1. -mi, - oq (-yoq), -ov (-yov), -e, -gina (-kina, -qina)

    2. -mi, - oq (-yoq), -ey, -gina, (-kina, -qina)

    3. -mi, - oq (-yoq), -ov (-yov)-gina (-kina, -qina)

    4. -mi, - oq (-yoq), -gina (-kina, -qina), -ku -dir




  1. O`g`lining dardiga sarg`aygan onaning oh-vohlariga chidab bo`lmasdi.

Ushbu gapda qaysi TURKUMga oid so`zlar ishtirok etgan?

    1. ot, undov, sifat, fe`l

    2. ot, sifat, olmosh, fe`l

    3. ot, fe`l, undov

    4. ot, sifat, ravish, fe`l




  1. Ahmadali eshikdan tomdan tarasha tushganday kirib keldi.

Berilgan gapda ibora qaysi GAP BO`LAGI vazifasini bajargan?

    1. aniqlovchi B) hol C) kesim D) ega




  1. Qaysi qatorda archa so`zining TASVIRIY IFODASI to`g`ri berilgan?

    1. o`rmon malikasi B) bahor elchilari

C) dunyo tomi D) dala malikasi



  1. Berilgan so`zlarning qaysilarida nuqtalar o`rniga u

harfi yozilishi lozim?
1) tumsh…q; 2) buj…r; 3) gurk…ramoq; 4) gup… llamoq; 5) qur…moq; 6) quv…r
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 6
C) 3, 5 D) 2, 3, 4, 5, 6



  1. Qars-qurs, lip-lip, tars, yilt-yilt, ship, yarq, g‘a-g‘a, g‘iyq.

Ushbu soʻzlarning SO`Z TURKUMINI toping.

    1. modal B) undov C) taqlid D) sifat

Download 15.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling